Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari va davlat sektorida moliyaviy hisobotlarni joriy etilishini asosiy pog'onalari



Download 345,88 Kb.
bet1/7
Sana30.04.2022
Hajmi345,88 Kb.
#598097
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari va davlat sektorida

Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari va davlat sektorida moliyaviy hisobotlarni joriy etilishini asosiy pog'onalari

Xaydarova D

Reja;


1

2
    • Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari va davlat sektorida moliyaviy xisoborlarning xalqaro standartlarini aloqasi

3
    • davlat sektorida moliyaviy hisobotlarni joriy etilishini asosiy pog'onalari

Mulkchilik va tarmoq shaklidan qat’iy nazar, barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda moliyaviy hisobotlarini milliy standartlardan xalqaro standartlar asosida tuzish muhim hisoblanib, xalqaro standartlar asosida tuzilgan moliyaviy hisobotlarni xorijiy investorlar tomonidan tanishish imkoniyatiga ega bo’lishi va o’zining sarmoyasini kiritish bo’yicha engilliklar tug’diradi.
Buxgalteriya hisobi ma’lum bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt to’g’risida moliyaviy ma’lumotlarni aniqlash, qayta ishlash va moliyaviy hisobot shaklida faoliyat yurituvchi sub’ektning moliyaviy holatiga qiziquvchi foydalanuvchilarga ma’lumotni yetkazib berishni amalga oshiradigan axborot tizimdir. Buxgalteriyaning maqsadi – turli foydalanuvchilarni ma’lumotga bo’lgan ehtiyojini, ushbu ma’lumotni olish uchun eng kam sarf-xarajatlar bilan qondirishdir. O’z-o’zidan ma’lumki qarorlarni qabul qilish uchun axborot tizimdan foydalanish natijasida olinishi mumkin bo’lgan iqtisodiy naflar ushbu tizimga ketgan xarajatlardan ustun bo’lishi lozim.
Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari.
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari butun jahonda moliyaviy hisobot standartlarining yaqinlashishida, kelishuvida va yanada yaxshilanishida muhim rol o’ynadi. Ulardan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
- ko’pchilik mamlakatlarda hisob va hisobotga qo’yiladigan milliy talablar uchun asos bo’lib xizmat qilish;
- hisob va hisobotga nisbatan o’z talablarini ishlab chiqayotgan alohida mamlakatlar uchun xalqaro etalon sifatida ishlatilishi (sanoati rifojlangan mamlakatlar bilan bir qatorda endi rivojlanib borayotgan bozorlar uchun, masalan, Xitoy, Osiyoning boshqa mamlakatlari hamda sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlari ham shular jumlasidandir);
- fond birjalari va tartibga soluvchi organlar tomonidan moliyaviy hisobotni Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlariga mos ravishda tuzilishini talab qilgan hollarda;
- kapital bozorlari uchun standartlar ishlab chiqishda to’lig’icha Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlariga asoslanishga qaror qilgan Yevropa Komissiyasi kabi milliy organlar tomonidan ishlatishi;
- Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talab qilinmaydigan mamlakatlarda ham kompaniyalarp soni ortganligi tufayli foydalanilishi.
Maslahat guruhiga yirik tashkilotlar jalb qilingan bo’lib, ular jumlasiga
 Evropa Komissiyasi;
 Fond Birjalar Xalqaro Federatsiyasi;
 AQSh moliyaviy hisobot standartlari bo’yicha Boshqaruvi;
 Xalqaro Savdo Palatasi;
 Buxgalterlik Ta’limi va tadqiqotlari Xalqaro Assotsiatsiyasi;
 Mehnat Konfederatsiyasi;
 Xalqaro Moliyaviy Korporatsiya (IFC);
 Baholash Standartlari bo’yicha Xalqaro Komissiya;
 Jahon Banki;
 Xalqaro iqtisodiy Hamkorlik va taraqqiyot Tashkiloti;
 BMTning transnatsional korporatsiyalar va investitsiyalar bo’yicha bo’linmasi kiradi.
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo’yicha Komitet (MHXSK) – nodavlat tashkilot bo’lib, unga butun jaxon buxgalterlik faoliyati sohasining vakillari a’zodirlar. Komitet doimiy ravishda Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini ishlab chiqish va rivojlantirish uchun javobgardir. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari esa, ma’lumki, buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzish bo’yicha xalqaro miqyosda umumqabul qilingan qoidalardir.
MHXSK – mustaqil notijorat tashkilot bo’lib, u butun jaxonda tijorat korxonalari va boshqa tashkilotlar tomonidan moliyaviy hisobotlarni tuzish jarayonida qo’llaniladigan buxgalterlik printsiplarini muvofiqlashtirishga erishish maqsadida tuzilgandi
XX asrning ikkinchi yarmi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning kuchayishi, mamlakatlararo va qit’alararo mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishning kooperatsiyalashuvi, ixtisoslashuvi bilan xarakterlanadi. Ilmiy-texnik taraqqiyot natijalaridan foydalanish natijasida chet el investitsiyasini jalb qilish, ishlab chiqarishning internatsionalizatsiyashuvi transnatsional va multinatsional korporatsiyalarning paydo bo’lishiga olib keldi. Transnatsionatsional korporatsiyalarga quyidagilar misol bo’la oladi: IBM (AQSh), Toyota Motor (Yaponiya), Djeneral Elektrik (AQSh), Toshiba (Yaponiya), Djeneral Motorz (AQSh), Dyupon (AQSh). Muhimi shuki, butun jahon miqyosidagi mahsulotlarining asosiy qismi 25 ta shunday yirik korporatsiyalarda ishlab chiqariladi. Shuning bilan birga ishonch bilan aytish mumkinki, XX asrda iqtisodni internatsionalizatsiya qilish bo’lib o’tdi va u bilan birga buxgalteriya hisobi internatsionalizatsiya kilindi. Bu bir qancha muammolarning paydo bo’lishiga olib keldi:
- xalqaro tajribalarga asoslanib moliyaviy hisobot tuzish;
- xalqaro yoki milliy hisob qoidalariga bo’ysunish;
- xalqaro biznes bilan moslikda informatsion-boshqaruv tizimini tashkil qilish;
- joriy hisobotlar uchun kreditlarni chet el valyutasida aks ettirish.
Moliyaviy hisobotni taqdim etish kabi MHXSning asosiy maqsadiga erishish uchun quyidagilar belgilanishi kerak
- vazifalarni echish uchun talab etiladigan moliyaviy ma’lumot;
- axborot tizimini tuzish tamoyillari;
- moliyaviy hisobot elementlari.
MHXS (IFRS) 1 “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini birinchi marta qo’llash” nomli standartning maqsadi tadbirkorlik sub’ektining MHXSlar bo’yicha birinchi moliyaviy hisobotlari va ushbu hisobotlar qamrab olgan davrning bir qismi uchun oraliq moliyaviy hisobotlari:
(a) foydalanuvchilar uchun shaffof va taqdim qilingan barcha davrlar uchun qiyoslanuvchan;
(b) buxgalteriya hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga(MHXSlarga) muvofiq yuritish uchun munosib tayanch nuqtasi bo’lib xizmat qiladigan;
(v) undan olinadigan nafdan oshmaydigan xarajatlar sarflanib tayyorlanishi mumkin bo’lgan yuqori sifatli ma’lumotlarni o’z ichiga olishini ta’minlashdan iboratdir.
Tadbirkorlik sub’ekti mazkur MHXSni:
(a) o’zining MHXS bo’yicha birinchi moliyaviy hisobotlarida; va
(b) u tomonidan MHXS bo’yicha birinchi moliyaviy hisobotlari qamrab olgan davrning bir qismi uchun MHXS 34 “Oraliq moliyaviy hisobotlar” ga muvofiq taqdim qilinadigan hamma oraliq moliyaviy hisobotlariga nisbatan, agar shunday hisobotlari bo’lsa, qo’llashi kerak.
Boshqa belgilangan holatlardan tashqari hollarda, tadbirkorlik sub’ekti o’zining MHXS bo’yicha moliyaviy holat to’g’risidagi boshlang’ich hisobotida:
(a) MHXSlar bo’yicha tan olinishi talab qilingan barcha aktivlar va majburiyatlarni tan olishi kerak;
(b) MHXSlar tan olinishiga yo’l qo’ymadigan aktivlar va majburiyatlarni tan olmasligi kerak;
(v) oldingi BHUTga ko’ra aktiv, majburiyat yoki kapitalning bitta turi sifatida tan olingan, lekin MHXSlarga muvofiq aktiv, majburiyat yoki kapitalning boshqa turi sifatida tan olingan moddalarni qayta tasniflamasligi kerak; va
(g) barcha tan olingan aktivlar va majburiyatlarni baholashda MHXSlarni qo’llashi kera
МҲХС (IAS) 3 Қарз олиш харажатлари (Borrowing Costs)
МҲХС (IAS) 24 Алоқадор томонлар ҳақида маълумот (Related Party Disclosures)
МҲХС (IAS) 26 Пенсия режалари бўйича бухгалтерия ҳисоби ва ҳисоботи (Accounting and Reporting by Retirement Benefit Plans)
МҲХС (IAS) 27 Консолидацияланган ва индивидуал (алоҳида) молиявий ҳисоботлар (Consolidated and Separate Financial Statements)
МҲХС (IAS) 28 Ассоциацияланган корхоналарга инвестициялар (Investments in Associates)
МҲХС (IAS) 29 Гиперинфляция шароитида молиявий ҳисобот (Financial Reporting in Hyperinflationary Economies)
МҲХС (IAS) 31 Қўшма фаолиятда иштирок этиш (Interests In Joint Ventures)
МҲХС (IAS) 32 Молиявий воситалар: Тақдимот (Financial Instruments: Presentation)
МҲХС (IAS) 33 Акция даромати (девидент) (Earnings Per Share)
МҲХС (IAS) 34 Оралиқ молиявий ҳисобот (Interim Financial Reporting)
МҲХС (IAS) 36 Активларнинг қадрсизланиши (Impairment of Assets)
МҲХС (IAS) 37 Захиралар, шартли мажбуриятлар ва шартли активлар (Provisions, Contingent Liabilities and Contingent Assets)
МҲХС (IAS) 38 Номоддий активлар (Intangible Assets)
МҲХС (IAS) 39 Молиявий воситалар: тан олиш ва баҳолаш (Financial Instruments: Recognition and Measurement)
МҲХС (IAS) 40 Инвестицион кўчмас мулк (Investment Property)
МҲХС (IAS) 41 Қишлоқ хўжалиги (Agriculture)

Download 345,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish