"Berilgan ishonchnomalarni royxatga olish jurnali" M-3 shaklida beriladigan ishonchnomalar va ular olingani togrisidagi tilxatlar royxatdan otkaziladi.
M-2 shakldagi ishonchnomadan foydalanishda olinganlik va berilganlik togrisidagi malumotlar ishonchnoma koreshogida kayd qilinadi. Bu xolda jurnalda berilgan ishonchnomalar hisobga olib borilmaydi.
"Kirim-orderi" M-4 shaklida xojalik yurituvchi subekt omboriga mol etkazib beruvchilardan yoki kayta ishlovdan kelib tushgan TMZlar hisobi olib boriladi. TMZlar omborga kelib tushgan kuni moddiy javobgar shaxs bir nusxada kirim orderini tuzadi. Kirim orderlarining blankalari moddiy javobgar shaxslarga oldindan nomerlangan xolda topshiriladi.
"Materiallarni qabul qilish dalolatnomasi" M-7 shakli shunday TMZlarni qabul qilish uchun rasmiylashtiriladiki, ularga doir malumotlarda mol etkazib beruvchi ilova qilingan hujjatlardagi malumotlar bilan miqdor borasida tafovutlar mavjud boladi, shuningdek hujjatsiz kelib tushgan TMZlarni qabul qilishda ham tuziladi.
Qabul hayati moddiy javobgar shaxs va mol etkazib beruvchining vakilining ishtirokida ikki nusxada akt tuziladi va aktni xojalik yurituvchi subekt raxbari tasdiqlaydi. TMZlar qabul qilib olingan hujjatlar ilova qilingan aktlarning bittasi xojalik yurituvchi subekt buxgalteriyasiga moddiy qiymatlarni hisobiga olish uchun, boshqasi mahsulot etkazib beruvchiga topshiriladi.
TMZlarning xojalik yurituvchi subektga oz vaqtida keltirilishining taminot bolimi nazorat qiladi. Bu bolim xodimlari mol etkazib beruvchi xojalik yurituvchi subektlar tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilishini tekshirib, ularga TMZ
kamomadi va sifati boyicha shikoyat va davolar qoyish, xojalik yurituvchi subektga oz vaqtida etib kelmagan yuklarni qidirib topish vazifalarini bajaradilar.
Odatda mol etkazib beruvchilar xojalik yurituvchi subektlardan TMZlarni taminot bolimi ekspeditori etkazib beradi. Mol etkazib beruvchi yoki transport tashkilotlaridan TMZlarning qubul qilinganda taminotchi idish va plomba, tamga, TMZlar sifatini tekshiradi. Agar tekshirish natijasida kamomad yoki yuklar sifati buzilganligi aniqlansa, mol etkazib beruvchi yoki transport tashkilotiga davo qoyish huquqini beradigan tijorat dalolatnomasi tuziladi.
Mol etkazib beruvchi yoki transport tashkiloti omboridan TMZlarni olish uchun taminotchiga buxgalteriya tomonidan 15 kun muddati bilan ishonchnoma beriladi. Ishonchnoma olish huquqiga ega bolgan xodimlar royxati xojalik yurituvchi subekt rahbari tomonidan imzolanadi. Ishonchnoma yozish uchun asos bolib shartnomalar, naryad, tolovnoma, buyurtmanoma yoki mol etkazib beruvchining boshqa hujjatlari xizmat qiladi.
Ishonchnoma 2005 yil 5 avgustdan amal qiladi «Guliston» korxonasi
(istemolchining nomi va uning manzili )
(tolovchining manzili) Hisobvaraq: 2020000466988016991 OzSQBda
(bank nomi)
Do'stlaringiz bilan baham: |