Kompleks iqtisodiy tahlil metodikasi
Metodika – analitik tadqiqotni yanada maqsadga muvofiq bajarishning usullari va qoidalari majmuidir. Tahlilda umumiy va xususiy metodika farqlanadi. Umumiy metodika iqtisodiyotning turli sohalaridagi iqtisodiy tahlilning turli obyektlarini o‘rganishda foydalaniladi. Xususiy metodika muayyan iqtisodiyot sohalari, ishlab chiqarish turi, tadqiqot obyektlarida tahlil ko‘rinishida umumiy qo‘llanilishini aniqlashtiradi. Tahlilning ixtiyoriy metodikasi analitik tadqiqot o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar yoki metodologik tavsiyalarni o‘zida aks ettiradi, aynan:
• analitik tadqiqot o‘tkazish ketma-ketligi va davriyligi bo‘yicha tavsiyalar;
• o‘rganilayotgan obyektlarni tadqiq qilish usul va uslublarini tavsiflash;
• tahlilni tashkil qilish, uni metodik, texnik va informatsion ta’minoti bo‘yicha ko‘rsatmalar;
• tahlil natijalarini rasmiylashtirish bo‘yicha tavsiyalar.
IT metodikasining ikki elementiga batafsilroq to‘xtalamiz: 1) tahlil texnologiyasi (analitik ishlarni bajarish ketma-ketligi); 2) o‘rganilayotgan obyektlarni tadqiq qilish usullari (tahlilning metodik instrumentariysi). Kompleks iqtisodiy tahlilni bajarishda bir nechta texnologik bosqich ajratiladi:
1) tahlil obyektlari, maqsad va vazifa aniqlanadi, analitik ishlar rejasi tuziladi, chunki maqsad aniq keltirilmasa, tahlil jarayoni o‘z ma’nosini yo‘qotadi;
2) tahlil obyektini tavsiflashga ko‘maklashuvchi ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqiladi;
3) tahlil uchun zaruriy axborot to‘planadi va tayyorlanilib (uning aniqligi, ishonchliligi tekshiriladi, mutanosib ko‘rinishga olib kelinadi, tizimlashtiriladi. Iqtisodiy tahlil natijalari axborotlarning sifatiga bog‘liq bo‘ladi;
4) xo‘jalik yuritishning haqiqatdagi natijalarini hisobot davri reja ko‘rsatkichi bilan, qabul qilingan me’yorlar va standartlar, o‘tgan yillar haqiqatdagi ma’lumotlari bilan, yetakchi korxonalar yutuqlari, o‘rtacha soha bo‘yicha; korxona rivojlanishi tendensiyalari va sur’atlari, uning reytingi, moliya va tovar bozoridagi holati o‘rnatiladi; yechimi bo‘yicha muayyan chora-tadbirlarni taqozo etuvchi muammolar topiladi;
5) omillar va korxona faoliyati natijalariga o‘tmishda hamda istiqbolda ularning ta’siri aniqlanadi, korxona maqsadlariga erishishda foydalanilmagan imkoniyatlar hisoblanadi va shuning asosida erishilgan natijalarni baholash amalga oshiriladi;
6) yuzaga kelgan vaziyatda korxona rivojlanishining ehtimoliy ssenariysi ko‘rib chiqiladi, fan va amaliyot sohasida yangiliklarni o‘rganish negizida korxona mehnat unumdoligini oshirishning mavjud zaxiralari baholanadi;
7) qo‘yilgan maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan strategik va taktik boshqaruv qarorlari qabul qilish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlanadi; qabul qilinayotgan qarorlarning ehtimoliy oqibatlari, ishlab chiqarish va moliyaviy risklar darajasi baholanadi; korxonaning operativ, joriy va istiqbolli rejalari aniqlanadi. Analitik tadqiqotlarni bajarishning bunday ketma-ketligi iqtisodiy tahlil nazariyasi va amaliyoti nuqtayi nazaridan yanada maqsadga muvofiq hisoblanadi. Analitik tadqiqotning turli bosqichlarida qo‘llaniladigan tahlilning texnik uslublari va usullari (tahlil instrumentariysi) iqtisodiy tahlil metodikasining eng muhimelementi hisoblanadi (3-chizma).
Axborotni qayta ishlashning mantiqiy usullari.
Taqqoslash.
Nisbiy va o‘rtacha ko‘rsatkichlar.
Moliyaviy hisoblash.
Ma’lumotlarni grafik va jadval shaklida berilishi.
Guruhlash.
Balansli.
Evristik metod.
3-chizma.
Do'stlaringiz bilan baham: |