Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc



Download 9,79 Mb.
bet189/334
Sana03.06.2022
Hajmi9,79 Mb.
#631654
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   334
Bog'liq
Moliyaviy taxlil maruza

Likvidlik deganda, avvalo, mablag‘larning joylanishi, ularning pulga aylanish darajasi, yaqin va uzoq davriylikdagi to‘lov majburiyatlarining oqlanishi, joriy aktivlar va passivlarning o‘zaro farqlanishidagi zaruriy shartlarning saqlanishiga aytiladi.
Iqtisodchi olim E.Akramovning fikricha, balans likvidligi bu – balansning aktiv tomonidagi bir davrga borib naqd pulga aylanadigan mablag‘lar bilan shu davrda qaytariladigan majburiyatlarni solishtirish demakdir.
Pulga aylanish tezligiga qarab, korxona aktivlari quyidagi guruhlarga ajratiladi:

  1. Doimiy harakatdagi aktivlar.

  2. Tez sotiluvchi aktivlar.

  3. Sekin sotiluvchi aktivlar. 4. Qiyin sotiluvchi aktivlar.

Doimiy harakatdagi aktivlar guruhiga balansdagi barcha pul mablag‘lari va qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar, ya’ni qimmatli qog‘ozlari kiradi. Bunday aktivlar doimo qarz majburiyatlarini to‘lash uchun tayyor turgan mablag‘ hisoblanadi, bu pul mablag‘i ko‘p bo‘lgan korxonalar bilan iqtisodiy aloqalarni, o‘zaro hisob-kitoblarni kelishilgan muddatlarda bajarish imkonini beradi.
Tez sotiluvchi mulklarga balansning II bo‘lim aktividagi debitor qarzlarni ko‘rsatish mumkin. Bu mablag‘lar ham zurur bo‘lgan hollarda to‘lov vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Sekin sotiluvchi aktivlarga balansning «Tovar-moddiy zaxiralari» jami tushunilib, naqd pul mablag‘lari yetishmagan hollarda to‘lov majburiyatlarni qoplashga sarflanishi mumkin. Qiyin sotiluvchi guruhlarga esa «Asosiy vositalar va boshqa oborotdan tashqari aktivlar» kiradi. Bu mulk turli ishlab chiqarishda uzoq muddat qatnashib, o‘z qiymatini asta-sekin yaratilayotgan mahsulotlarga o‘tkazib beradi. Shuning uchun ham asosiy vositalarning pulga aylanib, to‘lov vositasi va majburiyatlarni uzishga manba bo‘lishi ko‘p vaqtni talab etadi.
Korxona aktivlari, albatta, o‘z va qarz kapitali hisobiga manbalanganligi bois, uning passiv tomoni ham to‘lov majburiyatlarining muddati va shartidan kelib chiqqan holda tarkibiy o‘rganishni talab etadi. Shu ma’noda likvidlik sharti bo‘yicha passivlar quyidagi moddalar bo‘yicha turkumlab chiqiladi:

  1. Muddati kelgan to‘lov majburiyatlari.

  2. Qisqa muddatli to‘lov majburiyatlari.

  3. Uzoq muddatli to‘lov majburiyatlari.

  4. Doimiy passivlar.

Balansning birinchi guruh to‘lov majburiyatlariga balansning II bo‘lim passividagi kreditorlar bilan hisob-kitoblar va o‘z vaqtida qaytarilmagan ssudalar kiradi. Qisqa muddatli passivlar guruhiga esa II bo‘lim passivdagi qolgan bandlar, ya’ni bankning qisqa muddatli kreditlari, korxona xizmatchilari uchun bank kreditlari, qisqa muddatli qarzlar kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlar zaxirasi, dargumon qarzlar bo‘yicha zaxiralar va boshqa qisqa muddatli passivlar kiradi. O‘rta va uzoq muddatli passiv deyilganda uzoq muddatli bank kreditlari va uzoq muddatli qarz bandlari tushuniladi. Doimiy passivlar guruhiga esa I bo‘lim passividagi barcha bandlar, ya’ni ustav fondi, zaxira jamg‘armasi, maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan fondlar, maqsadli moliyalashtirish va tushumlar, ijara majburiyatlari, ta’sischilar bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar, o‘tgan yil va hisobot yilidagi taqsimlangan foyda kiradi.
Mablag‘larning aylanish holatini tahlil qilishda joriy va kelgusi davrda kutiladigan harakatchanlik ko‘rsatkichlarini o‘rganish zarur. Mablag‘larning joriy harakatchanligi doimiy va tez sotiluvchi aktivlar bilan muddati yetgan to‘lov majburiyatlari va qisqa muddatli passivlarni taqqoslash orqali aniqlanadi. Kelajakda kutiladigan harakatchanlik ko‘rsatkichi esa sekin sotiluvchi aktivlar bilan o‘rta va uzoq muddatli passivlarni solishtirish orqali o‘rganiladi. Bunda korxonani mo‘ljallangan har xil tushumlari bilan kelajak to‘lovlarini oldindan bashorat qilish mumkin.
Korxona balansining likvidlilik darajasiga har xil omillar, korxona aktivlarining, passivlarining tarkibiy o‘zgarib turishi ta’sir ko‘rsatadi. Bu omillarning ta’sirini bilish uchun balans likvidligini tahlil qilishda yana bir guruh ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Ular quyidagilar:


  1. Download 9,79 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish