Korrelyatsion (stoxastik) bog‘lanish. Bu juda ko‘p
kuzatuvlardagina namoyon bo‘ladigan ko‘rsatkichlar orasidagi to‘liq
bo‘lmagan, taxminiy bog‘lanishdir. Odatda, juft va ko‘p miqdorli
korrelyatsiyalar farqlanadi. Juft korrelyatsiya – bu bitta omilli, boshqasi
natijaviy bo‘lgan ko‘rsatkichlar orasidagi bog‘lanishdir. Ko‘p miqdorli
korrelyatsiya esa natijaviy ko‘rsatkichlar bilan bir nechta omillarning
o‘zaro ta’sirida ishlatiladi.
Chiziqli dasturlash usuli iqtisodiyotda ko‘p uchraydigan ekstremal
masalalarni hal qilishda ko‘p qo‘llaniladi. Ushbu turdagi masalalarni
yechimi funksiyalardagi o‘zgaruvchan miqdorlarni chetki qiymatlarini
(maksimum va minimum) topishga qaratilgandir.
Chiziqli dasturlash qat’iy funksional bog‘liqlikda bo‘lgan
voqeliklarni o‘rganib, chiziqli tenglamalar tizimini (tenglama va
tengsizliklarni qayta shakllantirib) yechishga asoslangan. O‘zgaruvchan
miqdorlarning matematik ifodasi, ularning aniq tartibi, hisobkitoblarning ketma-ketligi, mantiqiy tahlillarning chiziqli dasturlashga
xos jihatlardir. Ushbu usulni faqat quyidagi holatlarda qo‘llash mumkin:
A) o‘rganilayotgan o‘zgaruvchan miqdorlar matematik aniqlik va
miqdoran cheklangan bo‘lsa;
B) omillarni o‘zaro almashtirish asosida aniq ketma-ket hisobkitoblar amalga oshirilsa;
V) o‘rganilayotgan obyektning tushunishdagi mantiqiy asoslash
bilan hisob-kitoblardagi mantiq, matematik mantiq o‘zaro mos kelsa.
2. Ichki tahlilni bajaruvchilar tomonidan tahlil ishlarini tashkil qilish.
Ichki tahlil subyektlariga faqat shu firma, kompaniya xodimlari
kirsa, tashqi subyektlarga haqiqiy va bo‘lg‘usi investorlar, kreditorlar,
mahsulot yetkazib beruvchilar, xaridorlar, xodimlar, shuningdek‚
hukumat muassasalari, vazirliklar, idoralar, jamoatchilik va boshqa
manfaatdor foydalanuvchilar moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar
qatoriga kiradi.
Moliyaviy hisobot axborotiga ehtiyoj quyidagilarda vujudga keladi:
Mulk egalari (qatnashchilar va ta’sischilar) va investorlarning
e’tibori ko‘proq xo‘jalikning ustav kapitalida xissali qatnashishidan
oladigan dividendlar summasini mavjudligiga, jalb qilingan
investitsiyalar yuzasidan xavf-xatarlarning yo‘qligiga qaratiladi.
Kreditorlar – o‘zlariga tegishli kreditlar va foizlar o‘z vaqtida
to‘lanadimi yoki yo‘q ekanligini aniqlashga imkon beradigan
axborotdan manfaatdorlar;
Mahsulot yetkazib beruvchilar va boshqa savdo kreditorlaridao‘zlariga tegishli summa o‘z vaqtida to‘lanadimi yoki yo‘q ekanligini
aniqlashga imkon beradigan axborotdan manfaatdorlar;
Xaridorlar – ayniqsa‚ (ular uzoq muddatli bitimga ega bo‘lsalar
yoki mazkur xo‘jalik yurituvchi subyektga bog‘liq bo‘lsalar) xo‘jalik
yurituvchi subyektning uzluksiz faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan
manfaatdorlar;
Xodimlar – xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati barqarorligi
va rentabelligi to‘g‘risidagi axborotdan manfaatdorlar. Ular ham xo‘jalik
yurituvchi subyektning o‘z ish haqlarini, pensiyalarini va keyinchalik
ham yollash bo‘yicha ishlash imkoniyatlarini ta’minlash qobiliyatiga
baho berish imkonini yaratadigan axborotni olishdan manfaatdorlar;
Davlat boshqaruvi organlari-resurslarning taqsimlanishi va
binobarin, subyektlarning faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan
manfaatdorlar. Ularga ham xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyatini
tartibga solib turish, soliqqa tortish siyosatini belgilash uchun va milliy
daromadni hamda boshqa statistik ma’lumotlarni aniqlash uchun asos
sifatida axborot kerak;
Jamoatchilikda ham, chunki xo‘jalik yurituvchi subyektlar mahalliy
iqtisodiyotga ko‘pgina usullar bilan, shu jumladan aholini ish bilan
ta’minlash va mahalliy mahsulot yetkazib beruvchilarni qo‘llabquvvatlash bilan katta hissa qo‘shishi mumkin. Moliyaviy hisobot
jamoatchilikni taraqqiyot yo‘nalishlari va xo‘jalik yurituvchi
subyektlarning farovonligini yaxshilashda erishilgan so‘nggi yutuqlar
to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlab, ularga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |