Moliyaviy tahlilni muammoli jihatlari (davriy oraliqdagi qiyosiylik, turli korxonalar о‘rtasidagi qiyosiylik, axborot operativligi muammolari)
Moliyaviy tahlil yuzasidan mahalliy va xorijiy mualliflar tomonidan chop etilgan adabiyotlar soni shu darajada kо‘pki ularni о‘rganish asosida bitta xulosaga kelish mumkin, ya’ni xо‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyat samaradorligi va uning natijaviyligini baholash doimo keng qiziquvchilar (menejerlar, mulk egalari va kontragentlar) e’tiboridagi muhim masalalardan
biri bо‘lgan. Moliyaviy holat va undagi о‘zgarishlarni tahlil etish orqali nafaqat bо‘lib о‘tgan jarayonlarning samaradorligi va natijaviyligiga balki ularning kelgusidagi kutilishlari ham bashorat qilinadi2. Bu esa raqobatdosh iqtisodiyot sharoitida yanada muhim ahamiyat kasb etadi.
Xо‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy holati va undagi о‘zgarishlarni baholash, tahlil etishda О‘zbekiston va xorij amaliyotining о‘xshash jihatlari juda kо‘p. Chunki global iqtisodiyot barcha davlatlarning hisob, audit va tahlil tizimida ham yagonalashuvni talab etadi. Xuddi shu sababli ham buxgalteriya hisobi va auditning, moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlari ishlab chiqilgan va amal etilmoqda. YA’ni, xalqaro iqtisodiy aloqalarning yagona “biznes tili” rasmiy jihatdan shakllangan. Shu sababli ham, bozor iqtisodiyoti qonun qoidalari asosida rivojlanuvchi barcha davlatlarda moliyaviy holat va undagi о‘zgarishlarni tahlil etish tashkiliy, uslubiy jihatdan farq qilsa ham mazmun jihatdan bir hilda yuritiladi.
Moliyaviy holat tahlilining asosiy farqli jihatlarni xо‘jalik yuritish shart- sharoitlarining turlichaligida, buxgalteriya hisobotlari va ularni tuzish qoidalarida, uslubiy jihatlarda shuningdek kо‘proq nazariy asoslardagi kо‘rish mumkin.
Shuningdek, xо‘jalik yuritishning shart-sharoitlari yuzasidan juda kо‘p farqli jihatlarni kuzatish mumkin. Bu birinchi navbatda, tizimning iqtisodiy rivojlanishi va boshqaruvning farqli jihatlari bilan xarakterlanadi3.
Xо‘jalik yuritishning farqli jihatlari albatta axborot oqimini shakllantirishning amaldagi holatiga ham sezilarli ta’sir etadi. Bitta, xо‘jalik yurituvchi subyektlarni yirik, о‘rta va kichik biznes subyektlari qatoriga kiritishning о‘zi ham davlatlar о‘rtasida tubdan farq qiladi.
Rivojlangan davlatlarda buxgalterlarning bosh vazifasi korxonaning davlat oldidagi axborot majburiyatlarini (moliyaviy, soliq, bojxona, statistik hisobotlar orqali) hal etishga emas balki birinchi navbatda mulk egasi va menejerlarning samarali boshqaruvini ta’minlashga qaratilgan vazifalarni hal etib berishga qaratilgan.
Moliyaviy tahlil etishdagi о‘xshash jihatlarni buxgalteriya hisobining muhim tamoyili bо‘lgan mazmunning shakldan ustunligi tamoyili bilan izohlash mumkin. Rivojlangan davlatlar moliyaviy hisobotlari bilan О‘zbekistondagi xо‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobot shakllari
2Рахимов М.Ю. Иқтисодиёт субъектлари молиявий ҳолатининг таҳлили.Т.: Молия –иқтисод, 2015.-316 б., Ефимова О.В. [и др.]. Анализфинансовойотчетности./учеб.пособие / - М.: Омега-Л, 2013. - 388 с.K. R. SubramanyamFINANCIAL STATEMENT ANALYSIS, ELEVENTH EDITIONPublished by McGraw-Hill Education, 2 Penn Plaza, New York, NY 10121. Copyright © 2014 by2, Карлин Т.Р. Анализ финансовых отчетов (на основе GAAP) Учебник. — М.: ИНФРА-М, 1998. — 448 с. — ISBN 5-86225-675-Х, Бернстайн Л.А. Анализ финансовых отчетов М.: Финансы и статистика. 2003, -622 ст., Вахрушиной М.А. Анализ финансовый отчетности.М.: Финансы и статистика 2007. 367 стр
3Рахимов М.Ю. Иқтисодиёт субъектлари молиявий ҳолатининг таҳлили.Т.: Молия –иқтисод, 2015.-316 б., Ефимова О.В. [и др.]. Анализфинансовойотчетности./учеб.пособие / - М.: Омега-Л, 2013. - 388 с.K. R. SubramanyamFINANCIAL STATEMENT ANALYSIS, ELEVENTH EDITIONPublished by McGraw-Hill Education, 2 Penn Plaza, New York, NY 10121. Copyright © 2014 by3, Карлин Т.Р. Анализ финансовых отчетов (на основе GAAP) Учебник. — М.: ИНФРА-М, 1998. — 448 с. — ISBN 5-86225-675-Х, Бернстайн Л.А. Анализ финансовых отчетов М.: Финансы и статистика. 2003, -622 ст., Вахрушиной М.А. Анализ финансовый отчетности.М.: Финансы и статистика 2007. 367 стр
soni va ularning nomlanishi yuzasidan farq kuzatilmaydi.
Amalda tuziladigan va taqdim etiladigan moliyaviy hisobotning asosiy shakli “Buxgalteriya balansi” (1-shakl) rasmiy tuzilishi va mazmun bо‘yicha xorij amaliyotidan tubdan farq qilmaydi.
Juda kо‘p mualliflar xо‘jalik subyektlari moliyaviy holatiga baho berishning muhim manbasi bо‘lgan buxgalteriya balansi va uning tarkibiy tuzilishini belgilashda aktivlarning likvidlik darajasi bо‘yicha qayta tarkiblanishi va qiziquvchilarning keng qatlami uchun ham tushunarli bо‘lishi lozimligini qayd etadilar4.
Moliyaviy holat tahlilining uslubiy jihatlarida ham ayrim farqlanishlar kuzatiladi. Lekin aksariyat hollarda ularning bir xilligini kuzatish mumkin.
О‘zbekiston va xorij amaliyotida ham moliyaviy holatni baholashda quyidagi tarkib kо‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi:
Likvidlik kо‘rsatkichlari. Xalqaro amaliyotida ushbu kо‘rsatkichlar tizimi “liquidity ratios”5 deb nomlanadi.
Moliyaviy barqarorlik kо‘rsatkichlari. Xalqaro amaliyotida ushbu kо‘rsatkichlar tizimi “financial leverage6” deb, ayrim manbalarda “leverage ratios” deb nomlanadi.
Foyda, rentabellik kо‘rsatkichlari. Xalqaro amaliyotda mazkur kо‘rsatkichlar tizimi “profitability ratios” deb nomlanadi.
Ish aktivligi kо‘rsatkichlari. Xorij amaliyotida ushbu kо‘rsatkichlar tizimi “efficiency ratios” deb nomlanadi.
Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, О‘zbekiston va xalqaro amaliyotda moliyaviy tahlilda keskin farqlanishlar yо‘q. Muammo nimada. Muammo, ularning yagona tizimga solinmaganligi va uslubiy, metodologik asoslar bir biridan farq etishida deyish mumkin.
Yana bir muhim jihat, xorij amaliyotida tijorat korxonalari, kompaniyalar kо‘rsatkichlarining bozor qiymatini tahliliga alohida urg‘u beriladi. Mazkur kо‘rsatkichlar qatoriga: sof foydaning muomaladagi aksiyalar soniga nisbati; dividend tо‘lovlarining sof foydadagi salmog‘i; aksiyalarga yillik dividend
4Рахимов М.Ю. Иқтисодиёт субъектлари молиявий ҳолатининг таҳлили.Т.: Молия –иқтисод, 2015.-316 б., Ефимова О.В. [и др.]. Анализфинансовойотчетности./учеб.пособие / - М.: Омега-Л, 2013. - 388 с., K. R. SubramanyamFINANCIAL STATEMENT ANALYSIS, ELEVENTH EDITIONPublished by McGraw-Hill Education, 2 Penn Plaza, New York, NY 10121. Copyright © 2014 by, Карлин Т.Р. Анализ финансовых отчетов (на основе GAAP) Учебник. — М.: ИНФРА-М, 1998. — 448 с. — ISBN 5-86225-675-Х, Бернстайн Л.А. Анализ финансовых отчетов М.: Финансы и статистика. 2003, -622 ст., Вахрушиной М.А. Анализ финансовый отчетности.М.: Финансы и статистика 2007. 367 стр, Пардаев М.К. ва бошкалар Молиявий ва бошкарув тахлили, дарслик.Т.:Чулпон. 2012,, 490 б., Савицкая Г.В. Анализ хозяйственной деятельности. Минск: РИПО, 2012. — 367 с. Вахобов А.В., Ибрагимов А.Т., Ишонкулов Н.Ф. Молиявий ва бошкарув тахлили. Т.:Иктисод-молия. 2013,598 б., Ковальев В.В., Волькова О.Н. Анализ хозяйственной деятельности предприятия.М.: финансы и статистика, 2008, 415 с.ELEVENTHEDITIONPublishedbyMcGraw-HillEducation, 2 PennPlaza, NewYork, NY 10121. Copyright © 2014 by, Карлин Т.Р. Анализ финансовых отчетов (на основе GAAP) Учебник. — М.: ИНФРА-М, 1998.
— 448 с. — ISBN 5-86225-675-Х, Бернстайн Л.А. Анализ финансовых отчетов М.: Финансы и статистика. 2003, -622 ст., Вахрушиной М.А. Анализ финансовый отчетности.М.: Финансы и статистика 2007. 367 стр
5 K. R. SubramanyamFINANCIAL STATEMENT ANALYSIS, ELEVENTH EDITIONPublished by McGraw- Hill Education, 2 Penn Plaza, New York, NY 10121. Copyright © 2014 by, 646 бет.
6 K. R. SubramanyamFINANCIAL STATEMENT ANALYSIS, ELEVENTH EDITIONPublished by McGraw- Hill Education, 2 Penn Plaza, New York, NY 10121. Copyright © 2014 by, 479- бет.
tо‘lovlarining ularning о‘rtacha bozor qiymatiga nisbati; aksiyaning bozor bahosining va bitta aksiyaga tо‘g‘ri keladigan sof foyda nisbati kо‘rsatkichlari kiritiladi. Mazkur kо‘rsatkichlar asosida firma va kompaniyalarning bozor aktivligi kо‘rsatkichlariga baho beriladi. О‘zbekiston amaliyotida ushbu tahlil turi moliyaviy holatni baholash masalalari doirasiga kirmaydi va faoliyat samaradorligining muhim kо‘rsatkichlari siftida alohida о‘rganiladi. Mazkur tahliliy kо‘rsatkichlarlarni aniqlash, qiyosiy о‘rganishning zaruriy jihatlari va ahamiyatligi korxonanalarning moliya bozoridagi ishtiroki hamda aktivligining qay darajadaligi bilan belgilanadi. YA’ni bozor aktivligi kо‘rsatkichlarini baholash orqali investitsion faollik, jozibadorlik kо‘rsatkichlari baholanadi.
Xorij tajribasida moliyaviy holatni baholashda kо‘pincha yirik va shon- shuxratga ega bо‘lgan firma va kompaniyalar (Coca-Cola, PepsiCola, Adidas va boshqalar) misolida butun tahliliy jarayonlar amalga oshiriladi va yakuniy xulosada mazkur firma, kompaniyalarni joriy holatiga tashxis beriladi va kelgusida kompaniyani rivojlantirish, moliyaviy qudratini oshirish yuzasidan muhim starategiyalar beriladi.
Korxonalar moliyaviy holatini О‘zbekiston amaliyotida kompleks о‘rganish amaliyotiga juda kam hollardagina murojaat qilinadi. Bironta manbada О‘zbekistonning iqtisodida muhim lokomotiv hisoblangan korxonalar (Tog‘-kon metallurgiya kombinatlari, О‘zbekiston temir yо‘llari, О‘zbekiston havo yо‘llari, avtomobilsozlik korxonalari misolidagi) ma’lumotlari asosidagi real tahliliy xulosalar uchratilmaydi. Kо‘pincha, analitik xisob-kitoblar taxminiy, о‘ylab topilgan manbalar asosida tuzib chiqiladi. Bu farq faqat tahlil obyektlarining real manbalari asosida emas balki yillar kesimidagi dinamik о‘zgarishlarda ham kuzatiladi. Vaxlanki, xorij tahlil amaliyotida firma, kompaniyalarning faoliyat va tarmoq bо‘g‘inlari bо‘yicha farqli jihatlariga ham alohida ahamiyat qaratiladi.
Xorij amaliyotidagi yana bir muhim farqli jihatni kо‘rsatkichlarning turlicha nomlanishida (joriy aktivlarning aylanma aktivlar, oborot aktivlar, qisqa muddatli majburiyatlarning joriy majburiyatlar, kreditorlik majburiyatlari deb nomlanishida, uzoq muddatli aktivlarning oborotdan tashqari aktivlar, immobilizatsiya qilingan aktivlar tarzida nomlanishi va h.k.), tarkiblanishida (uzoq muddatli va joriy aktivlar, о‘z mablag‘lari manbasi va majburiyatlar, asosiy faoliyatdan moliyaviy natija, operatsion faoliyatdan daromadlar va xarajatlar), aniqlanish tartiblaridagi (yalpi foyda, asosiy faoliyat natijasi, umumxо‘jalik faoliyati natijasi, soliq tо‘loviga qadar foyda, sof foyda, EBIT, EBITDA) farqli jihatlarda kurish mumkin. Shu sababli, chop etiladigan manbalarda kо‘rsatkichlarning hisob-kitoblarida ma’lumotlar real (anik korxona misolidagi)moliyaviy hisobotlar va manbalarning xisobotlarning qaysi shakli va satrlaridan olinishi ham aniq kо‘rsatilgan xolda berilmogi lozim. Shu yо‘l bilangina ularning aniqligini va bir xilligini ta’minlash mumkin.
Soxada, eng muhim muammolardan hal etishning muhim yо‘li bu moliyaviy hosobotlarni shakli va mazmuni bо‘yicha xalqaro normalarga mos keltirishdir.
Moliyaviy hisobotlar va ularning axborotlar bazasini analitik qayta
ishlashning kompyuter dasturlarining yaratilmaganligi ham soxaga oid muammolarni biroz chigallashtirmoqda. Bu boradagi ishlar boshlanganiga qaramasdan xaliga qadar litsenziya olingan dasturiy taminotlar yaratilmagan.
Moliyaviy hisobotlarni tahlil etishda qо‘shimcha manbalarga juda kо‘p zaruriyat tug‘iladi. Ularni olinishi, olingan axborotlarning ishonchligi, tezkorligi, aniqligi, asosligi kabi qator muommolarga duch kelinmoqda. Bu jarayonlar kо‘proq xо‘jalik subyektlarining fond bozori, qimmatli qag‘ozlar bozori, bazor va ish aktivligini baholashda ayniq qiynchiliklar tug‘dirmoqda.
Moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etish bо‘yicha eng muhim muammolarda bittasi bu ular bо‘yicha ma’murchilik xarajatlarining xaddan tashqari ortib ketishi bilan bog‘liqdir. Ma’murchilik xarajatlarining hisobi va ularni meyorlash bо‘yicha hech kandar tartiblar va koidalar belgilanmaganligi analitik taxlilchilarning ish unumiga ta’sir qilmoqda.
Moliyaviy xisobotlarni tuzishda xalkaro standartlardagi normalarga amal etishda yagona yondashuvning yukligi, ularni xar bitta xujalik yurituvchi subyekt uziga xos tarzda qо‘llashidagi xilma xilliklar mavjudligi ham utkir muammolardan bittasi xisoblanadi. Shu bilan birgalikda jaxon bazoriga chikishda ularning kay darajada axamiyatli ekanligi iktisodiy jixatdan yetarli darajada asoslanmaganligi xam ushbu soxada ishlarning jadal rivojlanishiga tasir etmokda.
Moliyaviy xisobotlarni tuzish va takdim etish tartiblarida elektron xisobotlarning (moliyaviy (buxgalteriya), soliq, statistika, bojxona, banklar xisobotlarining) yagona portalini shakllantirish va tegishli bо‘g‘in buyicha mijozlarning umulashgan axborotlarini olish imkoniyatlari taminlanmagan. Bu esa о‘z navbatida qiyosiy tahlilni amalga oshirishga qiyinchilik tug‘dirmoqda. YA’ni, korxonalar о‘rtasida qiyosiy tahlilni amalga oshirish, metodologik xilma xillik, turlicha xisob-kitoblarga tayanilishi yagona analitik xulosalarga sezilarli ta’sir etmoqda.
Inflyatsiya ta’sirini ham albatta chetlab о‘tishning imkoni yо‘q. Bu jixat sondagi о‘zagrishlardan sifat о‘zgarishlarga о‘tish imkonini bermaydi. Inflyatsiya darajasining yuqoriligi kо‘rsatkichlarning qiyosiyligini, о‘zgarishini aniq baholashga imkon bermaydi. Shu sababli ham moliyaviy hisobotlarni tuzishda inflsiya, giper inflyatsiya amal etiladigan xalqaro normalarga tayanish lozim. Bu jihat о‘zgarishlardan himoyalanish moliyaviy hisobotlarni tuzishning xalqaro standartlarida aniq va yorqin ifodasini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |