Moliyaviy hisob va hisobat


Qo‘shilgan varezerv kapitali xarakatini hisobda aks ettirish



Download 0,84 Mb.
bet127/174
Sana19.11.2022
Hajmi0,84 Mb.
#869021
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   174
Bog'liq
moliyaviy hisob va hisobot 2707

9.3. Qo‘shilgan varezerv kapitali xarakatini hisobda aks ettirish
Korxonalarning xususiy kapitalini shakllantirishda ustav kapitalidan tashqari qo‘shilgan kapital va rezerv kapitallari ham tashkil qilinadi.
Qo‘shilgan kapital hisobini yuritishdan maqsad xo‘jalik yurituvchi subyektning ro‘yxatga olingan sanasidan boshlab uning aksiyalarini joylashtirishgacha bo‘lgan davr mobaynida faoliyatning qonuniyligini, barqaror faoliyat olib borishi, raqobatbardoshligi va ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishni ta’minlashni investorlarga isbotlab, aksiyalarni nominal qiymatidan yuqori sotilgan qismini hamda akqiyalarni sotishdagi kurs farqlarini hisobda to‘g‘ri aks ettirishdan iborat.
Qo‘shilgan kapital aktsionerlik jamiyatlarida korxona aksiyalarining nominal qiymatidan ortiq narxda sotish natijasida olingan emissiya daromadidan tashkil etilsa, mulkchilikning boshqa shakllarida esa ta’sischilarning pul mablag‘laridan tashkil topadi.
Qo‘shilgan kapitalni hisobga oluvchi schyotlar oddiy va imtiyozli aksiyalarni sotishdan olingan summalarning nominal qiymatidan oshiqcha summalarining, bundan tashqari bepul olingan mulklar qiymatining mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Emission daromad – aksiyalarning nominal qiymatdan oshiqcha bahosi bo‘yicha birlamchi sotishdan olingan emissiya daromadini aks ettiradi.
Qo‘shilgan kapital – bu tashkil etilayotgan xo‘jalikning daromad (foyda) olish maqsadini ko‘zlab, kiritilgan va kiritilayotgan dastlabki mablag‘larning Respublikamiz yuqori tashkilotlari hamda bozor talablari asosida yuzaga kelgan mulk tafovutlarini, qaytarib bermaslik sharti bilan olingan mablag‘lardir.
Bundan tashqari qo‘shilgan kapital schyotida ustav kapitaliga qo‘yilgan qo‘yilmalarni to‘lashda hosil bo‘ladigan kursdagi farqlar summasi ham hisobga olinadi.
Qo‘shilgan kapitalning mavjudligi va harakati quyidagi schyotlarda hisobga olinadi:
8410 – “Emissiya daromadi”
8420 – “Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farqi”
8410 –“Emissiya daromadi” schyoti – aksiyalarning nominal qiymatidan yuqori olingan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Emissiya daromadi emitent tomonidan aksiyalar dastlabki egalariga aksiyalarning realizatsiya narxi bilan nominal qiymati o‘rtasidagi farq sifatida joylashtirilganda (sotilganda) yuzaga keladi.
8410 “Emissiya daromadi” schyoti aksiyalarni dastlabki sotishda nominal qiymatidan yuqori bahoda olingan mablag‘lar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Ushbu mablag‘lar kelib tushganda 8410 “Emissiya daromadi” schyoti kreditlanib, xususiy aksiyalarni bekor qilishda sotib olish qiymati va nominal qiymati o‘rtasidagi farq qoplanganda esa ushbu schyot debetlanadi.
8410 “Emissiya daromadi” schyoti bo‘yicha analitik hisob oddiy va imtiyozli aksiyalardan olingan daromadlar bo‘yicha alohida yuritiladi.
Misol. Aksiyadorlik jamiyati ta’sis hujjatlariga ko‘ra 1 500 so‘m nominal qiymatida 1000000 dona aksiya chiqarildi. Ular bir dona aksiya uchun 1560 so‘m narx bo‘yicha sotildi.
Jamiyatning emissiya daromadi 60000 ming so‘mni (1 560000-1 500000) tashkil qiladi.

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish