Moliyaviy hisob va hisobat


-jadval MChJ ustav kapitali shakllanishini aks ettirish



Download 0,84 Mb.
bet124/174
Sana19.11.2022
Hajmi0,84 Mb.
#869021
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   174
Bog'liq
moliyaviy hisob va hisobot 2707

9.4-jadval
MChJ ustav kapitali shakllanishini aks ettirish



Muomala mazmuni

Summa, ming so‘m

Debet

Kredit

1

Ro‘yxatdan o‘tkazish paytida MChJ ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi

73100

4610

8330

2

Mebel va ofis jihozlari

9900

0140

4610

3

Kompyuter jihozlari kirimga olindi

2500

0150

4610

4

Bir dona faks apparati inventar va xo‘jalik jihozlari sifatida qabul qilindi

200

1080

4610

5

Ta’sischilar qarzi evaziga xom-ashyo va materiallar olindi

37400

1010

4610

6

Ta’sischilar qarzlarini naqd pulda bankdagi hisobraqamiga to‘ladi

23100

5110

4610

Ustav kapitali schyoti bo‘yicha analitik hisob xo‘jalik yurituvchi subyektning har bir ta’sischi bo‘yicha ayrim olgan holda yuritiladi.


Misol. MChJning ustav kapitali 87500000 so‘m miqdorida belgilangan bo‘lib, har bir ishtirokchining hissasi quyidagicha taqsimlangan: A 74500000 so‘m, B 2000000 so‘m, C 10000000 so‘m, D 1000000 so‘m.
9.5-jadval
MChJ ustav kapitali shakllanishini aks ettirilishi



Muomalalar mazmuni

Summa, ming so‘m

Debet

Kredit

1

Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi, jami:

87500

4610




A

74500




8311

B

2000




8312

C

10000




8313

D

1000




8314

2

Ta’sischilar qarzlarini bankdagi hisobraqamiga to‘ladi

87500

5110

4610

Ma’suliyati cheklangan jamiyat ustav kapitalini u to‘liq shakllanganidan keyingina ko‘paytirishi mumkin. Jamiyatning ustav kapitalini ko‘paytirish jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlari sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilingan qaroriga binoan amalga oshiriladi.



9.3-rasm. Ma’suliyati cheklangan jamiyat ustav kapitalini ko‘paytirish yo‘llari
Ma’suliyati cheklangan jamiyat ustav kapitalini jamiyatning mol-mulki hisobiga ko‘paytirish to‘g‘risidagi qaror bunday qaror qabul qilingan yildan oldingi yil uchun jamiyatning buxgalteriya hisoboti ma’lumotlari asosidagina qabul qilinishi mumkin,82 ya’ni ustav kapitalini mol-mulk hisobiga ko‘paytirish to‘g‘risidagi qaror yakunlangan hisobot yili uchun balans ma’lumotlari asosida qabul qilinadi. Kapitalni mol-mulk hisobiga ko‘paytirish to‘g‘risidagi qarorning joriy yilning choragi, yarim yilligi yoki 9 oyi uchun buxgalteriya hisoboti ma’lumotlari asosida qabul qilinishi mumkin emas.
Ma’suliyati cheklangan jamiyatlar ustav kapitali jamiyatning mol-mulki hisobiga ko‘paytiriladigan summa jamiyat sof aktivlarining qiymati bilan ustav kapitali hamda rezerv kapitali summasi o‘rtasidagi farqdan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Jamiyat sof aktivlarining hajmi mohiyatiga ko‘ra tashkilotning o‘z manbalari, ya’ni ustav kapitali va foyda hisobiga xarid qilingan mol-mulki hisoblanishi sababli, ustav kapitalini ko‘paytirish yil tugagandan va balans reformatsiyasidan keyin jamiyatning ixtiyorida qoladigan foydasi hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
Ma’suliyati cheklangan jamiyatning ustav kapitali ko‘paytirilganda jamiyat barcha ishtirokchilari ulushlarining miqdorlari o‘zgarmagan holda ular ulushlarining nominal qiymati mutanosib ravishda ko‘payadi.
Misol. MChJ 6000 ming so‘m ustav kapitaliga ega. Jamiyat ishtirokchilari tarkibiga 2 ta shaxs kiradi, birinchisiga ustav kapitalining 45 %i (2700 ming so‘m), ikkinchisiga 55 %i (3300 ming so‘m) tegishli. 2012 yil martda yakunlangan yil uchun hisobot topshirilgandan so‘ng ishtirokchilarning yig‘ilishida jamiyatning ixtiyorida qolgan foyda hisobiga ustav kapitalini ko‘paytirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Jamiyatning ustav kapitalini uning foydasi hisobiga ko‘paytirish mumkin bo‘lgan eng katta miqdorni aniqlash uchun o‘tgan hisobot yili yakuni bo‘yicha jamiyatning sof aktivlari miqdori hisoblab chiqariladi. Balans ma’lumotlariga ko‘ra jamiyat sof aktivlarining qiymati 25000 ming so‘mni tashkil qildi.
Ma’suliyati cheklangan jamiyatda rezerv kapitali tashkil etilmasligi sharti bilan, u joriy yilda o‘z ustav kapitatini 19000 ming so‘mdan (25000 - 6000) oshmaydigan summaga ko‘paytirish huquqiga ega.
Agar ishtirokchilar yig‘ilishida ustav kapitalini 4000 ming so‘mga ko‘paytirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan bo‘lsa quyidagi o‘tkazmalar bilan aks ettiriladi.

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish