Moliyaning mohiyati uning funksiyalarida namayon bo`ladi va u asosan qo`yidagilarga bo`linadi. - 1. Taqsimlash funksiyasi. Bu funksiya ko`yidagilarda o`z aksini topadi.
- - Yaratilgan yalpi ichki maxsulot dastlab korxonada,uni yaratishda ishtirok etgan xodimlarga, davlat budjetiga (soliq shaklida).
- -Davlat moliyasi orqali har xil fondlarni shakllantirishga.
- - Korxona va boshqalar o`z daromadlarining ma`lum qismini nodavlat va jamoa tashkilotlariga, ular tomonidan turli xayriya fondlarini tashkil etishga.
- - Xayriya fondlaridan kam ta`minlangan oilalarni ijtimoiy ximoya etishga.
- - Xonadonlar moliyasida –yaratilgan daromadni iste`mol va jamg`arma extiyojlariga taqsimlanishi.
- 2. Nazorat funksiyasi – Bu funksiya taqsimlash funksiyasi bilan o`zviy bog`lik bo`lib, u moliya munosabatlarining turli tarkibi orasida pul fondlarining shakllanishi va ishlatilishini nazorat qiladi.
- Ushbu funksiyaning bosh maqsadi ijtimoiy ishlab chiqarishni samaradorligini oshirish ,Xalq xujaligining barcha bug`inlari ishini yakunlash maqsadida markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini to`g`ri tashkil etilishi va ulardan maqsadga muvofiq foydalanishni taminlashdan iborat.
- Moliyaviy nazorat umudavlat, ichki xo`jalik ,jamoa va mustaqil nazoratlarga bo`linadi.
- Umumdavlat nazorati Oliy Majlis, Moliya Vazirligi, Soliq ,kredit muassalari davlat qumitalari, vazirliklar, maxalliy boshqaruv organlari tomonidan amalga oshirilib unda pul mablag`larini shakllanishi va sarflanishi nazorati olib boriladi.
- Ichki xo`jalik nazorati korxona,tashkilot va muassasalarning moliyaviy xizmatlari (hisob,hisobot va rejalashtirish) bo`limlari tomonidan pul mablag`larining shakllanishi va harajatlar ustidan nazoratni ta`minlaydi.
- Jamoa nazoratini aloxida jismoniy shaxslar, o`z-o`zini boshqarish organlari va boshqalar ixtiyoriy ravishda olib boradi.
- Mustaqil nazoratni mustaqil auditorlik firmalari amalga oshiradi.Bunda barcha xo`jalik subyeklari faoliyati natijalarining qonuniyligi, amaldagi buxgalteriya hisobini yuritish bo`yicha va boshqalarga tegishli me`yoriy hujjatlarga mosligi, ularga amal qilinganligi nazoratdan o`tkaziladi.
- Amalga oshirish muddatidan kelib chiqib moliyaviy nazorat birlamchi, joriy va yakuniy nazoratlarga ham bo`linadi.
- Birlamchi moliyaviy nazorat korxonalar moliyaviy rejalarini budjet tashkilotlarini smetalarini, budjetlar loyihalarini va boshqalarni tuzish , ko`rib chiqish va tavsiflash bosqichlarida amalga oshiriladi.
- Joriy moliyaviy nazorat rejalarni bajarilishi ,xo`jalik moliyaviy operatsiyalarini borishi jarayonida amalga oshirib, unda daromad va harajatlarni amalga oshirilishini to`g`riligi, o`z muddatidaligi tezkor va moslashuvchanlik asosida olib boriladi.
- Yakuniy moliyaviy nazorat amalga oshirilgan moliyaviy operatsiyalarning to`g`riligi ,qonuniyligi va maqsadga muvofiqligini tekshirish, tahlil va audit qilish orqali amalga oshiriladi.
- Shuning bilan birga ayrim mualliflar (A. O`lmasov,A Vaxobov, «Iqtisodiyot nazariyasi» Toshkent, 2006, 379-380 betlar ) moliyaning funksiyalariga rag`batlantirish, iqtisodiy axborot berish va ijtimoiy ximoya funksiyalarini ham kiritishadi. Bizning fondimizcha rag`batlantirish va ijtimoiy ximoya funksiyalari moliyaning taqsimlash funksiyasi natijasiligini, iqtisodiy axborot berish esa korxona ,tashkilot va muassasalarni funksional vazifalari ekanligini hisobga olib ularni moliyaning aloxida funksiyalariga ajratilishi maqsadga muvofiq emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |