Moliyaviy hisob va hisobat


O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar



Download 0,84 Mb.
bet47/174
Sana19.11.2022
Hajmi0,84 Mb.
#869021
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   174
Bog'liq
moliyaviy hisob va hisobot 2707

O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1. Korxona xodimlarining shaxsiy tarkibiga kimlar kiradi?
2. Mehnat haqini hisoblashda dastlabki hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini tushuntiring.
3. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga nimalar kiradi?
4. Mehnat va ish haqida majburiy ushlanmalarni hisoblash metodikasini aytib bering?
5. Asosiy va qo‘shimcha ish haqiga qanday ish haqlari kiradi?
6. Mehnat ta’tili va uni hisoblash tartibini tushuntiring.
7. Kasallik varaqasi bo‘yicha mehnat haqini hisoblash va to‘lash tartibini izohlang.




4-BOB. TOVAR-MODDIYZAHIRALAR HISOBI


4.1. Tovar-moddiy zaxiralar hisobini tashkil etish
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar darajasida tovar-moddiy zaxiralar yirik miqdordagi moliyaviy resurslar qo‘yilmasini talab etuvchi obyektlar jumlasiga kiradi va shuning uchun ular xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish yoki marketing siyosatini belgilab beradigan muhim omillardan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Biroq, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ko‘pchiligi odatda ularga etarli darajada e’tibor berishmaydi va doimo mavjud bo‘lishi lozim bo‘lgan zaxiralar bo‘lgan ehtiyojga baho berishmaydi. Buning natijasida, ular tovar-moddiy zaxiralarga ko‘zlangan darajadan ortiqcha mablag‘lar sarflashlariga duch kelishadi.
2-sonli BHXSda tovar-moddiy zaxiralarga quyidagicha ta’rif berilgan:22
Tovar-moddiy zaxiralar – bu quyidagi aktivlardir:
- odatdagi faoliyat doirasida sotish uchun mo‘ljallangan;
- bunday sotuv uchun ishlab chiqarish jarayonida bo‘lgan;
- ishlab chiqarish jarayonida yoki xizmatlar ko‘rsatilishida foydalanilishi ko‘zlangan xom ashyo va materiallar ko‘rinishidagi aktivlar.
Tovar-moddiy zaxiralar - keyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat yuritish jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida mavjud bo‘lgan, shuningdek mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlar.
Bugungi kunda avvalo, tovar-moddiy zaxiralarining tarkibi, holati, harakati, miqdori, sotib olinishi yoki ishlab chiqarilishi, baholash va qayta baholash tartiblariga e'tibor berish lozim. Buxgalteriya hisobining ma’lumotlari o‘zida mahsulotning tannarxini kamaytirish imkoniyatlarini – moddiy boyliklardan unumli foydalanish, sarflar me'yorini pasaytirish, tovar- moddiy qiymatliklarning talabga javob beradigan darajadagi saqlash, qo‘riqlash, shuningdek tovar-moddiy zaxiralar hisobining to‘g‘ri yuritilishi va boshqalar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni umumlashtirishi lozim.
Tovar-moddiy zaxiralarning buxgalteriya hisobiga qo‘yiladigan asosiy talablar:

  • tashkilot bo‘linmalarida zaxiralar harakatining ombor hisobi va tezkor hisobi ma’lumotlarining buxgalteriya hisobi schyotlari ma’lumotlariga muvofiqligini;

  • moliyaviy hisobotda aks ettirilgan tmzlar bo‘yicha ma’lumotlarning haqqoniyligini;

  • zaxiralar miqdori va bahosinnng buxgalteriya hisobi tezkorligini;

  • zaxiralarning harakatlanish jarayoni (kelib tushishi, joylashtirilishi va chiqib ketishi) va shuningdek haqiqiy mavjudligini to‘laqonli va uzluksiz tartibda to‘la aks ettirishni;

  • tovar-moddiy zaxiralar bo‘yicha (aylanmalari va qoldiqlari bo‘yicha) sintetik hisob ma’lumotlarining analitik hisob ma’lumotlariga muvofiqligini ta’minlash.

Ushbu talablarni bajarish maqsadida buxgalteriya hisobi oldiga bir qancha vazifalar qo‘yiladi.
Tovar-moddiy zaxiralarni ma’lum muddatga (masalan, moliyaviy hisobotni tuzish sanasigacha) bo‘lgan davrda xo‘jalik yurituvchi subyekt ixtiyorida bo‘lgan barcha zaxiralar, ular qaerda joylashgan bo‘lishidan qati nazar, tovar-moddiy zaxiralarga olib boriladi. Ya’ni, buyumni xo‘jalik yurituvchi subyektning tovar-moddiy zaxiralariga o‘tkazishning xal qiluvchi mezoni bo‘lib uning mazkur buyumga bo‘lgan mulkiy huquqi hisoblanadi. Shu bilan birga, xo‘jalik yurituvchi subyektga tegishli hududda boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning mulki bo‘lgan buyumlar bo‘lishi mumkin. Konsignatsiya shartnomasi asosida kelib tushgantovarlar yoki tovar-moddiy zaxiralarni sotish haqida hisob-kitob hujjatlari rasmiylashtirilib, ammo o‘z vaqtida xaridor tomonidan olib chiqib ketilmagan tovarlar bunga misol bo‘la oladi. Bular xo‘jalik yurituvchi subyektning tovar-moddiy zaxiralariga kirmaydi.


Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish