42
1.
Uzoq muddatli aktivlar
, ya’ni ko‘p marotaba xo‘jalik faoliyatida
ishlatiladigan va o‘zining qiymatini mahsulot tan-narxiga o‘tkazib boradigan
aktivlar.
2.
Joriy aktivlar,
bir ishlab chiqarish yoki tijorat sikli jarayonida to‘liq
ishlatiladigan aktivlar.
III. Korxona faoliyatini turiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha:
1.
Operatsion aktivlar
, foydani shakllantirish maqsadida joriy faoliyatni
amalga oshirishda ishlatiladigan aktivlar.
2.
Investitsion aktivlar
, korxonaning investitsion faoliyatini amalga
oshirish jarayonida foydalaniladigan aktivlar.
IV. Aktivlarning likvidlilik darajalariga qarab:
1.
Absolut likvid aktivlar;
2.
Yuqori likvidli aktivlar;
3.
Past likvidli aktivlar;
4.
Nolikvid aktivlar
.
V. Mulkiy egaligini tavsiflovchi aktivlar:
1.
Ijaraga olingan aktivlar
;
2.
O‘ziga tegishli
(x
ususiy) aktivlar
VI. Aktivlar vujudga kelishining moliyaviy manbaiga ko‘ra:
1.
Yalpi aktivlar
, ya’ni o‘z va jalb qilingan (qarz) mablag‘lar hisobiga
hosil bo‘lgan aktivlar;
2.
Sof aktivlar,
faqat o‘z mablag‘lari hisobiga shakllangan aktivlar.
Korxonalarda aktivlarni tashkil qilishdan asosiy maqsad, joriy faoliyatni
uzluksizligini ta’minlashda ularga bo‘lgan
talabni qondirish, hamda
korxonalar xo‘jalik-tadbirkorlik faoliyatini
samaradorligini oshirish
maqsadida ularning tarkibini optimallashtirish hisoblanadi.
43
Ushbu maqsadlardan kelib chiqqan holda, korxonalarda aktivlarni
tashkil qilish va ularni boshqarishda quyidagi asosiy tamoyillarni hisobga
olish lozim:
1) joriy faoliyatni rivojlantirish istiqbollari
va uni diversifikatsiya
qilishning yo‘nalishlari; bunda korxonalar joriy faoliyatini rivojlantirish
istiqbollarini belgilash, joriy faoliyatning maqsad va vazifalaridan kelib
chiqqan holda strategiyasini ham ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish
hamda istiqbolda korxonaning xo‘jalik faoliyat turini diversifikatsiya
qilishning asosiy yo‘nalishlari inobatga olinishi nazarda tutiladi. Ayniqsa,
ushbu tamoyilni oqilona qo‘llanilishi korxonalarda
inqirozga qarshi
boshqaruvni tashkil qilish jarayonida dolzarb hisoblanadi.
2) korxonalarda aktivlarni tashkil qilishda ularning hajmi va tuzilishi
bilan, mahsulotlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish hajmi va tuzilishini
o‘zaro mosligiga amal qilish; ushbu tamoyilda korxonalarda ishlab
chiqariladigan bir birlik mahsulot uchun kerakli xomashyo va materiallar,
boshqa turdagi aktivlarni o‘zaro mutanosibligini ta’minlash, hamda ishlab
chiqariladigan mahsulot turiga undagi mavjud aktivlarning tuzilishini mosligi
ham inobatga olinadi.
3) korxona xo‘jalik-moliyaviy faoliyatini samaradorligini oshirish
maqsadida aktivlar tarkibini optimallashtirish;
4) aktivlardan foydalanish jarayonida ularni aylanuvchanligini oshirish
uchun zaruriy sharoitlar yaratish;
5) korxonalarning kapitallashuv darajasini oshirish maqsadida aktivlarni
yuqori texnolologik turlarini tashkil qilish; bunda, korxonalarda mahsulot
ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatishda foydalaniladigan asosiy
vositalarning zamonaviy, tejamkor va yuqori rentabellikka ega bo‘lgan
turlaridan keng foydalanish, buning hisobiga mehnat unumdorligini oshirish,
44
mahsulot
tannarxini optimallashtirish, qo‘shimcha xarajatlarni kamaytirish
kabi ijobiy natijalarga erishish, pirovardida esa korxonada qo‘shimcha
moliyaviy resurslar darajasini oshishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: