Tuman bo’yicha mavjud fermer xo’jaliklari
“Zafar”
|
“Qo’rg’on”
|
“Mustaqillik”
|
“Ilg’or”
|
“Turon”
|
“Nur”
|
“Xur”
|
Paxta xosildorligi, s/ga.
|
27
|
33
|
31
|
24
|
30
|
25
|
29
|
1. Guruhlarga ajratish belgisi – hosildorlik;
2.
3. Qoloq guruh 24 + 2,25 = 26,25; (24 – 26,25)
O’rtacha guruh 26,25 + 2,25 = 28,5; (26,25 - 28,5)
YAxshi guruh 28,5 + 2,25 = 30,75; (28,5 - 30,75)
Eng yaxshi 30,75 + 2,25 = 33,0; (30,75 - 33,0)
7-jadval
Paxta hosildorligiga binoan tumandagi fermer xo’jaliklarini eng ilg’or, yaxshi, o’rtacha, qoloq guruhlarga ajrating
№
|
Guruhlar
|
Interval
|
Fermer xo’jaliklarining nomi
|
1.
|
Qoloq
|
24 – 26,25
|
“Ilg’or”, “Nur”
|
2.
|
O’rtacha
|
26,25 - 28,5
|
“Zafar”
|
3.
|
YAxshi
|
28,5 - 30,75
|
“Xur”, “Turon”
|
4.
|
Eng yaxshi
|
30,75 - 33,0
|
“Mustaqillik”, “Qo’rg’on”
|
7-jadval malumotlariga binoan, tumanning fermer xo’jaliklari paxta xosildorligiga binoan 4 ta, ya’ni qoloq, o’rtacha, yaxshi, eng yaxshi guruhlarga bo’lib o’rganildi. Guruhga ajratish davomida tumanning ikkita, xususan, “Ilg’or”, “Nur” fermer xo’jaliklarining hosildorligi eng past deb topildi. “Zafar” fermer xo’jaligining hosildorligi 27 s/ga ni tashkil etgani bois, uni o’rtacha hosildorlikka fermer xo’jaligi deb hisobladik. “Xur”, “Turon” fermer xo’jaliklarining hosildorligiga binoan yaxshi fermer xo’jaliklari deb hisoblash mumkin. Tumandagi eng yaxshi fermer xo’jaligi deb “Mustaqillik”, “Qo’rg’on” fermer xo’jaliklari tan olindi. Negaki ularning paxta hosildorligi mos ravishda 31 va 33 s/ga. ni tashkil etgan.
Korxona faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish uchun guruhlashtirish usulini qo’llashda muayyan talablar e’tiborga olinishi shart. Misol uchun, tipologik guruhlar tuzishda iqtisodiy qonun-qoidalarga asoslangan guruhlar tuzishga intilish lozim.
Tuzilish bo’yicha va omilli guruhlashtirishda esa - guruhlar oralig’i imkon qadar bir-biriga mos bo’lishi zarur. Shuningdek, guruhlar kichik sondan, Yuqoriga borish tartibida tuzilishi, tahlil natijalarining aniqligini ta’minlash maqsadida guruhlar orasidagi intervallar yaqinroq olinishi, dastlabki va oxirgi guruh chegarasi ochiq, qolgan oraliq guruhlar chegarasi yopiq, ya’ni boshlang’ich va oxirgi guruh chegaralari aniq bo’lishi, barcha o’rganiladigan ob’ektlar soni tuzilgan guruhlarga imkon qadar teng taqsimlanishiga rioya qilinishi kerak.
Ushbu ko’rsatib o’tilgan talablarga amal qilinishi iktisodiy tahlil natijalarini to’g’ri va aniq bo’lishida muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |