Balans usuli. Balans usuli– o‘zaro bog‘langan va tenglashtirilgan ikki guruh iqtisodiy ko‘rsatkichlar tengliklarini aks ettirish usulidir. Bu metod buxgalteriya hisobi va rejalashtirish amaliyotida eng ko‘p qo‘llaniladigan metod hisoblanadi. Balans usuli korxonani aktivlar, kapital va majburiyatlar balansi, debitorlik va kreditorlik majburiyatlari balansi, valyuta balansi, byudjet balansi, resurs balansi tahlilida keng qo‘llaniladi. Balansning muhim turlari va ularning birlik elementlari Ushbu usuldan moliyaviy xo‘jalik faoliyatining barcha bo‘g‘inlardakeng foydalaniladi.Balans metodi ko‘proq omilli modellarni tuzishda ham qo‘llanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |