Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot daromad va xarajatlarni faqat moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotga kiritilgan ko‘rsatkichlar asosida baholashga yo‘l qo‘ymaydi. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot “hisoblash usuli” deb ataladigan buxgalteriya prinsipi asosida tuziladiki, unga ko‘ra har qanaqa daromadni pul mablag‘lari tushumi deb bo‘lmaydi va har qanday xarajat ham – pulni sarflash hisoblanmaydi. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirilgan sof foyda summasi, ko‘p jihatdan, kompaniyada shu ko‘rsatkichni baholash uchun qabul qilingan yondashuvga, masalan, tovar-moddiy zaxiralarni baholash usullariga yoki firmaning moddiy va nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashning normativ (me’yoriy) muddatlariga bog‘liq. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot daromad va xarajatlarni faqat moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotga kiritilgan ko‘rsatkichlar asosida baholashga yo‘l qo‘ymaydi. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot “hisoblash usuli” deb ataladigan buxgalteriya prinsipi asosida tuziladiki, unga ko‘ra har qanaqa daromadni pul mablag‘lari tushumi deb bo‘lmaydi va har qanday xarajat ham – pulni sarflash hisoblanmaydi. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirilgan sof foyda summasi, ko‘p jihatdan, kompaniyada shu ko‘rsatkichni baholash uchun qabul qilingan yondashuvga, masalan, tovar-moddiy zaxiralarni baholash usullariga yoki firmaning moddiy va nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashning normativ (me’yoriy) muddatlariga bog‘liq. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda korporatsiyaning sof foyda ko‘rsatkichi va uning asosiy faoliyati natijasida kelib tushgan pul mablag‘lari o‘rtasida nima uchun farq borligini ko‘rsatib beradigan to‘rtta modda (bo‘lim) bor. Ular quyidagilardan iborat: 1. Amortizatsiya xarajat (ajratma)lari; 2. Olinishi kerak bo‘lgan (debitorlik) hisob-varaqlardagi summalar-ning o‘zgarishi; 3. To‘lanishi kerak bo‘lgan (kreditorlik) hisob-varaqlardagi summalar-ning o‘zgarishi; 4. Tovar-moddiy boyliklar qiymatining o‘zgarishi. Moliyaviy hisobotga tushuntirish (hisobotni izohlash). Biror bir korporatsiya o‘z moliyaviy hisobotini chop etar ekan, unga albatta tushun-tirish xatini ilova qiladi. Bu tushuntirish xatida u qo‘llagan usullar va o‘zining moliyaviy ahvoli to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar o‘z ifodasini topadi. Ba’zida esa, bu tushuntirish xatida kompaniyaning haqiqiy moliya-viy ahvoli to‘g‘risida ma’lumotlar hisobotdagiga nisbatan ko‘proq va kengroq bo‘ladi. Ularda, odatda, quyidagi ma’lumotlar keltiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |