Moliyaviy hisobot auditi


Chiqarilgan «put» optsionlar



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/271
Sana14.12.2022
Hajmi2 Mb.
#886054
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   271
Bog'liq
Moliyaviy hisobot auditi 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Chiqarilgan «put» optsionlar 
A10 
63-bandning qo’llanilishini tasvirlash uchun, faraz qiling tadbirkorlik sub’ekti uning 
oddiy aktsiyalari bo’yicha foydalanish narxi 35 VB bo’lgan 120 dona chiqarilgan put 
optsionlarga ega. Davr uchun uning oddiy aktsiyalarining o’rtacha bozor narxi 28 VB ga 
teng. Bir aktsiyaga to’g’ri keladigan maydalashtirilgan foydani hisoblashda, tadbirkorlik 
sub’ekti o’zining 4,200 VB ga teng put optsioni bo’yicha majburiyatini qanoatlantirish uchun 
davr boshida har biri 28 VB ga teng 150 dona aktsiya chiqarganligini faraz qiladi. 
Chiqarilgan 150 dona oddiy aktsiyalar bilan put optsionini qanoatlantirishdan olingan 120 
dona oddiy aktsiyalar o’rtasidagi farq (30 dona qo’shimcha oddiy aktsiyalar) bir aktsiyaga 
to’g’ri keladigan maydalashtirilgan foydani hisoblashda maxrajga qo’shiladi. 
Shu’ba tadbirkorlik sub’ektlarining, qo’shma korxonalarning yoki qaram tadbirkorlik 
sub’ektlarining instrumentlari 
A11 
Shu’ba tadbirkorlik sub’ektining, qo’shma korxonaning yoki qaram tadbirkorlik 
sub’ektining potentsial oddiy aktsiyalari shu’ba tadbirkorlik sub’ektining, qo’shma 
korxonaning yoki qaram tadbirkorlik sub’ektining oddiy aktsiyalariga yoki bosh tashkilot 


MOLIYAVIY HISOBOT AUDITI” FANIDAN MUSTAQIL TA`LIM MASHG’ULOTLAR 
MAVZULARI
210 
yohud investitsiya ob’ekti ustidan birgalikdagi nazoratga ega, yoki ahamiyatli ta’sirga ega 
(hisobot 
beradigan 
tadbirkorlik 
sub’ekti), investorlarning oddiy aktsiyalariga 
konvertatsiyalanadigan bo’lsa, ular bir aktsiyaga to’g’ri keladigan maydalashtirilgan 
foydani hisoblashda quyidagicha hisobga olinadi:
(a) o’z egalariga shu’ba tadbirkorlik sub’ektining, qo’shma korxonaning yoki qaram 
tadbirkorlik sub’ektining oddiy aktsiyalarini olishga imkon beradigan shu’ba 
tadbirkorlik sub’ekti, qo’shma korxona tadbirkorlik sub’ekti yoki qaram tadbirkorlik 
sub’ekti tomonidan chiqarilgan instrumentlar shu’ba tadbirkorlik sub’ektiga, qo’shma 
korxonaga yoki qaram tadbirkorlik sub’ektiga tegishli bir aktsiyaga to’g’ri keladigan 
maydalashtirilgan foydani hisoblashda inobatga olinadi. Keyin esa, hisobot taqdim 
etadigan tadbirkorlik sub’ekti tomonidan shu’ba tadbirkorlik sub’ekti, qo’shma korxona 
yoki qaram tadbirkorlik sub’ektining instrumentlariga egalik qilishiga asoslangan holda, 
ushbu bir aktsiyaga foyda hisobot taqdim etadigan tadbirkorlik sub’ektining bir 
aktsiyaga to’g’ri keladigan maydalashtirilgan foydasini hisoblashda inobatga olinadi. 
(b) bir aktsiyaga to’g’ri keladigan maydalashtirilgan foydani hisoblashda, hisobot taqdim 
etadigan tadbirkorlik sub’ektining oddiy aktsiyalariga konvertatsiyalanadigan shu’ba 
tadbirkorlik sub’ekti, qo’shma korxona yoki qaram tadbirkorlik sub’ektining
instrumentlari hisobot taqdim etadigan tadbirkorlik sub’ektining potentsial oddiy 
aktsiyalari qatorida deb hisoblanadi. Shuningdek, guruh bo’yicha konsolidatsiyalangan 
bir aktsiyaga to’g’ri keladigan maydalashtirilgan foydani hisoblashda, hisobot taqdim 
etadigan tadbirkorlik sub’ektining oddiy aktsiyalarini sotib olishga qaratilgan shu’ba 
tadbirkorlik sub’ekti, qo’shma korxona yoki qaram tadbirkorlik sub’ekti tomonidan 
chiqarilgan optsionlar yoki varrantlar hisobot taqdim etadigan tadbirkorlik sub’ektining 
potentsial oddiy aktsiyalari qatorida deb hisoblanadi. 
A12 
Shu’ba tadbirkorlik sub’ektining, qo’shma korxonaning yoki qaram tadbirkorlik 
sub’ektining oddiy aktsiyalariga konvertatsiya bo’ladigan hisobot taqdim etadigan 
tadbirkorlik sub’ekti tomonidan chiqarilgan instrumentlarning bir aktsiyaga foydaga ta’sirini 
aniqlashda, instrumentlar konvertatsiyalanishi va formulada surat (bosh tashkilotning oddiy 
aktsiyalari egalariga tegishli foyda yoki zarar) 33-bandga muvofiq zarur bo’lsa to’g’rilanishi 
faraz qilinadi. Ushbu to’g’rilashlarga qo’shimcha tarzda, surat foyda yoki zararda hisobot 
taqdim etadigan tadbirkorlik sub’ekti tomonidan hisobga olingan har qanday o’zgarishlarga 
to’g’rilanadi (masalan, dividend ko’rinishidagi daromad yoki ulush bo’yicha hisobga olish 
usuli bo’yicha olinadigan daromad), qaysiki faraz qilingan konvertatsiya natijasida shu’ba 
tadbirkorlik sub’ektining, qo’shma korxonaning yoki qaram tadbirkorlik sub’ektining 
muomaladagi oddiy aktsiyalari miqdorining ko’payishini aks ettiradi. Bir aktsiyaga to’g’ri 
keladigan maydalashtirilgan foydani hisoblashda maxrajga ta’sir ko’rsatilmaydi, chunki 
hisobot taqdim etadigan tadbirkorlik sub’ektining muomaladagi oddiy aktsiyalari miqdori 
faraz qilingan konvertatsiyada o’zgarmasligi mumkin. 
Foyda taqsimlanishida ishtirok etadigan ulushli instrumentlar va ikki-turkumli oddiy 
aktsiyalar 
A13 
Ba’zi tadbirkorlik sub’ektlarining kapitali quyidagilarni qamrab oladi:
(a) ba’zida ishtirok etishning yuqori limitiga (masalan, bir aktsiyaga to’g’ri keladigan 
belgilangan qiymatgacha, ammo undan yuqori emas) ega oldindan belgilangan 
formula (masalan, birga ikkitadan) asosida oddiy aktsiyalar qatorida dividendlar 
taqsimlanishida ishtirok etadigan instrumentlar. 
(b) imtiyozli yoki muhimroq huquqlarga ega bo’lmagan, oddiy aktsiyalarning boshqa 
turkumining dividend stavkasidan farq qiladigan dividend stavkasiga ega oddiy 
aktsiyalar turkumi. 



Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish