MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY
TAMOYILLARI
108
Ma’lum holatlarda auditorlik xulosalari moliyaviy (buxgalteriya) hisobotiga ta’sir etuvchi,
lekin ushbu hisobotlar tushuntirishlarida ko’rib chiqiladigan vaziyatga e’tiborni jalb etuvchi
qismni qo’shish vositasi bilan modifikatsiyalanishi mumkin.
Auditor, zarurat tug’ilganda auditorlik xulosasini sezilarli noaniqlikni ko’rsatuvchi
(faoliyatning uzluksizligi printsipiga rioya qilishdan boshqa), aniqlanishi moliyaviy
(buxgalteriya) hisobotiga ta’sir etadigan kelgusi hodisalarga bog’liq bo’lgan qismni qo’shish
vositasida modifikatsiyalash imkoniyatini ham ko’rib chiqishi kerak.
Auditor, shuningdek, auditorlik xulosasini audit qilinayotgan shaxs faoliyatida uzluksizlik
printsipiga rioya qilishga tegishli tomonlarni ko’rsatuvchi qismni qo’shib ham modifikatsiyalashi
mumkin.
Auditorlik fikrlariga ta’sir o’tkazmaydigan qism, odatda, fikrlar ifodalangandan keyingi
qismga qo’shiladi va ushbu vaziyat auditorlik fikriga kelishuvlar qo’shilishi uchun asos bo’la
olmaydi.
E’tiborni jalb etadigan auditor xulosasi qismiga misol:
birinchi qism «bizning fikrimizga ko’ra» abzatsiga qadar va undan keyin oldindan
kelishilmagan ijobiyga o’xshash.
Bu abzatsdan keyin quyidagilar ko’rsatiladi:
Moliyaviy (buxgalteriya) hisoboti ishonchliligi haqidagi fikrimizni o’zgartirmasdan
moliyaviy (buxgalteriya) hisobotlari tushuntirishlaridagi axborotlarga va aynan hozirgi
paytgacha “UUU” (javobgar) tashkiloti va soliq idoralarining (da’vogar) foydaga va 20(XX) yil
uchun qo’shilgan qiymatga soliqlar bo’yicha soliq asoslari ajratmalari to’g’riligi bo’yicha
masalaga e’tibor qaratamiz. Da’vo summasi XXX ming rub.ni tashkil etadi. Moliyaviy
(buxgalteriya) hisoboti sud qarori “UUU” tashkiloti foydasiga bo’lmagani natijasida yuzaga
kelishi mumkin bo’lgan majburiyatlarni bajarishga hech qanday rezervlarni ko’zda tutmaydi.
Ta’kidlaymizki, faoliyatning uzluksizligi yoki sezilarli noaniqlik printsipiga rioya qilish
bilan bog’liq muammolarni tasvirlash bilan e’tiborni jalb etuvchi qismini qo’shish auditorning
auditorlik xulosasini tayyorlash bo’yicha o’z maburiyatlarini bajarish nuqtai nazaridan etarli
hisoblanadi. Bundan tashqari, ayrim hollarda, masalan, moliyaviy (buxgalteriya) hisoboti uchun
jiddiy bo’lgan noaniqlik omillari sonini ko’pligi holatida, auditor ushbu jihatga e’tiborni jalb
etuvchi qismni qo’shish o’rniga uning ishonchliligi haqida fikrini ifodalashni rad etishni ma’qul
deb hisoblashi mumkin.
Auditor, shuningdek, auditorlik xulosasini moliyaviy (buxgalteriya) hisobotlariga jiddiy
ta’sir qilmaydigan vaziyatlarga va moliyaviy (buxgalteriya) hisobotlarga tushuntirishlarda ochib
berilmagan yoki tuzatilmasdan ochilgan etarlicha to’liq ochilmagan vaziyatlarga e’tiborni jalb
etuvchi qismlarni qo’shish vositasida ham modifikatsiyalashi lozim. Masalan, agar auditorning
fikriga ko’ra, moliyaviy (buxgalteriya) hisoboti mazmunida bo’lgan qandaydir tushunchani
o’zgartirish yoki qo’shimcha qilish zarur bo’lsa, audit qildirayotgan shaxs esa bunday o’zgarish
yoki qo’shimchalarni qo’shishdan bosh tortsa, auditor auditorlik xulosasiga o’sha vaziyatga
e’tiborni jalb etuvchi qism qo’shishi mumkin. Bunday qism O’zbekiston Respublikasi
qonunchiligida auditorlik xulosalarini tayyorlashga nisbatan qo’shimcha talablar belgilanganda
ham qo’shilishi mumkin.
Quyidagi holatlardan hech bo’lmasa bittasi mavjud bo’lsa va auditorning fikricha, ushbu
holat moliyaviy (buxgalteriya) hisoboti ishonchliligiga jiddiy ta’sir etsa yoki eta olsa, auditor
so’zsiz ijobiy fikr bildira olmaydi:
a) auditorning ish hajmiga cheklovlar bo’lganda;
b) rahbariyat bilan;
tanlangan hisob siyosatining imkoniyatliligiga;
uni qo’llash usullariga;
moliyaviy (buxgalteriya) hisobidagi informatsiyalarning ochilishi bir xilligiga nisbatan
kelishmovchiliklar mavjud bo’lsa;
Do'stlaringiz bilan baham: |