7-mavzu: Auditning mohiyati, uning maqsadi va vazifalari
Auditning predmeti va ob’ektlari
Auditning usullari
Auditning predmeti va ob’ektlari
Auditning predmeti xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, ularning faoliyatlari hisoblanadi. Audit maxsus fan sifatida ma’lum maqsadga qaratilgan va bir qancha vazifalarni bajaradi. Ma’lumki xo’jalik yurituvchi sub’ektlari o’z ustavlariga asosan faoliyat yuritadilar. Ushbu faoliyat jarayonida moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan foydalaniladi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning aktivlari doimiy ravishda daromad, foyda olishga qaratilgan bo’ladi. Lekin, ushbu natijalarga faqat qabul qilingan qonun-qoidalarga to’liq amal qilgan holda erishish mumkin. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’z faoliyatlarida me’yoriy hujjatlarga, qabul qilingan qoidalarga rioya qilishlari shart. Har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekti o’zining hisob siyosatini belgilaydi va unga asosan hisob-kitoblarni yuritadi. Audit paytida xo’jalik yurituvchi sub’ekti faoliyatining qabul qilingan qonunlarga monandligi, hisob ma’lumotlarini uning moliyaviy-xo’jalik ko’rsatkichlariga muvofiqligi tekshiriladi.
Auditning predmeti taftishdan farqli o’laroq xo’jalik yuritish sub’ektining faqat bir faoliyat turi yoki birgina ko’rsatkichi bo’lishi mumkin (55-jadval). Masalan, savdo faoliyati, ishlab chiqarish faoliyati yoki bo’lmasa pul mablag’lari, tovarlar, qimmatbaho qog’ozlar, valyuta operasiyalari va boshqalar. Auditning predmetiga xo’jalik yurituvchi sub’ekti moliyaviy hisobotining to’g’riligi, hisob, soliq siyosatiga to’liq amal qilinishlikni tekshirish ham kiradi. Auditning aniq predmeti yoki ob’ekti mijoz bilan tuzilgan shartnomaga bevosita bog’liq bo’ladi.
45-jadval
Audit va taftish o’rtasidagi tafovutlar
Farq qiladigan belgilari
|
Audit
|
Taftish
|
Maqsadlariga ko’ra
|
Moliya-xo’jalik faoliyatidagi kamchiliklarni uning ajralmas elementi sifatida aniqlashga yo’l qo’ymaslikni ta’minlash
|
Kamchiliklarni oldini olish va bartaraf qilish uchun ularni aniqlash
|
Huquqiy jihatlari bo’yicha
|
Fuqarolik huquqi
|
Ma’muriy huquqi
|
Gnoseologik (bilish) jihatlari bo’yicha
|
Mijoz xo’jalik yurituvchi sub’ekti buxgalteriya hisobotidagi axborotlarning haqiqiyligini isbotlash
|
Sodir etilgan operasiyalarning qonuniyligi va xodimlar tomonidan o’g’irliklar yo’qligini aniqlash
|
Uslubiy jihatlar bo’yicha
|
Uslubiy jihatdan o’xshash, ammo qo’yilgan maqsadlar xilma-xilligidan kelib chiqib har xil nisbatlarda qo’llaniladi
|
Ob’ektlari bo’yicha
|
Mijoz-xo’jalik yurituvchi sub’ekti to’lov layoqatini izdan chiqaradigan, uning moliyaviy ahvolini yomonlashtiradigan barcha vaziyatlar ob’ektlari hisoblanadi
|
Amaldagi qonunchilik va xo’jalik yurtuvchi sub’ekti hisob siyosatining buzilishiga olib keladigan barcha vaziyatlar ob’ektlari hisoblanadi
|
Boshqaruv shakliga ko’ra
|
Aloqalar gorizontal va ixtiyoriy
|
Aloqalar vertikal, ma’muriy tayinlash va majburiy tartibda
|
Xizmatlar uchun haq to’lash prinsiplariga ko’ra
|
Haqni mijoz-xo’jalik yurituvchi sub’ekt to’laydi
|
Haqni Yuqori tashkilot yoki davlat to’laydi
|
Amaliy vazifalar bo’yicha
|
YAngi passiv manbalarni jalb qilish, to’lov qobiliyatini mustahkamlashga doir vazifalarni mijoz-xo’jalik yurituvchi sub’ekti hal qiladi
|
Xo’jalik yurituvchi sub’ekti aktivlarining saqlanishi, suiste’mol qilishlarning oldini olish va to’sqinlik qilish bo’yicha vazifalarni xo’jalik tizimi hal qiladi.
|
Etarlilik darajasiga ko’ra
|
Xarajatlar va natijalar nisbatiga qarab oqilona etarlilik prinsipi amal qiladi
|
Eng Yuqori darajadagi aniqlik va aybdor shaxslarni, so’ralgan zarar ko’lamini aniqlash prinsipi amal qiladi
|
Natijalariga ko’ra
|
Auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi tuzish bilan yakunlanadi
|
Taftish dalolatnomalari, tashkiliy xulosalar, jarima solish, majburiy ko’rsatmalar va ularning bajarilishini tekshirish
|
Shu jihatdan audit va iqtisodiy tahlilning farqli jihatlarini keltirish mumkin. Xususan, audit - buxgalteriya balansi moddalarining realligi, korxona xo’jalik faoliyatini moliyalashtirish, kredit bilan ta’minlashning to’g’riligini isbotlash kabi masalalarni o’rganadi.
Iqtisodiy tahlil - audit nuqtai nazaridan moliyaviy xo’jalik faoliyatini tahlil qilib, tegishli va kredit mablag’laridan samarali foydalanish yo’llarini o’rgatadi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarining faoliyati kengayib har tomonlama rivojlanmoqda. Shu boisdan, iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida auditning asosiy ob’ektlari quyidagilardan iborat bo’lishi kerak deb hisoblaymiz:
- moliyaviy natijalarni shakllantiruvchi ko’rsatkichlar (xarajatlar, daromadlar, foyda (zararlar));
- valyuta operasiyalari;
- tashqi iqtisodiy faoliyat, Shu jumladan, xorijiy sarmoyalar;
- hisob-kitob operasiyalari ( debitorlik, kreditorlik qarzlari);
- qimmatbaho qog’ozlar bilan bog’liq jarayonlar.
Shunday qilib auditning predmeti va ob’ektlari quyidagi tartibda guruhlash mumkin:
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyatlari;
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning aktivlari va majburiyatlari;
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning alohida jarayonlari (operasiyalari).
Auditning asosiy predmeti bo’lgan korxonalarning faoliyatlari quyidagilarga bo’linadi:
ishlab chiqarish faoliyati;
savdo faoliyati;
xizmat ko’rsatish faoliyati.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyatlari o’z navbatida quyidagi jarayonlarni o’z ichiga oladi:
ta’minot jarayoni;
ishlab chiqarish jarayoni;
realizasiya jarayoni.
Jarayonlar xo’jalik operasiyalari orqali sodir bo’ladi.
Xo’jalik jarayonlarning auditi ma’lum ko’rsatkichlarni tekshirish orqali amalga oshiriladi. Ushbu ko’rsatkichlarning ikkiga bo’lish mumkin:
miqdor ko’rsatkichlari;
sifat ko’rsatkichlari.
Miqdor ko’rsatkichlar - ishlab chiqarilan mahsulotlar, sotilgan tovarlar, bajarilgan xizmatlar hajmidan iborat.
Sifat ko’rsatkichlar - faoliyat yuritish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar, foyda, mehnat unumdorligini ifodalaydi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning alohida jarayonlari va ko’rsatkichlari auditning ob’ektlari hisoblanadi.
Auditning predmetiga xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga dolzarb masalalarda konstalting xizmatlarini ko’rsatish ham kiradi.
Auditorlar va auditorlik tashkilotlari xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga o’zaro tuzilgan shartnomalarga asosan “Biznes reja” tuzish, hisob siyosatini belgilash, soliqlarni to’g’ri hisoblash, mahsulot tannarxini aniqlash, moliyaviy hisobot tuzish kabi masalalarda yaqindan yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |