O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“Buxgalteriya hisobi” kafedrasi
“MOLIYAVIY HISOB”
FANIDAN
KURS ISHI
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida kapital xarajatlar hisobi
Bajardi:________________
Tekshirdi:______________
Toshkent – 2015
Reja
Kirish
1. Kapital xarajatlar va ularni turkumlash
2. Kapital xarajatlar hisobi va qurilish ob’ekti tannarxini aniqlashning
maqsadi hamda vazifalari
3. Asosiy vositalarga kapital xarajatlar hisobi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida amalga oshirilayotgan kо‘pgina
tadbirlar avvalo tarmoq va hududlar iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan
bо‘lib, ularni amalga oshirishda davlat tomonidan ishlab chiqiladigan qonun-
qoidalarning о‘rni beqiyosdir. Xо‘jalik yuritishning yangi tashkiliy-huquqiy
shakllari paydo bо‘lishi, tadbirkorlikka erkinlik hamda xо‘jalik yurituvchi
sub’ektlarga о‘z moliyaviy resurslaridan foydalanishda mustaqillik berilishi,
investitsiyalarni jalb qilish uchun huquqiy va iqtisodiy sharoitlar yaratilganligi,
yangicha moliya vositalari va omillarning vujudga kelishi investitsiyalashning
ilgari
amalda
bо‘lgan tashkiliy mexanizmini tubdan isloh qilmoqda.
Iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirish, ishlab chiqarishning texnik va
texnologiya jihatdan modernizatsiyalashga keng e’tibor berilmoqda.
Jadal va mutanosib iqtisodiy о‘sish, chuqur tapkibiy о‘zgapishlarni amalga
oshirish va iqtisodiyotni divepsifikatsiya qilishda faol va aniq yо‘naltirilgan kapital
siyosati yuritish eng muhim omil hisoblanadi.
2014 yilda iqtisodiyotimizga jalb qilingan kapitallar hajmi 10,9 foizga о‘sdi
va AQSh dollari hisobida 14 milliard 600 million dollarni tashkil etdi. Bunda jami
kapital qо‘yilmalarning 21,2 foizdan optig‘i yoki 3 milliapd dollardan ziyodini
xopijiy kapital va kpeditlar tashkil qildi. Ularning tо‘ptdan uch qismi tо‘g‘ridan-
tо‘g‘ri xopijiy kapitallardir.
1
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan kapital siyosatining о‘ziga xos
xususiyati mahalliy xom-ashyo resurslarini chuqur qayta ishlashni ta’minlaydigan,
yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga
qaratilgan kapital loyihalariga ustuvor ahamiyat berilayotganida namoyon
bо‘lmoqda.
Olib borilgan tadqiqotlar korxonalar faoliyatida kapital xarajatlarni tо‘g‘ri
hisobga olish, dastlabki xujjatlashtirish va iqtisodiy samaradorligini baholash,
ularni tegishli ob’ektlar о‘rtasida aniq taqsimlanganligi hamda maqsadli
1
Karimov I.A. “2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va
diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo’l ochib
berish – ustuvor vazifamizdir” – Toshkent: “Xalq so’zi” gazetasi, 17 yanvar 2015 y.
sarflanganligini tekshirishda kо‘pgina muammolar mavjudligini kо‘rsatmoqda.
Kapital xarajatlarni hisobga olish va sarflangan kapital xarajatlarni tо‘liq
ishonchli aks ettirish, qurilish ob’ekti tannarxini tо‘g‘ri aniqlashni takomillashtirish
bugungi kunda dolzarb masalalardan hisoblanadi.
1. Kapital xarajatlar va ularni turkumlash
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlari juda kо‘p masalalarni hal qilish uchun
talab qilinadi va shuning uchun ushbu ma’lumotlarning ta’sirchan turkumlash va
tartibga solish tizimini ishlab chiqish zarurdir.
Korxonalarning asosiy faoliyati mahsulot ishlab chiqarishdan iborat
bо‘lganligi tufayli, birinchi navbatda, shu ishlab chiqarishdagi xarajatlar tarkibi va
ularning xususiyatlari bilan tanishib chiqish lozim bо‘ladi.
Korxonaning ishlab chiqarish xarajatlari deb, mahsulotni ishlab va
realizatsiya qilish bilan bog‘liq xarajatlarga yoki davr xarajatlariga aytiladi. Ularga
xom-ashyo, material, yoqilg‘i, amortizatsiya ajratmasi, ishchi - xizmatchilarga ish
haqi va mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar kiradi.
Tannarx kо‘rsatkichi korxona faoliyatida muhim sifat kо‘rsatkichlaridan biri
hisoblanadi. U qancha past bо‘lsa, ishlab chiqarish rentabelligi shuncha yuqori
bо‘ladi. Tannarxga korxonaning hamma xarajatlari qо‘shilmaydi, ba’zi xarajatlari
boshqa manbalar hisobidan qoplanadi. Masalan, foyda hisobidan davr xarajatlari
qoplanadi.
Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari xarajat kalkulyatsiya moddalari
bо‘yicha ishlab chiqarish turlari, xarajatlarning vujudga kelish joylari, mahsulot
turlari bо‘yicha buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Xarajatlarni hisobga olish
hamda mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishdan asosiy maqsad ishlab chiqarish
va sotish bilan bog‘liq xarajatlarni о‘z vaqtida, tо‘laligicha va haqqoniy aniqlashdir
va shu bilan birga ayrim mahsulotlarning haqiqiy tannarxini hisoblash hamda
korxona resurslari va pul mablag‘lari ishlatilishi ustidan nazoratni о‘rnatishdir.
Xarajatlar hisobi tizimi ishlab chiqarish xarajatlari haqidagi ma’lumotlarni
asosan ikki harakat yoki maqsadda yig‘ib boradi. Birinchidan xarajatlarni ma’lum
bir kategoriyalarga, masalan, material xarajatlar, mehnat xarajatlar, ustama
xarajatlar yoki о‘zgaruvchan va о‘zgarmas kabilarga turkumlash orqali yig‘adi.
Ikkinchidan, xarajatlar hisob yо‘nalishlari bо‘yicha turkumlanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi yо‘nalishlari uchta yirik toifaga bо‘linadi:
zaxiralarni baholash uchun xarajatlar haqidagi ma’lumotlar;
qarorlar qabul qilish uchun xarajatlar haqidagi axborot;
nazorat va tartibga solish maqsadida xarajatlar tо‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Birinchi hisob yо‘nalishi zaxiralarni baholash maqsadida tashkil qilinadi.
Ma’lumki, zaxiralarga ishlab chiqarish zaxiralari, ya’ni xom ashyo, materiallar
kabilar, bundan tashqari, sotish uchun mо‘ljallangan tovarlar, ishlab chiqarilgan
mahsulotlar kabilar kiradi. Ishlab chiqarish korxonalari buxgalteriya hisobi uchun
muhimi, albatta, ishlab chiqarilgan mahsulotlardir. Buxgalteriya hisobi tizimida
ularni hisobga olish uchun ularning qiymat о‘lchovlarini aniqlash, ya’ni baholash
talab etilishi hammaga ma’lum, deb о‘ylaymiz. Mahsulotlarni baholash, odatda,
ularning ishlab chiqarish tannarxi yoki sotish bahosi bо‘yicha amalga oshiriladi.
Har ikkisi uchun ham mahsulotni ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlar asos
bо‘lib xizmat qiladi. Bu о‘z navbatida xarajatlarning shunga mos turkumlanishini
talab qiladi.
Ikkinchi hisob yо‘nalishi uchun misol tariqasida stanokni saqlash va undan
foydalanish
xarajatlarini
keltirishimiz
mumkin.
Bunday ma’lumot taklif
qilinayotgan stanok bо‘yicha kutilayotgan xarajatlar bilan solishtirish va tegishli
qaror qabul qilish uchun zarurdir.
Uchinchi hisob yо‘nalishi uchun turkumlashning ahamiyatini tushuntirish
uchun biror bir bо‘lim uchun xarajatlarning hisobini keltirishimiz mumkin. Bunday
ma’lumot xarajatlarni smeta xarajatlari bilan solishtirish imkonini beradi, ya’ni
nazorat va tartibga solish maqsadida ishlatiladi.
Xarajatlar hisobining yuqorida keltirilgan uchta yо‘nalishi doirasida xa-
rajatlarni turkumlashning muqobil usullarini quyidagi jadval yordamida kо‘rib
chiqishimiz mumkin.
1-jadval
Xarajatlarni yо‘nalishlari bо‘yicha turkumlash
Hisob yо‘nalishlari
Turkumlashning maqbul usullari
1. Mahsulotlar qiymatini baholash
uchun xizmat qiluvchi harajatlar
davr uchun va mahsulot tannarxiga
kiritiladigan xarajatlar
mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari tar-
kibini tashkil qiluvchi xarajatlar
xarajatlarning buyurtmali va jarayonli
kalkulyatsiyasi
2. Qarorlar qabul qilish uchun asos
bо‘lib xizmat qiluvchi xarajatlar
xarajatlar dinamikasi
о‘tgan davr va kelgusi davr xarajatlari
bartaraf etiladigan va bartaraf
etilmaydigan xarajatlar
qaytarilmaydigan va almashtiriladigan
xarajatlar
marjinal xarajatlar va qо‘shimcha
xarajatlar
3. Nazorat va tartibga solish uchun
asos bо‘lib xizmat qiluvchi xarajatlar
tartibga solinadigan xarajatlar
tartibga solinmaydigan xarajatlar
Xarajatlarni
hisobga
olishning
birinchi
yо‘nalishi,
yuqorida
aytib
о‘tganimizdek, mahsulot zaxiralari qiymatini baholash uchun yо‘lga qо‘yilgan.
Xо‘jalik yurituvchi sub’ektlar о‘z faoliyatini odatda foyda olish maqsadida yо‘lga
qо‘yadilar. O’z - о‘zidan ma’lumki, olinadigan foydani kо‘zlab xarajat qilinadi.
Foyda о‘zi nima? Foyda olingan daromadlardan ularni olish uchun qilingan
xarajatlarni tо‘liq qoplagandan sо‘ng yuzaga keladigan summadir. Foydani
aniqlash uchun esa olingan daromadlardan xarajatlar ayiriladi. Foyda olish yoki
olinadigan foyda summasini kо‘raytirish uchun mehnat unumdorligini oshirish,
ishlab chiqarishni maqsadga muvofiq ravishda tashkil etish, yangi texnikani joriy
qilish, texnologik jarayonlarni takomillashtirish, asosiy va aylanma mablag‘lardan
unumli
foydalanish,
unumsiz
xarajatlarni
qisqartirish,
ishlab
chiqarishni
boshqarishni takomillashtirish va boshqa tadbirlarni amalga oshirish kerak.
Sanab о‘tilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun xalqaro tajriba
kо‘rsatishicha kompaniyalarning boshqaruv tizimini tegishli axborotlar bilan
ta’minlash talab etiladi. Boshqacha qilib aytganda, boshqaruv qarorlarini qabul
qilish uchun kompaniyaning xarajatlari haqidagi axborot juda muhim ekan.
Iqtisodiy islohotlar sharoitida xо‘jalik yurituvchi sub’ektlar bozorning talab
va takliflaridan kelib chiqqan holda о‘zining faoliyatini rejalashtirishi va zarur
qarorlarni qabul qilishi lozim. Ushbu sharoitdan kelib chiqqan holda xо‘jalik
yurituvchi sub’ektlar “Mahsulot (ish, xizmat)ni ishlab chiqarish va uni sotish
xarajatlarining tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi tо‘g‘risidagi
Nizom”da kо‘rsatilgan xarajatlarning elementlariga asoslanadilar.
Xarajatlarni tasniflanishini quyidagi jadvalda yaqqol kо‘rishimiz mumkin.
2-jadval
Xarajatlarning turli belgilariga asosan tasnifi
2
№
Tasniflash belgilari
Xarajatlar turlari
1. Ishlab chiqarish jarayonidagi iqtisodiy roliga qarab
Asosiy va ustama
2. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga
kiritilashiga qarab
Bevosita va bilvosita
3. Ishlab chiqarish hajmiga nisbatan
O‘zgaruvchan va
doimiy
Noishlab chiqarish xarajatlariga ishlab chiqarish bilan bog‘liq bо‘lmagan
xarajatlar kiradi. Ularga sotish xarajatlari, boshqarish xarajatlari, boshqa operatsion
xarajatlar kiradi.
Yuqoridagilardan tashqari mahsulot tannarxi hisobini yuritishda xarajatlar
rejalashtirilishi bо‘yicha rejalangan va rejalanmagan xarajatlarga bо‘linadi.
Rejalanadigan
xarajatlar
korxonalar
faoliyatida
asosan
biznes
rejalarida
belgilangan kо‘rsatkichlar asosida shakllanadi. Rejalanmagan xarajatlar asosan
rejada kо‘zda tutilmagan xarajatlar bо‘lib hisoblanadi. Xarajatlarni tarkibiga kо‘ra
oddiy xarajatlar va kompleks xarajatlariga bо‘lish mumkin.
3-jadval
Doimiy va о‘zgaruvchan, bevosita va bilvosita xarajatlar
3
Kо‘rsatkich
Doimiy
O‘zgaruvchan
Bevosita
Bir turdagi mahsulot ishlab
chiqarishda foydalaniladigan
qurilmalar ijarasi
Xom ashyo va materiallar
2
Iqtisodiy adabiyotlardan foidalngan holda muallif tomonidan tuzildi.
3
Boshqaruv hisobi-1. O‘BAM A, 2008 y. 25-b.
Bilvosita
Bino, qurilmalar
amortizatsiyasi, agar bir necha
mahsulot ishlab chiqarilsa
Bir nechta turdagi mahsulot
ishlab chiqarishda elektr
energiya qiymati
Umumishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarish xarajatlari, ishlab
chiqarishning ayrim tarmoqlarini boshqarish xarajatlari, shuningdek u yoki bu
mahsulot turiga bevosita kiritish mumkin bо‘lmagan turli ishlab chiqarish
xarajatlarini о‘z ichiga oladi.
Asosiy vositalar va boshqa uzoq muddat foydalaniladigan aktivlarni sotib
olish, qurish bilan bog‘liq xarajatlar kapital sarflar yoki kapital qо‘yilmalar (capital
expenditures) deyiladi. Remont xarajatlari, uskunalarga xizmat kо‘rsatish, yoqilg‘i
sotib olish sarflari nokapital sarflar yoki xarajat (reVenul expendit) yoki hisobot
yilida daromad olish maqsadida qilingan xarajatlardir. Kapital qо‘yilmalar bilan
xarajatlarni bir – biridan farqlay bilish kerak. Xarajat albatta shu davrda daromad
keltirishi kerak. Kapital qо‘yilma esa bir necha yillardan keyin daromad keltira
boshlaydi.
Kapital qо‘yilmalar tarkibiga asosiy vositalar, tabiiy resurslar va nomoddiy
aktivlarni sotib olishdan tashqari asosiy vositalarni о‘stirish va ularni
yaxshilanishiga sarflanadigan xarajatlar ham kiradi.
Asosiy vositani о‘sishi (additions) deganda ishlab chiqarish quvvatini fizik
jihatdan kengaytirish tushuniladi.
4
Kapital qо‘yilmalar bu korxonaning asosiy vositalari va nomoddiy
aktivlarini qayta ishlab chiqarish va ular sifat tarkibini yaxshilash borasida
qiladigan sarf xarajatlaridir.
21-sonli BHMSga muvofiq, kapital qо‘yilmalarga quyidagicha ta’rif
beriladi: Kapital qо‘yilmalar bu korxonaning asosiy vositalar va nomoddiy
aktivlarga investitsiyalari shuningdek, mahsuldor va ishchi hayvonlarning
(qiymatidan qat’i nazar, korxonaning aylanma mablag‘lariga kiruvchi pappandalar,
quyonlar, asalarilar, qо‘piqlovchi itlar, tajriba uchun mо‘ljallangan hayvonlardan
4
Б.Нидиз, Х.Андерсон, Д. Колдуэлл «Принципи бухгалтерского учёта» 196 – 219 бет.
tashqapi) asosiy podasini tashkil qilish bо‘yicha xarajatlar yig‘indisi.
5
Korxonalarning
kapital
qо‘yilmalarini quyidagi belgilarga muvofiq
tasniflash maqsadga muvofiqdir:
1-chizma. Kapital qо‘yilmalarning tasniflanishi.
6
Kapital qо‘yilmalar mohiyatini chuqurroq anglash uchun ularning tarkibi va
gupuhlari bо‘yicha о‘rganish maqsadga muvofiqdir.
2-chizma. Yо‘naltirilishiga kо‘ra kapital qо‘yilmalarning tasniflanishi
7
.
Qurilish-montaj ishlarini bajarish usuliga kо‘ra kapital qо‘yilmalar pudrat
usulidagi va xо‘jalik usulidagi kapital qо‘yilmalarga ajratiladi.
3-chizma. Bajapish usuliga kо‘ra kapital qо‘yilmalarning tasniflanishi.
Qishloq xо‘jaligi korxonalarida kapital qurilish pudrat usulida olib
borilganida sarflanadigan kapital xarajatlarni hisobga olib borish tartibi
5
21-sonli BІM S “Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni
qo’llash bo’yicha Yo’riqnoma”ga 2-ILOVA, 67-band.
6
M uallif ishlanmasi
7
21-son BHM S asosida muallif ishlanmasi
Kapital qo‘yilmalar
Yo‘naltirilishiga
ko‘ra
Bajarish usuliga
ko‘ra
Moliyalashtirish
manbasiga ko‘ra
Yo‘naltirilis higa ko‘ra
kapital qo‘yilmalar
Kapital qurilishga
Asosiy vosita va nomoddiy
aktiv sotib olishga
Kengaytirish, rekonstruktsiya
va modernizatsiya qilishga
Asosiy podani shakllantirish va erni
obodonlashtirishga
Ijaraga olingan mulkka
Bajarish usuliga ko‘ra
Pudrat usulida
Xo‘jalik usulida
O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining 17-sonli “Kapital qurilishga oid
pudrat shartnomalari” nomli milliy standartida belgilab berilgan.
Pudrat usulida qurilish montaj ishlarini ixtisoslashgan pudrat qurilish montaj
tashkilotlari olib boradi, bunda ikki tomon bosh pudratchi va buyurtmachi aloqaga
kirishib, ularning о‘zapo munosabatlari pudrat shartnomasi bilan belgilanadi.
Kapital qо‘yilmalarning texnologik tuzilmasi qurilish va montaj ishlari bilan
bog‘liq hamda asosiy vositalar ob’ektlarini sotib olishga, shuningdek, boshqa
kapital ishlar va xizmatlar uchun qilingan xarajatlar tarkibi va nisbatini anglatadi.
Kapital
qо‘yilmalar, xususan kapital qurilish xarajatlari qurilishga
ixtisoslashgan xо‘jaliklarda 2010 – “Asosiy ishlab chiqarish” schyotida qurilish
asosiy faoliyat yо‘nalishi qurilishga ixtisoslashmagan boshqa sohalarda qurilish
xarajatlari agar о‘zini yordamchi ishlab chiqarishi kuchi bilan xо‘jalik usulida
bajarilganda 2310 – “Yordamchi ishlab chiqarish” sintetik schyotini tegishli
analitik schyoti boshqaruv hisobida hisobga olinsa, pudrat usulida pudratchilar
bilan shartnoma asosida qurilayotgan binolar inshootlar va boshqa qurilish –
ta’milash ishlari 0800 –“Kapital qо‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar” sintetik
schyotining 0810 –“Tugallanmagan qurilish” schyotida moliyaviy hisobda
hisobga olib boriladi. Bundan shunday xulosa chiqadiki, kapital qurilish ishlari
kapital qо‘yilmalarini bir qismi bо‘lib ishlab chiqarish faoliyatini tavsifiga kо‘ra
ular turli xо‘jaliklarda turlicha; ba’zilarda moliyaviy hisobda ba’zilarida esa,
boshqaruv hisobida mukammal hisob olib borishlari kerak. 1-ilovada qurilish
xarajatlarini turli shakldagi xо‘jalik yurituvchi sub’ektlarda hisobga olinishi
kо‘rsatilgan.
1-ilovada jadvalida kо‘rastilgandek qurilish tashkilotlarida va qurilish
xujalik usulida olib borilayotgan xо‘jalik yurutuvchi sub’ektlarda qurilish bilan
bog‘liq xarajatlari asosiy ishlab chiqarish 2010 schyotda qurilish tashkilotlarida
2310 yordamchi ishlab chiqarish schyotda (faoliyati qurilish bilan bog‘liq
bо‘lmagan qurilish ishlari xо‘jalik usulida olib boriladigan xо‘jalik yurituvchi
sub’ektlarda) boshqaruv hisobini hisob ob’eti sifatida qaralishi va faoliyati
qurilishi bilan bog‘liq bо‘lmagan qurilish pudrat usulida olib borilayotgan
xо‘jaliklarda qurilish xarajatlari 0810 – “Tugallanmagan qurilish” schyotida
moliyaviy hisobini ob’ekti sifatida qaralsa maqsadga muvofiq bо‘ladi. Shunda
kapital qurilish bо‘yicha barcha xarajatlarni tо‘g‘ri hisobini yuritish va aniq
ma’lumotlar asosida tahlil qilish jarayonlarini takomillashtirish imkoniyatlari
yaratiladi
Hisobga olishda kapital qо‘yilmalar takror ishlab chiqarish strukturasining
yо‘nalishlari, texnologik struktura, mо‘ljallanishi, xalq xо‘jalik tarmoqlari,
ishlarni bajarish usuli, mablag bilan ta’minlash manbalariga kо‘ra guruhlanadi.
Takror ishlab chiqarish strukturasining yunalishlari bо‘yicha kapital
qо‘yilmalar yangi qurilishi, kengaytirish, ta’mirlash, texnik qayta jihozlash va
ishlab turgan korxonalar quvvatlarini saqlashga ajratiladi.
Yangi qurilishga yangitdan tashkil etilayotgan korxonalar, binolar va
inshootlar, shuningdek ishga tushirilgandan sо‘ng mustaqil balansda bо‘ladigan,
yangi maydonchada yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish maqsadlarida filial
va ayrim ishlab chiqarishlarda amalga oshiriladigan asosiy, yordamchi va xizmat
kо‘rsatish maqsadlaridagi ob’ektlar kompleksining qurilishi kiritiladi.
Ishlab turgan korxonalarni kengaytirish deganda ishlab turgan korxona
(inshoot)larda qо‘shimcha ishlab chiqarishlarni qurish, shuningdek ishlab turgan
korxona xududi yoki unga qо‘shni maydonchada qо‘shimcha yoki yangi ishlab
chiqarish quvvatlarini yaratish maqsadlarida ayrim tsexlar yoki asosiy, yordamchi
va xizmat kо‘rsatishga mо‘ljallangan ob’ektlarni qurish va ishlab turganlarni
kengaytirish tushuniladi.
Korxonalarning foydalanishga topshirilgandan keyin mustaqil balansda
bо‘lmaydigan filiallarning qurilishi ham ishlab turgan korxonalarni kengaytirish
qatoriga kiritiladi.
Ishlab turgan korxonani kengaytirish, uning ishlab chiqarish quvvatini
(unumdorligi, о‘tkazish qobiliyati, bino yoki inshootning sig‘ishini) kо‘raytirish
ishlari yangi qurilish yо‘li bilan shunday quvvatlar yaratishdan kо‘ra qisqaroq
muddat va kam xarajatlarda amalga oshirilishi lozim.
Ishlab turgan korxonalarni ta’mirlash deganda asosiy va yordamchi va
xizmat kо‘rsatishga mо‘ljallangan, ishlab turgan tsex va ob’ektlarni ishlab
chiqarshni takomillashtirish va ularni texnik – iqtisodiy darajasini oshirish
maqsadlarida qayta qurish tushuniladi. Bu odatda asosiy maqsaddagi bino hamda
inshootlarni kengaytirmay amalga oshiriladi.
Texnologik strukturasiga kо‘ra kapital qо‘yilmalar qо‘yidagi ish va xarajat
turlari qiymatidan tarkib topadi.
- qurilish ishlarining barcha turlari:
- uskunalar natijasi bо‘yicha ishlar:
- qurilish smetalarida nazarda tutilgan uskunalar xarajatlari (montaj talab
qiladigan va qilmaydigan):
- qurilish smetasiga kiritiladigan asbob va inventarlar xarajatlari:
- boshqa kapital ish va xarajatlar.
Uskunalar kapital qurilishning reja va hisobot kо‘rsatkichlarida qurilish
smetasiga kiradigan va kirmaydigan uskunalarga ajratiladi.
1. Qurilish smetasiga kiradigan uskunalar, ishlab turgan korxonalarni
ta’mirlash, kengaytirish, texnik qayta jihozlash, ishlab chiqarish quvvatlarini
saqlash va yangi korxona hamda ob’ektlarni qurish loyiha va smetalarida nazarda
tutilgan uskuna, mashina va mexanizmlar loyiha va smetalarga kiritilishi lozim
bо‘lgan uskuna, mashina va mexanizmlardir.
2. Qurilish smetasiga kirmaydigan uskunalarga mazkur tarmoq uchun
loyixa – smeta xujjatlarini tuzish tartibida belgilanishiga kо‘ra smetani yuqoridagi
punktning birinchi abzatsiga kiritilmaydigan mashina va mexanizmlar kiritiladi.
- qurilish mashinalari, mexanizmlar, inventar va asboblar, shuningdek
qurilish va montaj tashkilotlari transport vositalari:
- yig‘ma – razbor qilinadigan bino va inshootlarning inventar detallari
komplektlari: inventar uylar, qurilish, geologiya razvedka va qidiruv
tashkilotlarining vagon, furgonlar va konteyner tipidagi boshqa anjomlari qishloq
xо‘jaligi korxona va tashkilotlarining traktor, kombayinlari va boshqa ekin ekish,
er haydash hamda hosilni yig‘ishtirishga mо‘ljallangan mashinalar:
- ta’minot – sotuv tashkilotlari konteynerlar va boshqalar.
Uskunalar montaj talab qiladigan va montaj talab qilmaydigan uskunalarga
ajratiladi.
Montaj talab qiladigan uskunalarga faqat ayrim qismlari yig‘ilgandan keyin
yoki asos va tayanchlarga о‘rnatilgandan sо‘ng ishga tushirilishi mumkin bо‘lgan
uskunalar shuningdek, foydalanishga topshirish elektrmontaj va ishga tushirish –
sozlash ishlarini talab qiladigan elektron hisoblash mashinalari ham kiritiladi.
Montaj talab qilmaydigan uskunalarga ishga tushirishdan oldin asos va
tayanchga о‘rnatishni talab qilmaydigan uskunalar: lokomotivlar, traktorlar, vagon,
qishloq xо‘jaligi mashinalari, avtomashinalar va shu kabilar kiradi.
Kapital qо‘yilmalar maqsadga kо‘ra hisobga olishda:
a)
ishlab
chiqarish
maqsadlaridagi
ob’ektlar qurilishiga (qurilishi
tuganlangandan sо‘ng moddiy ishlab chikarish soxasi: sanoat, qishloq xо‘jaligi,
transport aloqa va shu kabilarda ishlaydigan ob’ektlar)
b) noishlab chiqarish maqsadlaridagi (turar joy va kommunal xо‘jalik
sog‘liqni saqlash muassasalari, ijtimoiy ta’minot, xalq ta’limi va boshqa)
ob’ektlarga ajratiladi.
Iqtisodiyot tarmoqlari bо‘yicha kapital qо‘yilmalar sanoat, qishloq xо‘jaligi,
qurilish, transport, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi va boshqa tarmoqlardagi kapital
qо‘yilmalarga ajratiladi.
Qurilish montaj ishlarini bajarish usuliga kо‘ra kapital qо‘yilmalarga
ajratiladi.
Pudrat usulida qurilish montaj ishlarini ixtisoslashgan pudrat qurilish montaj
tashkilotlari olib boradi, bunda ikki tomon bosh pudratchi va buyurtmachi aloqaga
kirishib, ularning о‘zaro munosabatlari pudrat shartnomasi bilan belgilanadi.
Kapital qо‘yilmalar mablag‘ bilan ta’minlashning qо‘yidagi manbalari asosida
hisobiga amalga oshiriladi:
Korxona va tashkilotlarning о‘z mablag‘lari, byudjet mablag‘lari va bank
kreditlari: davlat kapital qо‘yilmalar limitidan tashqari amalga oshiriladigan kapital
qо‘yilmalar bо‘yicha hukumat tomonidan shu maqsadlarga yо‘llashga ruxsat
etilgan mablag‘ bilan ta’minlashning markazlashgan manbalari va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |