Moliya organlari va ularni moliyaviy nazoratni olib borishdagi roli.
Javob:
Moliya organlarining ko’p qirrali nazorat faoliyati byudjetni rejalashtirish, moliyaviy rejalar va smetalar loyihalarini ko’rib chiqish, byudjet barcha daromadlarini to’plash, davlat byudjeti bilan tegishli moliya yili uchun nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish jarayonida amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 23.11.1992 yilgi N 553-son Qaroriga ko’ra “O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi haqida» Nizom tasdiqlandi.Unga ko’ra Moliya vazirligi O’zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublikaning markaziy moliya-iqisodiy organi sifatida O’zbekiston Respublikasining moliyaviy narx siyosatini hayotga tatbiq etadi va uning butun hududida moliya, narx-navoni tashkil etish faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.
Moliya vazirligi o’z tizimiga kiruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatini to’g’ridan-to’g’ri yoki o’zi tashkil etadigan organlar orqali muvofiqlashtiradi va yo’naltiradi.
Bu faoliyatini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2847-son Qarorining qabul qilinishi muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
Respublika moliya organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining soliq-byudjet siyosatiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini hamda ijtimoiy sohani barqaror, mutanosib va jadal rivojlantirish, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini mustahkamlash, byudjet mablag‘laridan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan vazifalari, funksiyalari, ish shakllari va uslublarini qayta ko‘rib chiqish maqsadida quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda uning bo‘linmalari faoliyatining ustuvor vazifalari hamda yo‘nalishlari etib belgilandi
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi “O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g`risida”gi PF – 5147-son farmonining ahamiyati.
Javob:
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni bajarish, shuningdek mamlakatni isloh qilish va rivojlantirishning hozirgi bosqichida O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining eng muhim vazifalarini belgilash, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga tushumlarning to‘liqligini nazorat qilishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni imzoladi.
Farmonga muvofiq bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tashqi audit va moliyaviy nazoratning eng yuqori organi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarga tushumlarni to‘liqligi, maqsadli va samarali shakllanishi va ijro etilishini, davlat aktivlari va passivlari holati va harakatini, oltin-valyuta zaxiralari hamda tashqaridan jalb qilingan mablag‘larni qayta to‘ldirilishi, boshqarilishi va tasarruf etilishi ustidan monitoring va davlat nazoratini amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |