Bog'liq Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari va davlat sektorida
Pul mablag’lariiing harakati to’g’risida hisobotlar» 2 DSBHXSning maqsadi va talablari Mazkur Standart talablari davlat korporatsiyalaridan tashqari barcha davlat sektori institutsional birliklariga taalluqlidir.
Mazkur Standartning maqsadi institutsional birlikning pul mablag’laridagi va pul mablag’lariga ekvivalentlaridagi retrospektiv o’egarishlar to’g’risidagi ma’lumotlarni pul mablag’lari harakati to’g’risidagi hisobotlar yordamida taqdim etishni talab qiladi. Pul mablag’lari harakati to’g’risidagi xisobotlarda muayyan davr ichida operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyatdan olingan pul mablag’larining tushumi tasnif qilinadi
Pul mablag’lari kassadagi naqd pul va talab qilib olinadigan depozitlar, shuningdek, bankning depozit, valyuta va boshqa hisobvaraqlaridagi mablag’lar.
Pul mablag’larining ekvivalentlari — ma’lum miqdordagi pul mablag’lariga konvertatsiya qilishga tayyor qisqa muddatli va ularning qiymati uncha katta bo’lmagan tavakkalchilikka moyil yuqori likvidli investitsiya.
Pul mablag’lari oqimi — pul mablag’lari va ularning ekvivalentlarining kelishi va ketishi (harakati).
«Pul mablag’lari harakati to’g’risidagi xisobot» hisobot davri davomida pul mablag’larining kelish manbalarini, pul mablag’lari qaysi moddalar bo’yicha xarajat qilinganligini va hisobot sanasiga pul mablag’lari qoldiqlarini ko’rsatib beradi.
Mazkur Standart talablari davlat korporatsiyalaridan tashqari barcha davlat sektori institutsional birliklariga taalluqlidir.
Mazkur Standart hisob siyosatini tanlaganda va uni qo’llaganda hamda hisob siyosatidagi o’egarishlarni xisobga olishda, hisob bahosidagi o’egarishlarni hisobga olishda va o’tgan davrlarning xatolari to’g’rilanganda qo’llanilishi zarur.
Mazkur Standartning maqsadi hisob siyosatidagi o’egarishlar, xisob baholaridagi o’egarishlar to’g’risidagi ma’lumotlarni hisobga olish tartibi va ochib berilishi bilan bir qatorda, hisob siyosatini tanlash va o’egartirish kriteriyasini aniqlash hisoblanadi.
Mazkur Standart institutsional birlikning moliyaviy hisobotining ishonchliligi va kerakliligi darajasini hamda bu moliyaviy hisobotni ma’lum davr davomida boshqa institutsional birliklarning moliyaviy hisobotlari bilan taqqoslana olish darajasini ko’tarish uchun tayinlangan
Mazkur Standartni hisoblash metodidan foydalanib moliyaviy xisobot tayyorlaydigan va taqdim etadigan institutsional birliklar quyidagi holatlarda qo’llashlari zarur:
chet el valyutasidagi operatsiyalarni va mablag’larning qoldiqlarini hisobga olishda (moliyaviy instrumentlarni tan olish va o’lchash tartibini belgilaydigan tegishli xalqaro yoki milliy standartlar harakati doirasida bo’lgan yasama operatsiyalar va mablag’lar qoldiqlaridan tashqari);
yig’ish, mutanosib ravishda yig’ish yoki hissa bilan qatnashish bo’yicha yig’ish yo’li bilan institutsional birlikning moliyaviy hisobotiga qo’shilgan chet eldagi faoliyat bo’yicha faoliyat natijasining va moliyaviy hisobotning ko’rsatkichlarini qayta hisoblanganda;
institutsional birlikning faoliyat natijasi va moliyaviy holati ko’rsatkichlarini valyutada taqdim etishda qayta hisoblanganda