Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc


Mahsulot hajmining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi mehnat omillarini belgilang



Download 9,79 Mb.
bet109/334
Sana03.06.2022
Hajmi9,79 Mb.
#631654
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   334
Bog'liq
Moliyaviy taxlil maruza

6. Mahsulot hajmining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi mehnat omillarini belgilang:

  1. ishchilar soni va ishlangan kishi kunlari sonining o‘zgarishi;

  2. ishchilar soni va ishlangan kishi kuni va kishi soatlarining

o‘zgarishi;

  1. ishchilar soni, bajarilgan kishi kuni, kishi ish kunining

davomiyligi va ishchilarning bir soatdagi unumdorligining o‘zgarishi;

  1. ishchilar soni va mehnat unumdorligi.

7. Assortiment rejasining bajarilishini aniqlang:
(mln.so‘m)

Mahsulot turlari

Reja

Haqiqatda

Assortiment rejasini bajarish hisobiga

A

189

179

?

B

91

93

?

V

82

80

?

G

62

65

?

Jami:

424

417

?

a) 98,1; b) 98,3; d) 98,7; e) 97,2.
8. Tovar mahsulotining yillik mutlaq o‘sishini aniqlang:

Ko‘rsatkichlar

Bazis yil




Yillar




2002

2003

2004

1. Tovar mahsuloti, ming so‘m

92647

93235

94410

93423

Tovar mahsulotining yillik mutlaq o‘sishi, ming so‘m: a) +588; +1763; +776.
b) +588; +1175; -987.

  1. +588; +1175; +987.

  2. –588; +1763; -776.

9. Mahsulot sifatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar:

  1. oliy kategoriyadagi mahsulotni tutgan ulushi, eksport qilingan tovar, attestatsiyadan o‘tgan mahsulot ulushi, jahon standartlariga mos keladigan mahsulot ulushi;

  2. eksport qilingan mahsulot, I nav mahsulot ulushi, mahsulot

sotish bahosi, sertifikatga ega bo‘lmagan mahsulot ulushi;

  1. brak mahsulot ulushi, sertifikatga ega bo‘lgan mahsulot ulushi, I

nav mahsulot ulushi, sotilmay qolgan mahsulot ulushi;

  1. sertifikatlangan mahsulot ulushi, oliy navli mahsulot ulushi,

eksport ulushi, bozorni tuzilishi.
10. Maromiylik koeffitsiyentini aniqlang.

Kvartal

Ishlab chiqarish hajmi

Tutgan ulushi, %

Rejani bajarilishi, %

Reja

Haqiqatda

Reja

Haqiqatda

I- kvartal

20000

24244

25,0

29

121,2

II- kvartal

20000

18392

25,0

22

92,0

III- kvartal

20000

17556

25,0

21

87,8

IV-kvartal

20000

23408

25,0

28

117,0

Jami:

80000

83600

100

100

104,5


  1. 83600/80000*100=104,5%

  2. 29+22+21+28=100

  1. (121,2+92,0+87,8+117,0)/4=104,5%

  2. 25+22+21+25= 93%=0,93


  1. Tayyor mahsulot balansini formula orqali aniqlang. Tayyor mahsulot qoldig‘i:

Yil boshiga

– Yb

Yil oxiriga

– Yo

Tovar mahsuloti

– T

Realizatsiya hajmi a) Yb+Yo=T+P
b) Yb+R=T-Yo

  1. Yb+T= R-Yo

  2. Yo+T= R+Yb

– R


  1. Sotish hajmiga tayyor mahsulotning yil oxiridagi qoldiq o‘zgarishining ta’sirini aniqlang.

Ko‘rsatkichlar

Hisobot yili

Rejadan farqi

Reja

Haqiqatda

1. Tayyor mahsulotning qoldig‘i:




Yil boshiga

500

550

+50

Yil oxiriga

600

530

-70

2. Tovar mahsuloti

40000

44000

+4000

3. Sotish hajmi

39900

44020

+5020


    1. – 20

    2. – 70

    1. + 70

    2. + 1020


  1. Hisobot yilining IV kvartalida realizatsiya bo‘yicha shartnoma majburiyatini bajarilishini aniqlang


Oylar

Mahsulot ishlab chiqarish hajmi, ming so‘m

Yetkazib berilmagan mahsulot

Shartnoma bajarilishi
%

O‘tgan yil

hisobot yili

O‘tgan yil

hisobot yili

O‘tgan yil

Hisobot yili

Oktabr

5000

5000

-

200

?

?

Noyabr

4900

5200

100

350

?

?

Dekabr

5100

4900

200


?

?

IV kvartal

15000

15100

300

550

?

?

a) 98; 96,3 b) 100; 96 d) 100; 93,2 e) 96; 100
14. Shartnoma bajarilmaslik sabablarini aniqlang?

  1. Ishchi kuchidan to‘liq foydalanmaslik, ishlab chiqarish

dastgohlarini buzilishi, moddiy texnika ta’minotidagi uzilishlar;

  1. Ishlab chiqarish resurslaridan unumli foydalanmaslik, mahsulot sifatini buzilishi, bozor talablaridan kelib chiqqan holda shartnomaga tuzatilishlar kiritilishi;

  1. Tashqi sabablar, ichki sabablar, ishlab chiqarish obyektlarini

ishga tushirish muddatlarini uzayishi;

  1. Noto‘g‘ri javob yo‘q.

VI BOB. MEHNAT RESURSLARI BILAN
TA’MINLANGANLIK, MEHNAT UNUMDORLIGI VA
ULARNING MAHSULOT HAJMIGA TA’SIRI TAHLILI
6.1. Korxonada mehnat resurslarini tahlil qilishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida korxonalarda mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarishda asosiy o‘rinni jonli mehnat omili, ya’ni inson omili muhim ahamiyat kasb etadi, chunki har qanday fantexnika taraqqiyotining rivojlangan bosqichida ham inson omilining bo‘lishi talab etiladi, ya’ni yuqori texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarish uskunalarini ham inson boshqarishi lozim bo‘ladi. Bunday sharoitda korxonalarning mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganib borish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mahsulot ishlab chiqarish hajmining oshishiga, mahsulot tannarxining pasayishiga, foyda miqdorining oshishiga hamda boshqa bir qator texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanish darajasiga bog‘liq. Mehnat ko‘rsatkichlarining bajarilish darajasi mashina va jihozlardan maksimal foydalanishga, ishlab chiqarishni bir maromda amalga oshirilishiga va mehnat unumdorligini o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Bugungi kunda respublikamizda ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar mavjud mehnat resurslaridan samarali foydalanishni taqozo etmoqda. Mehnat ko‘rsatkichlari tarkibiga, odatda, quyidagilar kiradi: a) ish haqi fondi;
b) xodimlar soni;

  1. mehnat unumdorligi;

  2. o‘rtacha yillik ish haqi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov mamlakat aholisining turmush darajasiga baho berar ekan, quyidagilar haqida ta’kidlab o‘tdi: «... o‘tgan 2011-yilda ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, mamlakatimiz aholisining daromadlari va turmush darajasini muttasil oshirib borish masalalari doimiy e’tiborimiz markazida bo‘ldi.
2011-yilda respublikamizda ish haqi 20,2 foizga, budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqa va stipendiyalar miqdori esa 26,5 foizga o‘sdi. Aholining real daromadlari yil mobaynida 23,1 foizga ortdi. Ayni paytda - shunga e’tibor berish lozimki – aholi jami daromadlarining 47 foizi tadbirkorlik faoliyatidan olinmoqda.
Sir emaski, biz mustaqil taraqqiyotimizning dastlabki yillaridan boshlab ijtimoiy adolat tamoyillarini mustahkamlash, aholining daromadlari va turmush sharoitida keskin tafovut bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikka katta e’tibor qaratmoqdamiz.
Keyingi o‘n yil davomida yurtimizda aholi daromadlari hajmi 8,1 barobar ortgan bir paytda, ish haqi, ijtimoiy ko‘makka muhtoj toifalarning daromadlari miqdorini jadal oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va soliq imtiyozlari berish hisobidan aholining eng past va eng yuqori daromadga ega bo‘lgan guruhlari o‘rtasidagi tafovut, boshqacha aytganda, daromadlardagi farq koeffitsiyenti 21,1 barobardan 8,3 barobarga qisqardi. Aytish kerakki, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari va bir qator iqtisodiy rivojlangan davlatlar o‘rtasida bu koeffitsiyent eng past ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Yurtimizda o‘tgan yillar davomida ish haqi va pensiyalarning xarid qobiliyati izchil va barqaror o‘sgani aholining hayot darajasi va sifati ortib borayotganining yaqqol tasdig‘idir.
Buning isboti tariqasida quyidagi misol va raqamlarni keltirish mumkin. Agar 1991-yilda eng kam ish haqiga Xalqaro mehnat tashkiloti va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga muvofiq tarzda hisoblab chiqilgan iste’mol savatchasi qiymatining faqat 8 foizini tashkil etadigan tovar va xizmatlarni xarid qilish mumkin bo‘lgan bo‘lsa, 2011yilda bu ko‘rsatkich iste’mol savatchasining 120 foizini tashkil etdi yoki 15 barobar o‘sdi, eng kam pensiyaning xarid qobiliyati esa 9 karra oshdi.
Ayni shu ko‘rsatkichlar 2000-yilda mos ravishda 11,0 va 3,6 barobarni tashkil etdi».1
Respublikamizda 2012-yilning 9 oyi davomida yalpi ichki mahsulot, sanoat mahsulotini ishlab chiqarish hajmi yuqori sur’atlar bilan oldingi yillarga nisbatan o‘sdi. So‘nggi yillar davomida YaIM hajmining o‘sish darajasi o‘rtacha 8 % dan yuqori bo‘ldi. Mehnat unumdorligini o‘sish darajasi mahsulot hajmini o‘sish darajasiga nisbatan yuqori bo‘lishi mamlakat miqyosida katta iqtisodiy samara berdi. Xalqaro tajribalaridan ma’lumki, shu ko‘rsatkich davlat iqtisodiyoti qudrati, kishilar turmush farovonligi omillarini mezoni bo‘lib xizmat qiladi.
Mamlakatimizda keyingi yillarda yalpi ichki mahsulot, shu jumladan sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi yuqori sur’atlar bilan o‘sib borayotganligini turli o‘zgarishlar bilan bog‘lash mumkin. Masalan, turli mulk shakllari va mazmunining o‘zgarishi, boshqaruv tizimidagi o‘zgarishlar, erkin iqtisodiy foaliyatning cheklanmaganligi, tashqi iqtisodiy faoliyatga keng yo‘l ochilishi va hokazo. Mamlakatimizdagi demografik vaziyatning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ayniqsa, mehnatga qobiliyatli yoshlarning soni tez o‘sib bormoqda. Shu bois ishchi kuchlarini ish bilan ta’minlash, ishsizlik masalasini hal etish mamlakatimizdagi eng dolzarb iqtisodiy va ijtimoiy muammolardan biridir. Bu vazifani hal etishning eng samarali yo‘nalishlaridan biri Prezident I.Karimov ta’kidlaganidek, «Kichik va o‘rta korxonalar sonini ko‘paytirish, xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Yuqorida zikr etilgan sohalar, birinchi galda, biz uchun eng dolzarb bo‘lib turgan aholi bandligi va uning daromadlarini oshirish muammolarini hal etishda o‘ziga xos lokomotiv vazifasini bajaradigan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida biz tanlagan siyosatning mutlaqo to‘g‘ri va uzoqni ko‘zlagan holda olib borilayotganini takror va takror isbotlamoqda».1

Download 9,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish