O`zbekiston Respublikasida moliyaviy munosabatlar O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi, O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Viloyatlar va tuman (shahar) xokimliklari qoshidagi moliya organlari va boshqa organlar tomonidan boshqariladi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasiga binoan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining mutlok vakolatlari jumlasiga boj, valyuta va kredit ishlarini qonun yo`li bilan tartibga solish; Vazirlar Maxkamasining takdimiga binoan O`zbekiston Respublikasining budjetini kabul qilish va uning ijrosini nazorat etish, soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarni joriy qilish… kiradi.
Moliya tizimini boshqarishda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining moliya bo`yicha me`yoriy xujjatlar doirasida moliyaviy masalalarni Respublika mikiyosida muvofiqlashtirishda, moliyani markazlashgan tartibda boshqarilishini ta`minlashda ahamiyati katta.
Moliya tizimini boshqarishda O`zbekiston Respublikasi VazirlarMaxkamasi qoshidagi Moliya Vazirligi aloxida vakolatga ega. O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan 1992 yil 23 noyabrdagi 553 – sonli karor bilan tasdiklangan «O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi haqidagi nizom»ga asosan faoliyat ko`rsatadi. Nizomda Moliya Vazirligining asosiy vazifalari,funksiyalari va hukuklari hamda uni faoliyatini tashkil qilish tartibi belgilab berilgan.
Nizomga ko`ra Moliya Vazirligining bosh vazifasi bo`lib, davlat budjetini tayyorlash va uni moliyalashtirish hisoblanadi. Bu asosan qo`yidagilarni o`z ichiga oladi:
Davlat budjeti loyixasi va uni bajarilishi to`grisidagi hisobotni Vazirlar Maxkamasi orqali Respublika Oliy Majlisi tasdigiga kiritish.
Davlat budjeti bajarilishini moliyalashtirish.
Davlat budjeti daromadlari va harajatlari yuzasidan nazorat va boshqalar.
O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligiga Vazir raxbarlik qiladi va u O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi va Oliy Majlis tasdigidan o`tadi. Moliya Vazirining o`rinbosarlari vazirning tavsiyasi asosida Vazirlar Maxkamasi tomonidan tayinlanadi.
O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi mamlakatda moliyaviy faoliyat huquqiy asoslari mustaxkamlanishini ta`minlaydi, qonun loyixalari bo`yicha moliyaviy xulosa beradi, o`z hukuki doirasidagi masalalar bo`yicha qonunchilikning amalda ko`llanilishini umumlashtiradi va uni takomillashtirishga qaratilgan vazifalarni Vazirlar Maxkamasiga takdim etadi, hamda o`zining vakolati doirasida me`yoriy xujjatlarni ishlab chiqadi va ularni bajarilishini nazorat qiladi.
Joylardagi moliya organlari o`z ishlarini hududning xajmi va unga tegishli moliyaviy rusurslar chegarasida tashkil etadi.
Mamlakatimizda soliq to`lovlarini to`gri hisoblanishi, ularni davlat budjetiga to`liq va belgilangan muddatlarda kelib tushishini ta`minlash O`zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Ko`mitasi va uning joylardagi boshqarmalari hamda inspeksiyalari zimmasiga yuklatilgan. Boj to`lovlarining to`g`ri hisoblanishi va budjetga to`liq va o`z vaqtida kelib tushishiga O`zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona Ko`mitasi va uning joylardagi bo`linmalari mas`uldir.
Davlat budjetning gazna ijrosi qonun xujjatlarida belgilab kuyiladigan maxsus vakolatli moliya organi hamda uning Korakalpogiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlardagi hududiy bulinmalari tomonidan amalga oshiriladi.