O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʼLIM VAZIRLIGI
T OSHKENT MOLIYA INSTITUTI
MOLIYAVIY TAXLIL FANIDAN TAYYORLANGAN MUSTAKIL ISH
MAVZU: BUXGALTERIYA BALANSINING GORIZONTAL (DAVRIY) VA VERTIKAL (TARKIBIY) TAHLILI.
БАЖАРДИ: СБИ-50 ГУРУХИ ТАЛАБАСИ
ДАВЛАТНАЗАРОВ Ш.Т
КАБУЛ КИЛДИ: УРМОНБЕКОВА И.Р.
MAVZU: BUXGALTERIYA BALANSINING GORIZONTAL (DAVRIY) VA VERTIKAL (TARKIBIY) TAHLILI.
Buxgalteriya balansining gorizontal (davriy) tahlili.
Gorizontal tahlil – alohida moliyaviy ko‘rsatkichlarni o‘zaro taqqoslash orqali moliyaviy holatdagi o‘zgarishlarga baho berish usuli hisoblanadi. Moliyaviy hisobot elementlari va moddalarini, moliyaviy ko‘rsatkichlarni gorizontal tahlili asosida ularning o‘zgarishiga mutlaq va nisbiy ifodalarda baho beriladi. Moliyaviy tahlilda gorizontal tahlilning quyidagi shakllaridan foydalaniladi: 1. Hisobot ko‘rsatkichlarini davr boshiga va oxiriga taqqoslash; 2. Hisobot ko‘rsatkichlarini o‘tgan yilning shu davri ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash; 3. Hisobot ko‘rsatkichlarini dinamik taqqoslash; 4. Turli tashkilotlarning moliyaviy ko‘rsatkichlarini qiyosiy taqqoslash. Moliyaviy hisobotni gorizontal tahlili deganda – moliyaviy hisobot elementlari va moddalarini mutlaq va nisbiy ifodalarda, hisobot davri boshiga yoki o‘tgan yilga nisbatan qiyosiy o‘rganishga aytiladi. Gorizontal tahlilda ikki va undan ortiq davrlarga tegishli moliyaviy ko‘rsatkichlar o‘zgarishiga (mutlaq va nisbiy ifodada) baho beriladi. Davr oralig‘ini tanlashda interval oraliqlar kengligi bir xilda olinadi. Masalan‚ hisobot yilining chorak, yarim yillik va yillik ko‘rsatkichlari mos ravishda o‘tgan yilning chorak, yarim yillik va yillik ko‘rsatkichlari bilan qiyoslanadi. Gorizontal va vertikal tahlil turlarini bir-biridan ajratgan holda tasavvur qilish qiyin. Negaki‚ ulardan birgalikda foydalangandagina mazmun kasb etadi. Shu sababli‚ gorizontal va vertikal tahlil turlari doimo bir butunlikda olib boriladi. Korxonada aktivlarning yil boshiga nisbatan o‘zgarishi 11 078 788 407 ming so‘mni tashkil etgan. Nisbiy o‘zgarishi, ya’ni o‘sish darajasi 1,84 ni yoki 184 foizni tashkil etgan. Joriy aktivlarda uzoq muddatli aktivlarning o‘sishi mutlaq ifodada 2 373 468 015 ming 312 so‘mni, o‘sish darajasi 123,3 foizni tashkil qilgan. Joriy aktivlarning davr boshiga nisbatan o‘zgarishi 8 705 320 392 ming so‘mni, o‘sish darajasi 3,9 baravarga ortgan.
Moliyalashtirish manbalarida o‘z mablag‘lari manbasi davr boshiga nisbatan 2 378 438 610 ming so‘mga ortib, o‘sish darajasi 130,7 foizni tashkil qilgan. Majburiyatlarning summasi davr boshiga nisbatan 8 705 320 392 ming so‘mga ortgan va o‘sish darajasi 2,59 ni tashkil 314 etgan. Kapital tarkibidagi eng yuqori o‘sish qarz kapitali qatoriga to‘g‘ri kelgan.
Buxgalteriya balansining vertikal tahlili
Vertikal tahlil – gorizontal tahlilni to‘ldiruvchi usul sifatida moliyaviy hisobot elementlari, moddalarining tarkibiy jihatlariga baho berishni xarakterlaydi. Ushbu jihatlarni moliyaviy hisobotlarning barcha shakllariga nisbatan qo‘llash mumkin. Umumiy tarkibda yakka birliklarning salmog‘i va ularning o‘zgarishlari asosida korxona moliyaviy holatini tashxislash yanada osonlashadi. Korxonani moliyaviy ahvolini anglash, bilishda asosiy jihatlar jami tarkibda birlik qatorlarni to‘g‘ri nisbatlashga qaratiladi. Uzoq muddatli va joriy aktivlar, kapital va majburiyatlar qatorida ayrim tarkib qatorlar salmog‘ini balans jamiga nisbatan va ushbu tarkibning jamlangan qatoriga nisbatan ham hisob-kitoblarni amalga oshirish mumkin. Bu tartib aktivlarning tarkibiy o‘zgarishlarini baholashga, aktivlar tarkibida alohida tarkiblar salmog‘ining o‘zgarishini, likvidlik va to‘lovga qobillik ko‘rsatkichlari ta’sirini to‘g‘ri baholashga imkon beradi. Ya’ni tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish orqali moliyaviy holatni yaxshilash chora-tadbirlarini ko‘rish mumkin. Vertikal tahlil gorizontal tahlil asosidagina bir butunlikka erishadi. Shu sababli ularni doimo birgalikda va umumiylikda foydalanish kuzatiladi. Ularni bir-biridan holi tarzda qo‘llash orqali tahlilning to‘liqligini ta’minlab bo‘lmaydi. Uzoq muddatli va joriy aktivlarning jami aktivlar tarkibidagi salmog‘i quyidagi bog‘lanishlar orqali topiladi.
Balans moddalarining jamlangan qatorlar bo‘yicha tarkibiy salmog‘ini o‘rganish inflyatsiya ta’siri, shuningdek‚ baho o‘zgarishlarining mulk qiymatiga ta’sirini to‘g‘ri baholashga ham imkon beradi. Masalan, balans jamida o‘z mablag‘lari manbasi qiymat ifodada ta’minot bo‘yicha aniq holatni ifoda etmaydi. Agar uning balans jamiga nisbatan nisbiy ifodasi aniqlansa korxonaning moliyaviy ta’minotida mustaqillik, qaramlik darajasini yaqqol anglash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |