Moliyaviy hisobotlardan ichki foydalanuvchilar Kompaniya rahbariyati
Korxona moliyaviy menejerlari ma’lumotlar yordamida korxonaning moliyaviy resurslarga bo’lgan ehtiyojini aniqlaydi, qabul qilingan qarorlar to’g’riligi va korxona strukturasi samaradorligini baholaydi, dividend siyosatining asosiy yo’nalishlarini belgilaydi, hisobotning prognoz shaklini tuzadi va kelayotgan hisobot davri moliyaviy ko’rsatkichlarining dastlabki hisobotini amalga oshiradi, korxonaning boshqa bir korxona bilan birlashishi yoki uni sotib olishi imkoniyatini baholaydi.
Kompaniyaning strukturali quyi bo’linmalari (filiallar va h.)
Moliyaviy hisobotlar quyidagi mezonlarga javob berishi kerak: Ma’lumotlarning o’rinli ekanligi;
Ma’lumotlarning ishonchli bo’lishligi;
Ma’lumotlarning tushunarli bo’lishligi;
Ma’lumotlarning taqqoslash mumkinligi.
Kichik korxonalarda moliyaviy xizmat strukturasi Kichik korxonalarda moliyaviy menejment xizmatlarini rahbar va bosh bug’alter amalga oshirish mumkin. Ushbu jarayonda rahbar korxonani boshqarish, qarorlar qabul qilish, va moliyaviy faoliyatni nazorat qilishni zimmasiga oladi. Bug’alter esa moliyaviy hisobotlarni tuzadi, turli to’lovlarni, hisoblarni amalga oshiradi.
DIREKTOR Ishlab chiqarish-savdo bo’linmalari rahbarlari
Bosh bug’alter
1. Korxonani boshqarish;
2. Qarorlar qabul qilish;
3. Nazorat qilish
1. Moliyaviy hisobotlarni tuzish;
2. To’lovlarni amalga oshirish
Moliya bo’limi Reja moliya bo’limi
Bank kassa operatsiyalari bo’limi
Hisob bo’limi
Guruhlar
Guruhlar
Strategik moliya-kredit rejalashtirish
Xaridorlar bilan hisoblar
Operativ rejalashtirish
Mol yetkazib beruvchilar bilan hisoblar
Iqtisodiy tahlil
Da’vo
Kichik korxonalar faoliyat davomida ko’plab muammo va xavf-xatarlarga duch kelishi mumkin, ya’ni korxonaning tez xarob bo’lish ehtimoli mavjudlig, o’sish darajasi pastligi, aylanma mablag’larning yetishmasligi, yuqori darajadagi raqobatning mavjudligi.
Kichik korxonalar moliyasini boshqarishda qabul qilinadigan qarorlarga ta’sir eta oladigan omillar yuzaga kelishi mumkin:
Bundan ko’rinadi, kichik korxonalar muvafaqiyatli faoliyat yuritishi uchun moliyaviy menejmentni tashkil etish kerak. Quyida ushbu masala yuzasida fikr yuritamiz.
Kichik biznes korxonalarida moliyaviy menejmentni tashkil etish bozorda raqobat to’siqlarini yengib o’tish va foyda olish kabi muhim omillar bilan bog’liq. Lekin moliyaviy menejment maqsadiga erishish uchun quyidagi vazifalarni bajarish kerak:
pul oqimlarini optimallashtirish;
samarali rejalashtirish tizimini yaratish;
moliyaviy monitoring va moliyaviy nazorat o’tkazish;
ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun foydali hisob va hisobotlar tizimini yaratish.