Yuqoridagi ma’lumotlarga asosan, “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ektining mahsulot(ish, xizmat)larni sotishdan olgan yalpi foydasi o’sgan va omillar ta’siri ham ijobiy bo’lgan.
Davr xarajatlari va asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan olingan daromadlar tahlili
Davr xarajatalari xo’jalik yurituvchi sub’ektning mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, ammo uning asosiy faoliyatidan olingan moliyaviy natijani kamayishiga ta’sir etuvchi quyidagi ko’rsatkichlar asosida shakllanadi:
- sotish xarajatlari;
- ma’muriy xarajatlar;
- boshqa operasion xarajatlar;
- kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chiqariladigan hisobot davri xarajatlari.
Sotish xarajatlari xo’jalik yurituvchi sub’ektning mahsulot(ish, xizmat)larini xaridorlarga etkazish bilan bog’liq barcha, yuklash, jo’natish, reklama va boshqa Shu kabi xarajatlarni bildirib, u amaldagi “Mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish xarajatlarining tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllanish tartibi to’g’risida”gi Nizomga muvofiq taribga solinadi.
Ma’muriy xarajatlar xo’jalik yurituvchi sub’ektning boshqaruvi bilan bog’liq bo’lgan ish xaqi, asosiy vositalar va boshqa Shu kabilar asosida shakllanadi.
Boshqa operasion xarajatlar xo’jalik yurituvchi sub’ektning quyidagi:
kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash;
loyiha va qurilish-montaj ishlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish;
maslahat va axborot tizimlariga haq to’lash;
auditorlik xizmatlari uchun to’lovlar;
salomatlikni muhofaza qilish;
obodonchilik ishlari;
madaniyat va sport ob’ektlarini asrash xarajatlari;
byudjetga majburiy to’lovlar kabi qator xarajatlarini bildirib, ular davr xarajatlari tarkibida salmoqli o’ringan ega.
Kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chiqariladigan hisobot davri xarajatlari deb, ular yuzaga kelgan paytda joriy hisobot davrida soliq solinadigan foydani hisoblab chiqarishda chegirilmaydigan, ammo keyingi davrlarda xo’jalik yurituvchi sub’ektining moliyaviy natijasidan o’n yildan ko’p bo’lmagan muddat ichida chegiriladigan quyidagi sarflarga aytiladi:
yangi ishlab chiqarishlar, sexlar, agregatlarni, Shuningdek, seriyali va ommaviy ishlab chiqariladigan yangi mahsulot (ish, xizmat) turlarni hamda texnologik jarayonlarni o’zlashtirish;
barcha turdagi asbob-uskunalar va texnik qurilmalarni, ularning o’rnatish sifatini tekshirib ko’rish maqsadida kompleks sinab ko’rish (ishlab turgan holatida);
ishchi kuchlarini qabul qilish va yangi ishga tushirilgan xo’jalik yurituvchi sub’ektda ishlashi uchun kadrlarni tayyorlash;
asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning jadalashtirilgan usulda hisoblangan amortizasiya summasi bilan soliq qonunchiligimizga muvofiq belgilangan normalar bo’yicha hisoblangan amortizasiya summasi o’rtasidagi farq.
Masalan, xo’jalik yurituvchi sub’ekti joriy yilda 6 mln. so’mga yangi sexni o’zlashtirib, uning hisobot davrida soliqqa tortiladigan foydasi 17 mln. so’mni tashkil etgan. Bunga binoan, xo’jalik yurituvchi sub’ektining joriy yilda soliqqa tortiladigan bazasi 23 mln. (6+17) so’m bo’ladi. Keyingi yillar(o’n yildan ko’p bo’lmagan muddatlarda)da esa, xo’jalik yurituvchi sub’ekti 600000 (6 mln./10, 6 mln./9, 6 mln./8...) so’mni soliqqa tortiladigan foydasidan chegirib, byudjetga to’lovlarni amalga oshiradi.
Yuqoridagi ko’rsatkichlar asosida xo’jalik yurituvchi sub’ektning davr xarajatlarining holatiga baho beriladi (37-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |