Ko‘rsatkichlarni taqqoslama ko‘rinishga keltirish usullari
Tahlilda rioya qilish muhim shartlardan biri – ko‘rsatkichlarning taqqoslanuvchanligini ta’minlashdir, sifat jihatidan esa bir xil kattaliklarni qiyoslash mumkin. Ko‘rsatkichlarning taqqoslanuvchan emasligi turli sabablarga ko‘ra kelib chiqishi mumkin: turli narxlar mavjudligi, faoliyati hajmi; struktura o‘zgarishlar; mahsulotlar sifati bir xil emasligi; taqqoslanayotgan ko‘rsatkichlar uchun tanlangan vaqt kesimi har xilligi; faoliyatning bir xil bo‘lmagan boshlang‘ich sharoiti (texnik, tabiiy, iqlim va b.); ko‘rsatkichlarni hisoblashning usullari turlichaligi; korxonaning hisob siyosatining o‘zgarishi. O‘rganilayotgan ko‘rsatkichlar taqqoslanuvchanligini ta’minlash uchun yuqorida sanalgan omillar bo‘yicha ularning yagona bazaga olib kelish zarur. Birinchi navbatda barcha qiymat ko‘rsatkichlarning kattaligiga ta’sir ko‘rsatuvchi (ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotlar qiymati, tushum, tannarx, foyda, material xarajatlari hajmi, zaxiralar, asosiy vositalar) inflatsiya bilan aloqadorlikda narx o‘sishini e’tiborga olmoq zarur. Ushbu omilning ta’sirini xolislantirish uchun, taqqoslanayotgan ko‘rsatkichlar bir xil narxda ifodalanadi. Misol uchun, yalpi mahsulotlar chiqarish taqqoslanuvchanligini ta’minlash uchun uning hisobot va bazis davrlardagi fizik hajmi va bazis davr narxlarida ifodalanadi.
Korxonaning faoliyat ko‘lamidagi o‘zgarishlar tufayli ko‘plab ko‘rsatkichlar o‘zaro taqqoslanmas bo‘lishi mumkin. Misol uchun, agar hisobot yili mahsulot ishlab chiqarish xarajati summasini bazis davrdagi mazkur ko‘rsatkich (∑q00 + a0) bilan taqqoslasak, u holda ushbu ko‘rsatkichlarning farqlanishi nafaqat mahsulotlar tannarxi darajasini o‘zgarishi bilan balki hajmidagi mahsulot ishlab chiqarish miqdori o‘zgarishlari bilan ham shartlangan bo‘ladi. Xarajatlarni taqqoslanuvchan ko‘rinishga olib kelish uchun hajmli omillar ta’sirini xolislantirish zarur. Buning uchun bazis davr xarajatlarining o‘zgaruvchan summasi hisobot davrida haqiqatdagi mahsulot ishlab chiqarish hajmiga qayta hisoblash va shundan so‘ng buni hisobot davr xarajatlari summasi bilan taqqoslash zarur.
Iqtisodiy tahlilda mahsulotlarning jami mahsulot hajmi tarkibidagi salmog‘i yoki strukturasini o‘zgarishi ham mazkur ko‘rsatkichlarni o‘zaro taqqoslashda ayrim noaniqliklarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun taqqoslanayotgan ko‘rsatkichlarni bir xil strukturaga keltirish uchun, haqiqatdagi mahsulot ishlab chiqarish hajmi bazis davr strukturasiga qayta hisoblanishi zarur.
Ishlab chiqarish strukturasi o‘zgardi va uning ta’sirida A va S mahsulotlar ulushi ortdi, B mahsulot esa kamaydi, natijada mahsulot ishlab chiqarish hajmi qiymat ifodasida 7,6 ming so‘mga ortdi. Bu korxona faoliyatining yanada obyektiv bahosi, chunki mehnat sig‘imi bo‘yicha uchala mahsulot ham bir xil. Iqtisodiy tahlilda ko‘rsatkichlarni taqqoslash uchun turli usullardan foydalaniladi. Misol uchun, mutlaq kattalik o‘rniga o‘rtacha yoki nisbiy kattaliklarni qo‘llab, qator hollarda ko‘rsatkichlarning taqqoslanuvchanligiga erishish mumkin. Korxonalarning ishlab chiqarish bazasini hisobga olmasdan mahsulot ishlab chiqarish hajmi, foyda summasi va boshqa mutlaq ko‘rsatkichlarni qiyoslash mumkin emas, lekin mutlaq kattaliklar o‘rniga nisbiy, misol uchun, bir ishchi tomonidan ishlab chiqarigan mahsulot, aktivlarning ming so‘miga to‘g‘ri keladigan foyda summasi va shu kabilar. Ushbu holda bunday taqqoslash butunlay to‘g‘ri sanaladi. Iqtisodiy tahlilda ko‘rsatkichlarning taqqoslanuvchanligini ta’minlash uchun tuzatish koeffitsiyentlari ham keng qo‘llaniladi. Xususan, ko‘rsatkichlarning metodik nomutanosibligiga nisbatan e’tiborli bo‘lish lozim. U nafaqat taqqoslash natijalarini, balki umuman voqelik ma’nosini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Misol uchun, fond qaytimi asosiy vositalarning jami summasi bo‘yicha, ishlab chiqarishga mo‘ljallangan asosiy vositalar bo‘yicha yoki faqat ularning aktiv qismi bo‘yicha hisoblanishi mumkin. Shuning uchun, xulosalar to‘g‘riligini ta’minlash uchun ularni hisoblash metodikasi bo‘yicha ko‘rsatkichlar bir xilligiga erishish lozim. Ko‘rsatkichlarni taqqoslashda ularning taqqoslanuvchanlik bo‘yicha tabiiy-iqlim sharoitarini ta’minlash juda muhim. Xususan, bu qishloq xo‘jaligi uchun juda dolzarb masala sanaladi. Korxonalarning turli tabiiy-iqtisodiy zonalarda bo‘lishi mahsulot yetishtirishga, vaqtinchalik va doimiy xarajatlar darajasiga, mahsulotlar mehnat sig‘imi va boshqalarga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu omil bo‘yicha ko‘rsatkichlarning taqqoslanuvchanligini ta’minlash uchun iqlimiy va hududiy xususiyatlar bilan shartlangan ko‘rsatkichlarning o‘sish ulushi ajratiladi, keyin esa ularning ta’siri bartaraf etiladi. Ayrim ko‘rsatkichlarning mavsumiy tavsifiga e’tibor qaratish zarur. Misol uchun, tovar zaxiralari mavsumgacha jamlanadi, qishki davr uchun ozuqa zaxiralari yaratiladi, korxonaning ishchan faolligi davrida kapital aylanuvchanlik koeffitsiyenti o‘sadi. Ayrim hollarda ko‘rsatkichlarning taqqoslanuvchan emasligi korxonaning hisob siyosatidagi o‘zgarishlari bilan ham kelib chiqishi mumkin. Xususan, amaldagi me’yoriy hujjatlar bir ma’noga ega ko‘rsatkichlarni turli usullar bilan shakllantirish mumkinligiga yo‘l qo‘yadi. Misol uchun, asosiy vositalarga eskirish hamda nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashni turli metod va usullarining mavjudligi; iste’mol qilingan ishlab chiqarish zaxiralarini baholash metodini o‘zgartirish (NIFO, FIFO, LIFO) va boshqalar kiradi. Xulosa qilib aytganda, ko‘rsatkichlarni taqqoslanuvchan shaklga keltirishning asosiy usullari qiymat, hajm, sifat va struktura omillarning ta’sirini ularni yagona bazisga keltirish yo‘li bilan xolislantirish, shuningdek, foydalanish o‘rtacha va nisbiy kattalik, tuzatish koeffitsiyentlari, qayta baholash metodlaridan foydalanish va shu kabilar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |