Moliyaviy menejment pv doc



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/44
Sana31.01.2023
Hajmi5,01 Kb.
#905831
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
cc7a18ef7cfa59ce83bbcbfd6bad01a3 MOLIYAVIY MENEJMENT.

УД
K: 336(075) 
K
Б
K: 65.9(5O‘)-93 
ISBN 978-9943-13-401-0
© «Iqtisod-Moliya», 2012
 
© B. Toshmurodova, O. Xamdamov, 2012 



I BOB. MOLIYAVIY MENEJMENTNING IQTISODIY MOHIYATI 
VA FUNKSIYALARI 
 
 
1.1. Moliyaviy menejmentning iqtisodiy mohiyati va
nazariy asoslari 
Respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq, jamiyat 
taraqqiyotining barcha jabhalarida, eng avvlo, iqtisodiy sohada iqtisodiy 
islohotlarni yanada chuqurlashtirish va erkinlashtirish borasida aniq dasturlar 
ishlab chiqilgan. Ushbu dasturlarda belgilangan vazifalarning hayotga 
samarali tatbiq etilishi natijasida iqtisodiyotda turli mulkchilik shaklidagi 
korxonalar, firma va kompaniyalar vujudga kela boshladi. Albatta, 
mamlakatimiz iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishishida muhim 
omillar, ishlab chiqarish hajmining o‘sishi, pul qadrsizlanishini pasaytirish, 
eksport hajmini oshirish va boshqa shu kabi makroiqtisodiy o‘sishni 
ta’minlash bilan birga respublikamizda faoliyat yuritayotgan har bir korxona, 
firma, kompaniyalarning ham xo‘jalik subyekti sifatida rivojlantirishni taqozo 
etadi.
O‘z navbatida, korxonalar oldida turgan asosiy maqsad o‘z faoliyatini 
samarali tashkil qilish, kam mehnat sarflagan holda, ko‘proq va sifatli 
mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatish, iste’molchilarning talab 
va ehtiyojlarini to‘la qondirish va shu asosda foyda olishdan iborat.
Ta’kidlash kerakki, bozor munosabatlari sharoitida korxona, firma va 
kompaniyalarning moliyaviy boshqaruv tizimiga yangicha yondoshishni 
taqozo etadi. Korxonalarning iqtisodiy mustaqil va moliyaviy barqaror 



faoliyat ko‘rsatishlari, ularda boshqaruvni to‘g‘ri tashkil qilish, mavjud 
imkoniyatlardan samarali foydalangan holda ishlab chiqarish va xizmat 
ko‘rsatishni oqilona yo‘lga qo‘yish, fan va texnika yangiliklaridan, yangi 
axborot texnologiyalaridan foydalanish, moliyaviy menejment ishlarini 
to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish kabi bir qator omillarga bog‘liq. 
Moliyaviy menejmentning mustaqil fan sifatida shakllanishi yaqin 
o‘tmishga borib taqaladi. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib bozor 
iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda turli mulkchilik shakllarining paydo 
bo‘lishi, iqtisodiyotni bozor qonuniyatlariga asoslangan holda boshqarish 
tizimining takomillashuvi, biznesning turlari va zamonaviy yo‘nalishlarini 
vujudga kelishi hamda ular faoliyatlarini samarali amalga oshirishda oqilona 
boshqaruv qarorlarini qabul qilish, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish 
sohalarida moliyaviy resurslarning ahamiyati va ularni optimal boshqarishni 
tashkil qilish moliyaviy menejmentni mustaqil fan sifatida shakllanishiga 
muhim turtki bo‘ldi.
Fanning dastlabki nazariy elementlari XXasrning 30-yillarida paydo 
bo‘la boshlagan. Xususan, Dj. Vilyams tomonidan 1938-yilda, «Moliyaviy 
aktivlarning qiymatini baholash» modelini yaratilishi moliyaviy menejment 
fanining nazariyasini shakllanishiga muhim turtki bo‘lgan. 60-yillarga kelib 
G. Markovitsa, U. Sharpa, Dj. Mossina kabi olimlar tomonidan, moliyaviy 
aktivlarning daromadliligini baholash modelining (Capital Asset Pricing 
Model, CAPM) ishlab chiqilishi yuqoridagi nazariyaning keyingi rivojlanish 
bosqichi bo‘ldi. Bundan tashqari ushbu yo‘nalishda ko‘plab iqtisodchi olimlar 
tomonidan ilmiy izlanishlar amalga oshirilgan, jumladan: «Optsion baho 
shakllanish nazariyasi» («Option Pricing Theory»). Optsionlardan foydala-
nishni o‘z ichiga olgan investitsion strategiyalar, ko‘plab mashhur olimlar, 
shu jumladan V.Sharp, R.Merton, F.Blek, M.Shoulz ishlarida ko‘rib 



chiqilgan. Optsion baho shakllanishiga bag‘ishlangan nazariyalarda, qimmatli 
qog‘ozlar bozorining turli ishtirokchilarini optsionlar bilan savdo qilish 
tizimlari yoritilgan va taqqoslangan. V. Sharp tomonidan nol vaqtdagi 
optsionning ichki (haqiqiy) qiymatini aniqlash imkonini beruvchi, optsion 
qiymatini baholashning binominal modeli ishlab chiqilgan. 
Lekin, optsionni amal qilishining butun davri mobaynida asosiy aktivni 
doimiy o‘zgaruvchanligi va tavakkalchiliksiz o‘zgarmas stavkani ko‘zda 
tutuvchi asosiy aktiv va optsionning ayrim kombinatsiyasini o‘z ichiga olgan, 
tavakkalchiliksiz portfelni tuzish yo‘li bilan xedjirlash g‘oyasiga asoslangan 
Blek Shoulz modeli optsion baho shakllanish nazariyasida asosiy o‘rinni 
egallaydi.
Stiven Ross tomonidan ishlab chiqilgan «Arbitraj baho shakllanish 
nazariyasi» («Arbitrage Pricing Theory») (ART) tavakkalchilik qilmasdan 
o‘z portfeli daromadliligini orttirish imkoniyatidan, har bir sarmoyador 
foydalanishga intilishi g‘oyasiga asoslanadi. Arbitraj portfel yordamida 
bunday imkoniyat amalga oshirilishi mumkin. 
Moliyaviy menejmentda arbitraj 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish