Moliyaviy va boshqaruv hisobi



Download 0,83 Mb.
bet84/160
Sana14.06.2022
Hajmi0,83 Mb.
#667259
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   160
Bog'liq
Buxgalteriya va moliya kitob

Jami daromad miqdori

Soliq stavkalari*

Eng kam ish haqining besh barobari miqdorigacha

Daromad summasining 13 foizi

Eng kam ish haqining besh barobari (+1 so’m) o’n baroyuari miqdorigacha

Eng kam ish haqining besh baravari miqdoridan olinadigan soliq + besh baravaridan oshadigan summaning 20%

Eng kam ish haqining o’n barobari miqdordan (+1 so’m) va undan yuqori miqdoridan

Eng kam ish haqining o’n baravari miqdordan olinadigan soliq + o’n baravaridan oshadigan summaning 29 %

*Izoh: Daromad solig’i stavkalari soliq qonunchilikka asosan zgarib turadi.

2005 yil yanvar oyi uchun jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad


solig’i hisob-kitobi.


Soliq solinadigan daromad miqdori

Soliq summasi

(5x9400)=47000 so’mgacha

Daromad miqdorining 13 foizi

47001 so’mdan (10x9400)=94000
so’mgacha

47000 so’mdan ortiq miqdorining 20 foizi

94001 so’m va undan ortiq

94000 so’mdan ortiq miqdorining 29 foizi



Soliq Kodeksi 59-moddasiga ko’ra jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni to’lashdan quyidagi jismoniy shaxslar ozod qilinadilar:

      1. To’laligicha:

*Bojxona xizmati xodimlari
*Mudofa, ichki ishlar va favqulodda vaziyatlar vazir- liklarning, Milliy xavfsizlik xizmatining xarbiy xizmatchilari, ichki ishlar organlari xodimlari
*O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lmagan xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalarining boshliklari, a’zolari, konsullik muassasalarining xodimlari

      1. Qisman, har bir oy uchun eng kam ish haqining turt baravari miqdorida:

*O’zbekiton Qaxramoni, Sovet Ittifoqi Qaxramoni, Mehnat Qaxramoni, Mehnat Qaxramoni unvonlariga sazovor bo’lgan shaxslar, uchchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan mukofotlanganlar.
*Bolalikdan nogiron bo’lganlar, shuningdek I va II gurux nogironlari.
*Qaxramon onalar
*Afg’onistonda xizmat qilganlar, Chernobl AES dagi falokat oqibatida jabrlanganlar.
*2 va undan ortiq 16 yoshga to’lmagan bolali yolgiz onalar.
Ish haqidagi ushlab qolinadigan summalar faqat qonun bilan ruxsat etilgan hollarda amalga oshiriladi. Ularga ish haqi hisobidan berilgan bo’lak, daromad solig’i, ijro varaqalari bo’yicha ush;ganadigan summalar, ortiqcha berib qo’yilgan ish haqi, shaxsiy uy-joy qurilishi uchun olingan ssudalar bo’yicha qarzlar, dala bog’ qurilishi bo’yicha ssudalar qarzlari, yosh oilalar olgan ssudalar bo’yicha qarzlar, kreditga olingan tovarlarning to’lanmagan qismi, ixtiyoriy sug’urta summalari, xo’jalik yurituvchi sub’ektga etkazilgan zararlar uchun ushlanadigan summalar, ish haqining bir qismini ishchi va xizmatchilarning arizasiga ko’ra omonat kassaga o’tkazish, kasaba uyushmasi a’zolarining navbatdagi oy uchun a’zolik to’lovlari va shu kabilar kiradi. Ish haqidan ushlab qolinadigan soliqlar miqdori Moliya vazirligi tomonidan belgilanib, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Daromad solig’i, o’tgan oy uchun keyingi oyning
birinchi yarmidagi ish hakidan, masalan, mart oyi uchun aprel oyining birinchi yarmidagi ish haqidan ushlanadi.
Ishchi va xizmatchilardan ushlab qrlingan soliqlar davlat byudjetiga o’tkaziladi, shuning uchun bu soliqlarni, ushlab qolishiga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi.
Debet „Mehnatga haq to’lash yuzasidan xodimlar bilan hisob-kitoblar" schyoti. Kredit „Byudjet bilan hisob-kitoblar" schyoti.
Bu soliq summasi byudjetga o’tkazilganda quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:
Debet: „Byudjet bilan hisob-kitoblar" schyoti. Kredit „Hisob-kitoblar schyoti" schyoti.
Ijro varaqalari bo’yicha ushlanadigan summaning miqdori xalq sudi tomonidan belgilanadi va ana shu ijro varaqalariga asoslanib ushlanadi. "undan tashqari, alimentlar uni to’lovchi shaxsning arizasi asosida ham ushlanishi mumkin. Aliment ishchi va xizmatchining bir oylik barcha daromadlaridan hisoblanadi va ushlanadi.
Har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’zida ishlayotgan ishchi va xizmatchilardan kreditga olgan tovarlar uchun ish haqidan ushlab qolingan summalarni savdo tashkilotlarining maxsus ssuda schyotiga o’tkazib turishi kerak. Bunday pullarni o’tkazish kreditga tovar olgan shaxsning ariza-majburiyati asosida amalga oshiriladi. Bunday tovarlar uchun hisob-kitobning ikki usuli mavjud.

  1. Davlat banki ssudasi hisobidan kredit bo’yicha;

  2. Savdo tashkiloti tomonidan berilgan kredit bo’yicha.

Birinchi usulda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar avval o’zlarida ishlaydigan xizmatchilarning topshiriq majburiyatlariga ko’ra kreditga sotib olingan tovarlar uchun ularning ish haklaridan navbatdagi to’lovlarni ushlab krlib, savdo tashkilotlariga o’tkazadi. Shundan keyin ishchi va xizmatchilarga kreditga sotilgan tovarlar uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektlar Davlat bankidan olingan ssudalar hisobidan savdo tashkilotlariga to’la summani o’tkazib, so’ngra bankka bo’lgan qarzni har oyda ishchilar ish haqidan ushlab qolish yo’li bilan qoplanadi.

1. Birinchi usul bo’yicha:


  1. Davlat banki ssudasi hisobidan xo’jalik yurituvchi sub’ektda ishlaydigan xodimlarning savdo tashkilotlari tomonidan ularga berilgan kredit bo’yicha qarzi uzildi (to’la summada)—2000 so’m.

Debet „Xodimlar bilan boshqa operatsiyalar bo’yicha hisob-kitoblar" schyoti (Kreditga sotilgan tovarlar subschyoti).
Kredit „Ishlovchilar uchun bank ssudalari" schyoti.

  1. Ishchi va xizmatchilardan navbatdagi to’lov summasi uchun ushlab qolindi 1000 so’m.

Debet: „Mehnatga haq to’lash yuzasidan xodimlar bilan hisob-kitoblar" schyoti. Kredit „Xodimlar bilan boshqa operatsiyalar bo’yicha hisob-kitoblar schyoti.

  1. Xodimlardan ushlab krlingan summa Davlat bankiga bo’lgan qarzni qoplash uchun o’tkazildi 1000 so’m.

Debet „Ishlovchilar uchun bank ssudalari" schyoti. Kredit „hisob-kitoblar schyoti".

2. Ikkinchi usuli bo’yicha.


1. Ishchi va xizmatchilardan navbatdagi ushlab qolingan to’lov summasi hisobiga savdo tashkilotlari tomonidan berilgan qarz qisman uzildi (o’tkazildi) 2000 so’m.
Debet „Mehnatga haq to’lash yuzasidan xodimlar bilan hisob-kitoblar" schyoti. Kredit „Kreditorlar bilan hisob-kitoblar asosida amalga oshiriladi. .
Xo’jalik yurituvchi sub’ektga keltirilgan zararlarni aybdor shaxslardan sud tashkilotlarining qarorlari bilan hamda yaroqsiz mahsulotlar uchun ushlab qolinganda quyidagi buxgalteriya provodkasi beriladi:
Debet „Mehnatga haq to’lash yuzasidan xodimlar bilan hisob-kitoblar" schyoti. Kredit „Xodimlar bilan boshqa operatsiyalar bo’yicha hisob-kitoblar schyoti". Ishchilarning ish haqi omonat kassalariga o’tkazilganda „natga haq ar schyoti"
schyoti kreditlanib, „Mehnatga haq to’lashyuzasidan xodimlar bilan hisob-kitoblar" schyoti debetlanadi.
Xo’jaliklarda ish haqi ishlab chiqarish xarajatlarining asosiy elementlaridan biri hisoblanadi va shuning uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektning qanday uchastkalarida mehnat xarajatlanganligiga qarab ish haki ham o’sha erdagi xarajatlarga qo’shilishi kerak.

    1. Download 0,83 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish