Moliyaviy nazoratning shakllarini quyidagi mezonlar bo’yicha klassifikatsiya qilinadi: - o’tkazish vaqti bo’yicha
- amalga oshirilish reglamenti;
- nazoratning sub’yektlari
- nazoratning ob’ektlari.
O‘tkazilish vaqtiga ko’ra moliyaviy nazoratning shakllari quyidagilarni o’z ichiga oladi: - Dastlabki
- Joriy (operatsion)
- Navbatdagi (songgi)
Amalga oshirilish reglamenti bo’yicha moliyaviy nazoratning shakllari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin: - Majburiy (tashqi)
- Tashabbusli (ichki)
Nazorat sub’eklari bo’yicha moliyaviy nazoratning quyidagi shakllari bo’lishi mumkin: - Prezident moliyaviy nazorati
- Davlat hokimyati organlarining moliyaviy nazorati
- Moliya-kredit organlarining moliyaviy nazorati
- Firma ichki moliyaviy nazorati
- Auditorlik moliyaviy nazorati
Nazorat ob’eklari bo’yicha moliyaviy nazoratning quyidagi shakllari bo’lishi mumkin - byudjet moliyaviy nazorati;
- soliqlar bo’yicha amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat;
- bojxona nazorati;
- valyuta operatsiyalari ustidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat;
- sug’urta faoliyati bo’yicha moliyaviy nazorat;
- kredit operatsiyalari bo’yicha moliyaviy nazorat;
- pul massasi ustida amlga oshiriladigan moliyaviy nazorat;
- investitsion faoliyat bo’yicha amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat;
Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2019 yilning 9 oyida o’tkazilgan nazorat tadbirlari natijalari to’g’risida ma’lumot 2019 yilning 9 oyida Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan “Davlat moliyasini boshqarish axborot dasturi” (DMBAD) va “UzASBO” dasturi ma’lumotlar bazasidan keng foydalangan holda 1147 ta kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda, 41 ta oliygohlarda, Madaniyat vazirligi tizimidagi 516 ta muassasalarda, 154 ta tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalarida, Buxoro va Surxondaryo viloyati mahalliy byudjetining tuzilishi va ijrosi, shuningdek 212 ta mahalliy byudjet va 44 ta boshqa tashkilotlarda hamda 28 ta tuman (shahar)lardagi 551 ta mahalliy byudjet tashkilotlarida jami 2 655 ta muassasalarida kameral nazorat tadbirlari o’tkazdi. Kameral nazorat tadbirlariga qamrab olingan muassasalarning 820 tasida (31%) 22,6 mlrd.so’m miqdorida byudjet qonunchiligini buzilish holatlari aniqlanib, nazorat tadbirlari davomida ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida 16,5 mlrd.so’m mablag’lar byudjetga tiklandi. Kameral nazorat tadbirlariga qamrab olingan muassasalarning 820 tasida (31%) 22,6 mlrd.so’m miqdorida byudjet qonunchiligini buzilish holatlari aniqlanib, nazorat tadbirlari davomida ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida 16,5 mlrd.so’m mablag’lar byudjetga tiklandi. Vazirliklardagi aniqlangan qounun buzilish holatlar - Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi muassasalarida 18,9 mlrd.so’mni tashkil etib, 2018 yilning mos davriga nisbatan qonunbuzilish holatlari 9,8 mlrd.so’mga (2 marta) ko’paygan.
- Oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi tizimi tashkilotlarida aniqlangan qonunbuzilish holatlari 12,1 mlrd.so’mni tashkil etib, 2018 yilning mos davriga nisbatan 10,4 mlrd.so’mga (7 marta), Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimidagi muassasalarida aniqlangan qonunbuzilish holatlari 6,6 mlrd.so’mni tashkil etib, 2018 yilning mos davriga nisbatan 3,5 mlrd.so’mga (2 marta) ko’paygan.
- Sog’liqni saqlash vazirligi muassasalarida aniqlangan qonunbuzilish holatlari 10,2 mlrd.so’mni tashkil etib, 2018 yilning mos davriga nisbatan (10,7 mlrd.so’m) kamaygan bo’lsada, yirik miqdorda qonunbuzilish holatlari saqlanib qolmoqda.
- Jizzax (13,5 mlrd.so’m), Andijon (9,2 mlrd.so’m) Samarqand (7,7 mlrd.so’m), Surxondaryo (7,1 mlrd.so’m), Toshkent (7,3 mlrd.so’m) viloyatlariga va Toshkent shahriga (7,5 mlrd.so’m) to’g’ri kelmoqda.
- Nazorat tadbirlarida aniqlangan 84,3 mlrd.so’m qonunbuzilish holatlari bo’yicha 3 004 ta nazorat tadbirlari hujjatlari tegishli choralar ko’rish uchun prokuratura organlariga yuborildi
Davlat maqsadli jamg’armalar va boshqa jamg’armalari sarflanishi yuzasidan otkazilgan moliyaviy nazorat tadbirlari natijasi - 1069 ta moliyaviy nazorat tadbirlarida 61,2 mlrd.so’m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, shundan 42,8 mlrd.so’mi (70%) tiklanishi ta’minlandi hamda 51,9 mlrd.so’m miqdoridagi qonunbuzilish holatlari bo’yicha 509 ta nazorat tadbirlari hujjatlari qonuniy chora ko’rish uchun prokuratura organlariga
Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan 2019 yilning 9 oyida o’tkazilgan jami 7152 ta moliyaviy nazorat tadbirlarida 302,8 mlrd.so’m miqdorida qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar aniqlanib, shundan 148,7 mlrd.so’mi (49,1%) byudjet va maqsadli jamg’armalar hamda xo’jalik sub’ektlari hisob raqamlariga tiklanishi ta’minlandi. - Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan 2019 yilning 9 oyida o’tkazilgan jami 7152 ta moliyaviy nazorat tadbirlarida 302,8 mlrd.so’m miqdorida qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar aniqlanib, shundan 148,7 mlrd.so’mi (49,1%) byudjet va maqsadli jamg’armalar hamda xo’jalik sub’ektlari hisob raqamlariga tiklanishi ta’minlandi.
E’tiboringiz uchun rahmat!!
Do'stlaringiz bilan baham: |