4.2. MHXS (IFRS) 13 “Haqqoniy qiymatni baholash”
MHXS (IFRS) 13 “Haqqoniy qiymatni baholash” nomli standartning maqsadi bo’lib,
(a) haqqoniy qiymatni ta’riflaydi;
(b) yagona MHXS da haqqoniy qiymatni baholash bo’yicha kontseptual asosni belgilaydi; va
(v) haqqoniy qiymatni baholashlar to’g’risidagi ochib berishlarni talab etadi. Haqqoniy qiymat tadbirkorlik sub’ektiga-xos baholash emas, balki bozorga-
asoslangan baholashdir. Ayrim aktivlar va majburiyatlar uchun, kuzatiladigan bozor operatsiyalari va bozor ma’lumotlari mavjud bo’lmasligi mumkin. Biroq, haqqoniy qiymatni baholashning maqsadi ikki holatda ham bir xildir – joriy bozor sharoitlariga asosan baholash sanasida bozor ishtirokchilari o’rtasidagi aktivni sotish yoki majburiyatni o’tkazish bo’yicha odatiy operatsiyada sodir bo’lishi mumkin bo’lgan narxni baholashdir (ya’ni aktiv yoki majburiyatga ega bo’lgan bozor ishtirokchisi nuqtai nazaridan baholash sanasidagi chiqish narxi).
Haqqoniy qiymatning ta’rifida aktivlar va majburiyatlarga e’tibor qaratiladi, chunki ular buxgalteriya baholashining asosiy predmeti hisoblanadi. Shu bilan birga, mazkur MHXS tadbirkorlik sub’ektining haqqoniy qiymatda baholangan o’z ulushli instrumentlariga nisbatan qo’llanilishi lozim.
MHXS boshqa MHXS haqqoniy qiymatni baholashlarni va haqqoniy qiymatni baholashlar to’g’risidagi ochib beriladigan ma’lumotlarni (hamda sotish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymat kabi haqqoniy qiymatga asoslangan baholashlarni va ushbu baholashlar to’g’risidagi ma’lumotlarni) ochib berishni talab etganda yoki ularga ruxsat berganda qo’llaniladi.
MHHSning baholash va ochib berish talablari quyidagilarga nisbatan qo’llanilmaydi:
(a) MHXS 2 «Aktsiyaga-asoslangan to’lov» ning qo’llash doirasidagi aktsiyaga-asoslangan to’lov operatsiyalari;
(b) BHXS 17 «Ijara» ning qo’llash doirasidagi ijara operatsiyalari; va
(v) haqqoniy qiymatga nisbatan ba’zi o’xshashliklarga ega ammo haqqoniy
154
qiymat bo’lmagan baholashlar, masalan MHXS 2 «Tovar-moddiy zaxiralar» dagi sof sotish qiymati yoki MHXS 36 «Aktivlarning qadrsizlanishi» dagi foydalanishdagi qiymat.
Ushbu BHXSda ma’lumotlarni ochib berish talablari quyidagilarga nisbatan qo’llanilmaydi:
(a) BHXS 19 «Xodimlarning daromadlari» ga muvofiq haqqoniy qiymatda baholangan tizim aktivlari;
(b) BHXS 26 «Pension tizimlar bo’yicha buxgalteriya hisobi va hisoboti” ga muvofiq haqqoniy qiymatda baholangan nafaqa tizimi investitsiyalari; va
(v) qoplanadigan qiymati BHXS 36 ga muvofiq hisobdan chiqarish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymat bo’lgan aktivlar.
Haqqoniy qiymat muayyan aktiv yoki majburiyat bo’yicha baholanadi. Shu tufayli, haqqoniy qiymatni baholashda tadbirkorlik sub’ekti aktiv yoki majburiyatning xususiyatlarini inobatga olishi lozim, agarda bozor ishtirokchilari baholash sanasida aktiv yoki majburiyatni narxlashda ushbu xususiyatlarni inobatga olishi mumkin bo’lsa. Bunday xususiyatlar, masalan, quyidagilarni o’z ichiga oladi:
(a) aktivning holati va joylashuvi; va
(b) aktiv sotilishi yoki foydalanilishi bo’yicha cheklovlar, agarda mavjud bo’lsa.
Haqqoniy qiymatda baholangan aktiv yoki majburiyat quyidagilarning biri bo’lishi mumkin:
(a) mustaqil aktiv yoki majburiyat (masalan moliyaviy instrument yoki nomoliyaviy aktiv); yoki
(b) aktivlar guruhi, majburiyatlar guruhi yoki aktivlar va majburiyatlar guruhi (masalan pulni yuzaga keltiradigan birlik yoki biznes).
Aktiv yoki majburiyat tan olish yoki ochib berish maqsadlarida mustaqil aktiv yoki majburiyat, aktivlar guruhi, majburiyatlar guruhi yoki aktivlar va majburiyatlar guruhi bo’lishi uning o’lchov birligiga bog’liq bo’ladi. Aktiv yoki majburiyat uchun o’lchov birligi haqqoniy qiymatni baholashni talab etadigan yoki unga ruxsat beradigan MHHS ga muvofiq aniqlanishi lozim, bundan mazkur MHXS da ta’minlangan holatlar mustasno.
Haqqoniy qiymatni baholashda shunday faraz qilinadiki, aktiv yoki majburiyat joriy bozor sharoitlariga asosan baholash sanasida bozor ishtirokchilari o’rtasidagi aktivni sotish yoki majburiyatni o’tkazish bo’yicha odatiy operatsiyada ayirboshlanadi.
Haqqoniy qiymatni baholashda shunday faraz qilinadiki, aktivni sotish yoki majburiyatni o’tkazish bo’yicha operatsiya quyidagi bozorlardan birida sodir bo’ladi:
(a) aktiv yoki majburiyat bo’yicha asosiy bozorda; yoki
(b) asosiy bozor mavjud bo’lmaganda, aktiv yoki majburiyat bo’yicha eng afzal bozorda.
Tadbirkorlik sub’ekti bozor ishtirokchilari aktivni yoki majburiyatni narxlashda foydalanishi mumkin bo’lgan farazlar orqali aktiv yoki majburiyatning haqqoniy qiymatini baholashi lozim, bunda bozor ishtirokchilari o’zlarining eng maqbul iqtisodiy manfaatlari uchun harakat qilishlari faraz qilinadi.
155
Ushbu farazlarni shakllantirishda, tadbirkorlik sub’ekti muayyan bozor ishtirokchilarini aniqlashi shart emas. Buning o’rniga, tadbirkorlik sub’ekti bozor ishtirokchilarini umumiy holda farqlaydigan xususiyatlarni aniqlashi lozim, bunda barcha quyidagilarga xos omillar inobatga olinadi:
(a) aktiv yoki majburiyat;
(b) aktiv yoki majburiyat bo’yicha asosiy (yoki eng afzal) bozor; va
(v) tadbirkorlik sub’ekti ushbu bozorda bitim tuzishi mumkin bo’lgan bozor ishtirokchilari.
Haqqoniy qiymat bu joriy bozor sharoitlarida baholash sanasida asosiy (yoki eng afzal) bozordagi odatiy operatsiyada aktivni sotishda olinishi yoki majburiyatni o’tkazishda to’lanishi mumkin bo’lgan narxdir (ya’ni chiqish narxidir), bunda ushbu narx bevosita kuzatiladigan bo’lishi yoki boshqa baholash usuli orqali baholanishidan qat’iy nazar.
Nomoliyaviy aktivning haqqoniy qiymatini baholash aktivdan uning eng yuqori va eng unumli foydalanilishi orqali yoki aktivni undan eng yuqori va eng unumli foydalanishi mumkin bo’lgan bozor ishtirokchisiga sotish orqali bozor ishtirokchisining iqtisodiy naflarni yuzaga keltirish imkoniyatini inobatga oladi.
Nomoliyaviy aktivdan eng yuqori va eng unumli foydalanish, quyidagi tarzda, jismoniy mumkin bo’lgan, qonuniy ruxsat etilgan va moliyaviy imkonli bo’lgan holda aktivdan foydalanishni inobatga oladi:
(a) jismoniy mumkin bo’lgan foydalanish bozor ishtirokchilari aktivni narxlashda inobatga olishi mumkin bo’lgan aktivning jismoniy xususiyatlarini inobatga oladi (masalan, mulkning joyi va hajmi).
(b) qonuniy ruxsat etilgan foydalanish bozor ishtirokchilari aktivni narxlashda inobatga olishi mumkin bo’lgan aktivdan foydalanish bo’yicha har qanday qonuniy cheklovlarni inobatga oladi (masalan, mulkka nisbatan qo’llaniladigan hududiy me’yoriy hujjatlar).
(v) moliyaviy imkonli bo’lgan foydalanish bozor ishtirokchilari ushbu foydalanish orqali ushbu aktivga investitsiyadan talab etishi mumkin bo’lgan investitsion daromadni yuzaga keltirish maqsadida jismoniy mumkin bo’lgan va qonuniy ruxsat etilgan holda aktivdan foydalanish yetarli daromadni yoki pul oqimlarini (aktivni ushbu foydalanishiga moslash xarajatlarini inobatga olgan holda) yuzaga keltirishi yoki keltirmasligini inobatga oladi.
Nomoliyaviy aktivdan eng yuqori va eng unumli foydalanish quyidagi tarzda aktivning haqqoniy qiymatini baholashda foydalaniladigan baholashning dastlabki shartini belgilaydi:
(a) nomoliyaviy aktivdan eng yuqori va eng unumli foydalanish undan boshqa aktivlar bilan birgalikda guruh sifatida (foydalanish uchun o’rnatilgan yoki boshqa hollarda sozlangan holda) yoki boshqa aktivlar va majburiyatlar bilan birgalikda (masalan, biznes) foydalanish orqali bozor ishtirokchilariga maksimum qiymatni ta’minlashi mumkin.
- Agarda aktivdan eng yuqori va eng unumli foydalanish aktivdan boshqa aktivlar bilan yoki boshqa aktivlar va majburiyatlar bilan birgalikda foydalanish bo’lsa, aktivning haqqoniy qiymati aktiv boshqa aktivlar yoki boshqa aktivlar va
156
majburiyatlar bilan birgalikda foydalanilishi mumkinligini va ushbu aktivlar va majburiyatlar (ya’ni uning to’ldiruvchi aktivlari va ularga bog’liq majburiyatlar) bozor ishtirokchilari uchun mavjud bo’lishi mumkinligini faraz qilgan holda aktivni sotish bo’yicha joriy operatsiyada olinishi mumkin bo’lgan narxdir.
- aktiv bilan va to’ldiruvchi aktivlar bilan bog’liq majburiyatlar aylanma kapitalni moliyalashtiradigan majburiyatlarni o’z ichiga oladi, ammo aktivlar guruhi ichidagi aktivlardan tashqari bo’lgan aktivlarni moliyalashtirishda foydalaniladigan majburiyatlarni o’z ichiga olmaydi.
- nomoliyaviy aktivdan eng yuqori va eng unumli foydalanish to’g’risidagi farazlar aktiv foydalanilishi mumkin bo’lgan aktivlar guruhidagi yoki aktivlar va majburiyatlar guruhidagi barcha (eng yuqori va eng unumli foydalanish o’rinli bo’lgan) aktivlarga nisbatan mos bo’lishi lozim.
(b) nomoliyaviy aktivdan eng yuqori va eng unumli foydalanish mustaqil asosda bozor ishtirokchilari uchun maksimum qiymatni ta’minlashi mumkin. Agarda aktivdan eng yuqori va eng unumli foydalanish undan mustaqil asosda foydalanish bo’lsa, aktivning haqqoniy qiymati aktivdan mustaqil asosda foydalanishi mumkin bo’lgan bozor ishtirokchilariga aktivni sotish bo’yicha joriy operatsiyada olinishi mumkin bo’lgan narxdir.
Haqqoniy qiymatni baholashda shu narsa faraz qilinadiki, moliyaviy yoki nomoliyaviy majburiyat yoki tadbirkorlik sub’ektining o’z ulushli instrumenti (masalan biznes birlashuvida tovon sifatida chiqarilgan kapitaldagi ulushlar) baholash sanasida bozor ishtirokchisiga o’tkaziladi. Majburiyat yoki tadbirkorlik sub’ektining o’z ulushli instrumentining o’tkazmasi quyidagilarni nazarda tutadi:
(a) Majburiyat amalda qoladi va bozor ishtirokchisi bo’lgan qabul qiluvchidan majburiyatni bajarish talab etiladi. Majburiyat baholash sanasida kontragent bilan hisob-kitob qilinmaydi yoki boshqa hollarda so’ndirilmaydi.
(b) Tadbirkorlik sub’ektining o’z ulushli instrumenti amalda qoladi va bozor ishtirokchisi bo’lgan qabul qiluvchi tomon instrument bilan bog’liq huquqlarni va majburiyatlarni o’z zimmasiga oladi. Instrument baholash sanasida bekor qilinmaydi yoki boshqa hollarda so’ndirilmaydi.
Qachonki bir xil yoki o’xshash majburiyatning yoki tadbirkorlik sub’ektining o’z ulushli instrumentining o’tkazmasi bo’yicha belgilangan narx mavjud bo’lmasa va bir xil moddaga boshqa tomon aktiv sifatida egalik qilmasa, tadbirkorlik sub’ekti majburiyatga ega yoki kapitalga nisbatan huquqni chiqargan bozor ishtirokchisi nuqtai nazaridan baholash usuli orqali majburiyatning yoki ulushli instrumentning haqqoniy qiymatini baholashi lozim.
Masalan, keltirilgan qiymat usulini qo’llashda tadbirkorlik sub’ekti quyidagilardan birini inobatga olishi mumkin:
(a) Bozor ishtirokchisi majburiyatni bajarishda sarflashni ko’zda tutishi mumkin bo’lgan kelgusi pul chiqimlari, jumladan bozor ishtirokchisi majburiyatni qabul qilishda talab etishi mumkin bo’lgan qoplash.
(b) Bozor ishtirokchisi bir xil majburiyatni yoki ulushli instrumentni tuzish yoki chiqarishda olishi mumkin bo’lgan summa, bunda bozor ishtirokchilari bir xil shartnomaviy shartlarga ega majburiyatni yoki ulushli instrumentni chiqarishda
157
asosiy (yoki eng afzal) bozordagi bir xil moddani (masalan bir xil kredit xususiyatlariga ega) narxlashda foydalanishi mumkin bo’lgan farazlardan foydalaniladi.
Majburiyatning haqqoniy qiymati majburiyatlarni bajarmaslik riskining ta’sirini aks ettiradi. Majburiyatlarni bajarmaslik riski tadbirkorlik sub’ektining o’z kredit riskini (MHXS 7 «Moliyaviy instrumentlar: ma’lumotlarni ochib berish» da ta’riflangandek) o’z ichiga oladi, ammo bu bilan cheklanmasligi mumkin. Majburiyatlarni bajarmaslik riski majburiyat o’tkazmasidan oldin va keyin bir xil bo’lishi faraz qilinadi.
Majburiyatning haqqoniy qiymatini baholashda, tadbirkorlik sub’ekti o’zining kredit riskini (kredit holati) hamda majburiyat bajarilishi yoki bajarilmasligining ehtimoliga ta’sir etishi mumkin bo’lgan boshqa omillarni inobatga olishi lozim. Ushbu ta’sir majburiyatga qarab farqlanishi mumkin, masalan:
(a) majburiyat pul mablag’ini yetkazib berish majburiyati (moliyaviy majburiyat) yoki tovarlar va xizmatlarni yetkazib berish majburiyati (nomoliyaviy majburiyat) bo’lishi.
(b) majburiyatga tegishli kredit yaxshilanishining shartlari, agarda mavjud bo’lsa.
Talab jihatiga ega moliyaviy majburiyatning (masalan talab qilinguncha depozit) haqqoniy qiymati summa to’lanishi talab etilishi mumkin bo’lgan birinchi sanadan boshlab diskontlangan holda talab qilinganda to’lanadigan summadan kam bo’lmaydi.
Bozor risklari yoki kontragent kredit riskidagi o’zaro hisob-kitob qilish holatlariga ega moliyaviy aktivlar va moliyaviy majburiyatlarga nisbatan qo’llash
Tadbirkorlik sub’ektining muayyan bozor riskiga (yoki risklariga) sof duchorligi asosida boshqariladigan moliyaviy aktivlar va moliyaviy majburiyatlar guruhining haqqoniy qiymatini baholash uchun tadbirkorlik sub’ekti holatlarda haqqoniy qiymatning eng maqbul vakili bo’lgan taklif-talab marjasi ichidagi narxni tadbirkorlik sub’ektining muayyan bozor riskilariga nisbatan qo’llashi lozim.
Xuddi shuningdek, moliyaviy aktivlar va moliyaviy majburiyatlardan yuzaga keladigan tadbirkorlik sub’ektining muayyan bozor riskiga (yoki risklariga) duchorligining davomiyligi deyarli bir xil bo’lishi lozim. Masalan, faqatgina ushbu moliyaviy aktivlar va moliyaviy majburiyatlardan tashkil topgan guruh ichidagi besh-yillik moliyaviy instrumentga nisbatan 12 oylikka teng foiz stavkasi riski duchorligiga bog’langan pul oqimlariga qarshi 12-oylik fyu’chers shartnomasidan foydalanadigan tadbirkorlik sub’ekti sof asosda 12-oylik foiz stavkasi riskiga duchorligining va yalpi asosda qolgan foiz stavkasi riski duchorligining (ya’ni 2-5 yillar) haqqoniy qiymatini baholaydi.
Muayyan kontragent bilan tuzilgan moliyaviy aktivlar va moliyaviy majburiyatlar guruhining haqqoniy qiymatini baholash uchun tadbirkorlik sub’ekti haqqoniy qiymatni baholashga ushbu kontragentning kredit riskiga tadbirkorlik sub’ektining sof duchorligining yoki tadbirkorlik sub’ektining kredit riskiga kontragentning sof duchorligining ta’sirini kiritishi lozim, qachonki bozor ishtirokchilari defolt holatida kredit risk duchorligini kamaytiradigan har qanday
158
mavjud kelishuvlarni inobatga olishi mumkin bo’lsa (masalan kontragent bilan bosh hisob-kitob kelishuvi yoki har bir tomonning boshqa tomonning kredit riskiga sof duchorligi asosida garovni ayirboshlashni talab etadigan kelishuv). Haqqoniy qiymatni baholash bunday kelishuvlar defolt holatida yuridik kuchga ega bo’lishi mumkinligining ehtimoli bo’yicha bozor ishtirokchilarining kutilishlarini aks ettirishi lozim.
Qachonki aktiv yoki majburiyat bo’yicha ayirboshlash operatsiyasida ushbu aktiv sotib olinsa yoki majburiyat zimmaga olinsa, operatsiya narxi aktivni sotib olish uchun to’langan yoki majburiyatni zimmaga olishda olingan narxdir (kirish narxi). Aksincha, aktiv yoki majburiyatning haqqoniy qiymati aktivni sotishda olinishi yoki majburiyatni o’tkazishda to’lanishi mumkin bo’lgan narxdir (chiqish narxi). Tadbirkorlik sub’ektlari aktivlarni ularni sotib olish uchun to’langan narxlarda zaruriy tarzda sotmaydilar. Xuddi shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari majburiyatlarni ularni zimmaga olish uchun olingan narxlarda zaruriy tarzda o’tkazmaydilar.
Agarda haqqoniy qiymatda baholangan aktiv yoki majburiyat taklif narxi va talab narxiga (masalan dilerlik bozoridagi boshlang’ich ma’lumot) ega bo’lsa, holatlarda haqqoniy qiymatni eng yaxshi aks ettiruvchisi bo’lgan taklif-talab marjasi ichidagi narx haqqoniy qiymatni baholashda foydalanilishi lozim, bunda boshlang’ich ma’lumot haqqoniy qiymat ierarxiyasida (ya’ni 1, 2 yoki 3-daraja) toifalangan bo’lishidan qat’iy nazar. Aktiv pozitsiyalari bo’yicha taklif narxlaridan foydalanishga va majburiyat pozitsiyalari bo’yicha talab narxlaridan foydalanishga ruxsat etiladi, ammo talab etilmaydi.
Mazkur MHXS taklif-talab marjasi ichidagi haqqoniy qiymatni baholashda oraliq-bozor narxlashidan yoki bozor ishtirokchilari tomonidan amaliy maqsadga mufoviqlik sifatida foydalaniladigan boshqa narxlash kelishuvlaridan foydalanishni to’smaydi.
Haqqoniy qiymatni baholashlardagi va tegishli ochib berishlardagi moslikni va qiyoslanuvchanlikni oshirish uchun, mazkur MHXS haqqoniy qiymat ierarxiyasini belgilaydi va ushbu ierarxiya haqqoniy qiymatni baholashda foydalaniladigan baholash usullariga boshlang’ich ma’lumotlarni uchta darajaga toifalaydi. Haqqoniy qiymat ierarxiyasi bir xil aktivlar yoki majburiyatlar bo’yicha faol bozorlardagi belgilangan (to’g’rilanmagan) narxlarga (1-darajali boshlang’ich ma’lumotlar) eng yuqori ustunlikni va kuzatilmaydigan boshlang’ich ma’lumotlarga (3-darajali boshlang’ich ma’lumotlar) eng past ustunlikni belgilaydi.
Ayrim holatlarda, aktiv va majburiyatning haqqoniy qiymatini baholashda foydalaniladigan boshlang’ich ma’lumotlar haqqoniy qiymat ierarxiyasining turli toifalarida toifalanishi mumkin. Ushbu holatlarda, haqqoniy qiymatni baholash uning butunligicha butun baholash uchun ahamiyatli bo’lgan eng past daraja boshlang’ich ma’lumoti kabi bir xil haqqoniy qiymat ierarxiyasining darajasida toifalanadi. Butun baholashga nisbatan muayyan boshlang’ich ma’lumotning ahamiyatliligini baholash mulohazani talab etib, bunda aktiv yoki majburiyatga xos omillar inobatga olinadi. Haqqoniy qiymatga asoslangan baholashlarni hosil qilishga nisbatan to’g’rilanishlar, masalan sotish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatni baholashdagi sotish
159
xarajatlari, haqqoniy qiymatni baholash toifalangan haqqoniy qiymat ierarxiyasining darajasini aniqlashda inobatga olinmasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |