1-mavzu: Moliyaviy risklarning mohiyati va ahamiyati (2 soat)
- “Moliyaviy risklar” modulining tarkibi va yo’nalishlari hamda boshqa iqtisodiy fanlar bilan aloqasi.
- Risk tushunchasi.
- Iqtisodiyotning turli bo’g’inlarida risklar.
- Risklar nazariyasi, fikrlar va muammolar.
Reja:
- “Moliyaviy risklar” modulining tarkibi va yo’nalishlari hamda boshqa iqtisodiy fanlar bilan aloqasi
“Moliyaviy risklar” moliya sohasida yuzaga keluvchi xavf-xatar va risklarni tasniflash sohasida kasbiy bilim beruvchi, bo`lg`usi moliyachilarni mazkur risklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirishga yo`naltiruvchi, hamda risklarni baholash va boshqarishning asosiy qonunlarini o`rgatuvchi modulidir.
Ma`lumki, moliya sohasida risklarni minimallashtirishga risk strategiyasini ishlab chiqish orqali erishish mumkin
Moliyaviy risklar nazariyasi tizimi riskning yuzaga kelishini oldindan xom-cho`t qilish, risk tufayli yuzaga keladigan salbiy holatlarga yo`l qo`ymaslik yoki ularning ta`sirini kamaytirish borasida chora-tadbirlar, usullar yig`indisini o`z ichiga oladi.
“MOLIYAVIY RISKLAR” MODULINING OBYEKTI VA SUBYEKTI
MODULINING
OBYEKTI
Moliya sektori faoliyatida yuzaga keluvchi risklar
Riskga o`z ta`sirini o`tkazuvchi guruh, moliya sohasi xodimi yoki menejer
MODULINING SUBYEKTI
Moliyaviy risklarni chuqur o`rganish uchun xo`jalik yurutuvchi subyektlar faoliyatini, moliyaviy korxonalari bajaradigan operatsiyalarning samaradorligini aniqlay bilish, banklarning kredit, investitsiya, valyuta siyosati va boshqa faoliyatlari bo’yicha optimal qarorlar qabul qilishga erishish, mijozlarning xo`jalik faoliyati va ularning moliyaviy ahvoli, tarmoqlar faoliyatining xususiyatlari va boshqalarni bilish lozim.
Moliyaviy risklar ta`sirini aniqlash orqali xo`jalik yurituvchi subyektlarning barcha imkoniyatlaridan to`la foydalanish, korxonalarni rivojlantirish istiqbollarini belgilab berish va moliyaviy risklarni oldini olib korxonalarni samaradorligini oshirishga imkon yaratadi.
Markazlashgan iqtisodiyot sharoitida barcha xo`jalik subyektlari qat`iy yo`riqnomalar, buyruqlar, me`yoriy hujjatlar bo`yicha faoliyat olib borganligi uchun risk va uning darajasini o`ylashga to`g`ri kelmagan. Oldindan qancha foyda olish yoki zarar ko`rish mumkinligi aniq bo`lgan. Ko`rilgan zarar odatda, korxonaning yuqori tashkiloti yoki vazirlik tomonidan, ba`zi hollarda turli xil yo`qotishlar bilan birga byudjet mablag`lari hisobidan qoplangan
Hozirgi zamonaviy xo`jalik yurutuvchi korxonalar faoliyatini risksiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Moliya sohasini risksiz operatsiyasi yo`q, uning barcha operatsiyalari risk bilan bog`liq bo`lib, ularning darajasi operatsiya turiga qarab har xil bo`lishi mumkin. Moliya amaliyotida riskni umuman yo`q qilish mumkin emasligi bois, uni oldindan ko`ra bilish, uni kamaytirish choralarini ko`rish lozim.
“Moliyaviy risklar” modulining asosiy maqsadi - kelgusida yuqori malakali iqtisodchi-moliyachi mutaxassislar bo‘lib yetishadigan talabalar uchun moliyaviy risklar nazariyasi bo‘yicha bilimlar berish, talabalarda rivojlangan davlatlarning ilg’or tajribasidan kelib chiqib moliyaviy risklarni xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy-moliyaviy faoliyatiga ta’sirini baholash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat.
“Moliyaviy risklar” moduli “Moliya” ta`lim yo`nalishida o`qitiladigan barcha mutahassislik fanlari, jumladan “Moliya”, “Xalqaro moliya munosabatlari”, “Bank ishi”, “Xalqaro valyuta munosabatlari”, “Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish” va boshqa shu kabi fanlar bilan uzviy bog`liq hisoblandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |