«O’zbekiston temir yo’llar” aksiodorlik jamiyati raisi birinchi o’rinbosarining 2016 yil 1-chorak ish yakunlariga bag’ishlangan majlisidagi ma’ruzasi
2016 yilning 1 choragida jamiyatmiz stansiyalaridan 16,5 mln. tonna yuk ortilib, 2015 yilning shu davriga nisbatan 100 ming tonnadan ko’proq yuk o’z manzillariga etkazib qo’yildi va o’sish 99,3 foizni tashkil etdi.
Jamiyat bo’yicha yuk aylanmasi xajmi o’tgan yilga nisbatan 100,0 foizga yoki 5504 mln.tn.km.ga bajarildi.
Yo’lovchi aylanmasi hajmi 886,8 mln. yo’lovchi-kmni yoki o’tgan yilning shu davriga nisbatan 104,8 foizni tashkil etdi. 4,9 mln. yo’lovchi o’z manzillariga olib borib qo’yildi, bu o’tgan yil xisobot davriga nisbatan 227 ming yo’lovchiga ko’p demakdir (104,8%).
2016 yilda jamiyatning umumiy daromadlari 771,7 mlrd. so’mni yoki o’tgan yilga nisbatan 106,8 foizni tashkil etdi (2015y.- 722,6 mlrd. so’m).
Ishchilarning qo’nimligini ta’minlashda ijtimoiy sohaning ahamiyatini e’tiborga olgan holda jamiyat boshqaruvi tomonidan ijtimoiy ob’ektlarini saqlash va rivojlantirish masalasiga alohida ahamiyat berilib, ushbu sohaga 19,9 mlrd. so’m mablag’ yo’naltirildi. SHu jumladan, sog’liqni saqlashga 14,2 mlrd. so’m, ta’lim sohasiga 5,7 mlrd. so’m sarflandi.
2016 yilning 1 aprel xolatiga "O’zbekiston temir yo’llari" AJdagi umumiy ishchilar soni 68,7 ming kishini, shu jumladan asosiy faoliyatdagi ishchilarning o’rtacha soni 39,3 ming kishini tashkil etdi.
2016 yilning 1 choragida 48 ta (davr prognoziga - 100%) yangi ish o’rinlari tashkil qilindi, shulardan 29 tasi investisiya dasturi bo’yicha, 14tasi mahalliylashtirish dasturi bo’yicha, 5tasi tarmoqni rivojlantirish dasturi bo’yichadir. Bu yangi ish o’rinlari tashkil etishga 786,3 mln. so’m mablag’ sarflandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 25 dekabrdagi PQ-2458 sonli qarori bilan tasdiqlangan Investisiya Dasturiga muvofiq "O’zbekiston temir yo’llari" AJda moliyalashning barcha manbaalari xisobidan 2016 yil prognozi 799,22 mln. dollar bo’lib, shundan jamiyatning o’z mablag’alari xisobidan 378,37 mln. dollar, davlat byudjeti xisobidan 106,41 mln. dollar, Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi xisobidan 52,35 mln. dollar, chet el investisiyalari xisobidan 212,09 mln. dollar va boshqa manbalar xisobidan 50 mln. dollar mablag’ o’zlashtirish ko’zda tutilgan.
2016 yilning yanvar -mart oylarida Investisiya Dasturi bo’yicha jami 187,47 mln. doll. miqdorida kapital mablag’lar o’zlashtirildi va davr prognozi 100,5 foizga bajarildi. SHundan jamiyatning o’z mablag’lari xisobidan 77,86 mln. doll., davlat byudjeti xisobidan 19,51 mln. doll., O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi hisobidan 3,4 mln.doll., chet el investisiyalari xisobidan 77,7 mln.doll., ATB “O’zsanoatqurilishbank” krediti xisobidan 9,0 mln.doll. o’zlashtirildi.
Jamiyat sanoat korxonalarida hisobot davrida taqqoslama narxlarda 85,75 mlrd. so’mlik xizmatlar ko’rsatildi. Jumladan xarakatdagi tarkibni ta’mirlash, modernizasiya qilish va qayta tiklash, yangi yuk va yo’lovchi vagonlari qurish va boshqalar. Bu 2015 yilning 1 choragiga nisbatan taqqoslama narxlarda 108,0 foizni tashkil etadi. (2015 y.-79,4 mlrd. so’m).
2015 yil oktyabr oyida o’tkazilgan Halqaro sanoat yarmarkasi va Kooperasion birjasi doirasida jamiyat bo’yicha umumiy xajmi 315,9 mlrd. so’mlik 213 ta shartnoma imzolandi. Joriy yilning 1 choragida shartnomalar bo’yicha 72,8 mlrd. so’mlik tovarlar sotib olindi va sotildi.
Mahalliylashtirish Davlat Dasturi doirasida 2016 yilda jamiyat bo’yicha 41,98 mlrd. so’mlik 43 ta loyiha rejalashtirilgan bo’lib, joriy yilning 1 choragida 13,01 mlrd. so’mlik mahsulot ishlab chiqarildi, bu davr prognozining 103,2 foiziga tengdir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 9 fevraldagi PQ-2487 sonli Qaroriga muvofiq 2016 yil “Sog’lom ona va bola yili” deb e’lon qilindi. Ushbu Dasturning 9 bandiga asosan “O’zbekiston temir yo’llari” aksionerlik jamiyatida “Salomatlik” tibbiy-sanitariya poezdi tashkil etilgan bo’lib, respublikamizning ekologiyasi yaxshi bo’lmagan chekka hududlarida yashovchi aholini tibbiy ko’rikdan o’tkazish ushbu poezd zimmasiga yuklangan va bu xarajatlar uchun 300 mln. so’m miqdorida mablag’ ajratilgan.
Bundan tashqari bu poezd 2016 yil 21 martdan 29 martgacha “Sog’lom avlod uchun” hayriya jamg’armasi fondi bilan birgalikda xayriya aksiyasini o’tkazish uchun safarbar qilinadi.
2016 yil 1 choragida Investisiya Dasturining bajarilishi
to’g’risida ma’lumot
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 25 dekabrdagi PQ-2458 sonli qarori bilan tasdiqlangan Investisiya Dasturiga muvofiq "O’zbekiston temir yo’llari" AJda moliyalashning barcha manbaalari xisobidan 2016 yil prognozi 799,22 mln. dollar bo’lib, shundan jamiyatning o’z mablag’alari xisobidan 378,37 mln. dollar, davlat byudjeti xisobidan 106,41 mln. dollar, Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi xisobidan 52,35 mln. dollar, chet el investisiyalari xisobidan 212,09 mln. dollar va boshqa manbalar xisobidan 50 mln. dollar mablag’ o’zlashtirish ko’zda tutilgan.
2016 yilning yanvar -mart oylarida Investisiya Dasturi bo’yicha jami 187,47 mln. doll. miqdorida kapital mablag’lar o’zlashtirildi va davr prognozi 100,5 foizga bajarildi. SHundan jamiyatning o’z mablag’lari xisobidan 77,86 mln. doll., davlat byudjeti xisobidan 19,51 mln. doll., O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi hisobidan 3,4 mln.doll., chet el investisiyalari xisobidan 77,7 mln.doll., ATB “O’zsanoatqurilishbank” krediti xisobidan 9,0 mln.doll. o’zlashtirildi.
Loyihalar bo’yicha:
- “Angren-Pop yangi elektrlashtirilgan temir yo’l liniyasi qurilishi” loyihasi bo’yicha 2016 yil prognozi 244,87 mln. dollar bo’lib, shu jumladan jamiyatning o’z mablag’lari xisobidan 30,5 mln.doll., davlat byudjeti xisobidan 36,4 mln. dollar, Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi xisobidan 20,25 mln. dollar, Eksimbank mablag’lari xisobidan 135,12 mln.doll., Jaxon banki mablag’lari xisobidan 22,6 mln.dollar bo’lib, hisobot davrida jami 79,33 mln. dollar mablag’ o’zlashtirildi. Shundan jamiyatning o’z mablag’lari xisobidan 11,76 mln.dollar, davlat byudjeti xisobidan 8,69 mln. dollar, tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi xisobidan 3,4 mln. dollar, Eksimbank mablag’lari xisobidan 54,0 mln. doll., Jaxon banki mablag’lari xisobidan 1,48 mln.dollar o’zlashtirildi (davr prognoziga -100%).
-“Samarqand-Buxoro yo’nalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezdlar xarakatini tashkil etish” loyihasi bo’yicha 2016 yil prognozi 221,41 mln. dollar bo’lib, shu jumladan jamiyatning o’z mablag’lari xisobidan 114,22 mln.doll., davlat byudjeti xisobidan 57,19 mln. dollar, boshqa manbalar xisobidan 50,0 mln.doll. bo’lib, hisobot davrida jami 34,63 mln. dollar mablag’ o’zlashtirildi. SHundan, jamiyatning o’z mablag’lari xisobidan 18,13 mln.dollar, davlat byudjeti xisobidan 7,5 mln. dollar, boshqa manbalar xisobidan 9,0 mln.doll o’zlashtirildi (davr prognoziga -100%).
- “Qarshi-Termiz temir yo’l uchastkasini elektrlashtirish” loyihasi bo’yicha 2016 yil prognozi 30,0 mln. dollar bo’lib, shu jumladan jamiyatning o’z mablag’lari xisobidan 10,0 mln.doll., chet el investisiyalari xisobidan 20,0 mln.doll. bo’lib, hisobot davrida jami 3,34 mln. dollar mablag’ o’zlashtirildi. SHundan jamiyatning o’z mablag’lari xisobidan 1,54 mln.dollar, chet el investisiyalari xisobidan 1,8 mln.doll. o’zlashtirildi (davr prognoziga -101,2%).
-“Marokand-Qarshi temir yo’l liniyasini elektrifikasiya qilish” loyihasi bo’yicha 2016 yil prognozi 26,22 mln. dollar, shu jumladan jamiyatning o’z mablag’lari xisobidan 6,72 mln.doll., chet el investisiyalari xisobidan 19,5 mln.doll. bo’lib, 2016 yil yanvar-mart oylarida 23,49 mln. dollar mablag’ o’zlashtirildi. SHundan jamiyatning o’z mablag’lari xisobidan 6,77 mln.dollar, chet el investisiyalari xisobidan 16,72 mln.doll. o’zlashtirildi (davr prognoziga -100%).
- “Navoi-Konimex-Misken temir yo’li qurilishi” loyihasi bo’yicha 2016 yil prognozi 79,92 mln. dollar bo’lib, shu jumladan jamiyatning o’z mablag’lari xisobidan 35,0 mln.doll., davlat byudjeti xisobidan 12,82 mln. dollar, Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi xisobidan 32,1 mln. dollar, hisobot davrida jami 9,42 mln. dollar mablag’ o’zlashtirildi. SHundan jamiyatning o’z mablag’lari xisobidan 6,1 mln.dollar, davlat byudjeti xisobidan 3,32 mln. dollar o’zlashtirildi (davr prognoziga -100%).
- “Ikki yo’llik Jizzax-Yangier elektrlashtirilgan yangi temir yo’li qurilishi” loyihasini davom ettirish yillik prognozi jamiyat o’z mablag’lari xisobidan 0,5 mln. doll. bo’lib, hisobot davrida jamiyat o’z mablag’ xisobidan 0,23 mln. doll. o’zlashtirildi (davr prognoziga -115%).
-“Toshkent-Samarqand yo’nalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezdlar xarakatini tashkil etish” loyihasi bo’yicha mablag’ o’zlashtirish yillik prognozi jamiyat o’z mablag’lari xisobidan 0,5 mln. doll. bo’lgani xolda, hisobot davrida 0,17 mln. doll. kapital mablag’lar o’zlashtirildi (davr prognoziga -121%).
-“Temir yo’llarni reabilitasiya qilish” loyihasi bo’yicha 2016 yil prognozi jamiyat o’z mablag’lari xisobidan 48,6 mln. doll. yoki 130 km bo’lib, hisobot davrida qiymati 7,21 mln. dollarlik 20,2 km temir yo’l reabilitasiya qilindi (davr prognoziga -101%).
-“O’ztemiryulmashta’mir” UK da lokomotivlarni qayta tiklash loyihasi bo’yicha 2016 yil prognozi jamiyat o’z mablag’lari xisobidan 10,9 mln. doll. (27seksiya) bo’lib, xisobot davrida qiymati 2,5 mln.doll. bo’lgan 5ta seksiya lokomotivlar qayta tiklandi (prognozga 103%).
-“Yuk vagonlarining xizmat muddatini uzaytirib qayta tiklash, modernizasiya qilish va qayta jixozlash” loyihasi bo’yicha 2016 yilda jamiyat o’z mablag’lari xisobidan 1440 ta yuk vagonlari uchun 12,2 mln. doll. o’zlashtirish ko’zda tutilgan bo’lib, xisobot davrida qiymati 2,18 mln. doll. bo’lgan 255 ta vagon ta’mirlandi (davr prognoziga -102%).
-“Andijon mexanika zavodi” va “Quyuv mexanika zavodi” SHK larida 2016 yilda jamiyat o’z mablag’lari xisobidan qiymati 56,0 mln. dollar bo’lgan 700 dona yuk vagonlari qurish rejalashtirilgan bo’lib, xisobot davrida qiymati 12,12 mln.doll. bo’lgan 151 ta yuk vagonlari qurildi (davr prognoziga -100%).
-“Yo’lovchi vagonlar parkini yangilash” loyihasi bo’yicha 2016 yilda jamiyat o’z mablag’lari xisobidan qiymati 8,01 mln. dollar bo’lgan 15 dona yo’lovchi vagonlari qurish rejalashtirilgan bo’lib, xisobot davrida qiymati 1,6 mln.doll. bo’lgan 3 ta yo’lovchi vagoni qurildi (davr prognoziga -101%).
- “11 seksiya yuk elektrovozlarni xarid kilish” loyihasi bo’yicha 2016 yil prognozi chet el investisiyalari xisobidan 14,87 mln. dollar bo’lib, hisobot davrida jami 3,7 mln. dollar mablag’ o’zlashtirildi (davr prognoziga -100%). Ushbu loyiha bo’yicha 8 seksiya yuk elektrovozlari olib kelindi va foydalanishga topshirildi.
-“Samarqand-Qarshi” yo’nalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezdlar xarakatini tashkil etish loyihasi bo’yicha mablag’ o’zlashtirish yillik prognozi 2,88 mln. doll. bo’lgani xolda, hisobot davrida 1,47 mln. doll. kapital mablag’lar o’zlashtirildi (davr prognoziga -101%).
- “Kandim gazni kayta ishlash zavodiga olib boruvchi temir yo’l qurilishi” loyihasini davom ettirish yillik prognozi jamiyat o’z mablag’lari xisobidan 28,09 mln. doll. bo’lib, hisobot davrida 4,09 mln. doll. o’zlashtirildi (davr prognoziga -101%).
- “Kompaniya korxonalariga dastgoh va texnologiyalar sotib olish” loyihasi bo’yicha 2016 yil prognozi jamiyat o’z mablag’lari xisobidan 3,5 mln. doll. bo’lib, xisobot davrida qiymati 0,58 mln.doll. bo’lgan dastgoh va texnologiyalar sotib olindi (prognozga 100%).
- Yuqori tezlikda xarakatlanuvchi Talgo yo’lovchi elektropoezdini xarid qilish loyihasi 2015-2017 yillarga mo’ljallangan bo’lib, unga Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi xisobidan 4,2 mln. dollar miqdorida mablag’ jalb etish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari “Toshkent mexanika zavodida” investisiya dasturiga kiritilgan 13 ta loyiha bo’yicha jamiyat o’z mablag’lari xisobidan 10,75 mln. dollar mablag’ o’zlashtirish rejalashtirilgan bo’lib, hisobot davrida ushbu loyihalar bo’yicha 1,41 mln. dollar miqdorida kapital mablag’lar o’zlashtirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |