10.2-jadval
Yakuniy moliyaviy natijalarning shakllanish hisobi muomalalari
T/r
|
Xo‘jalik operatsiyalarining mazmuni
|
Summa ming so‘m
|
Debet
|
Kredit
|
1
|
Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi
|
13509130
|
9010
|
9910
|
2
|
Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larning tannarxini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi
|
12571340
|
9910
|
9110
|
3
|
Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi
|
362875
|
9310-9390
|
9910
|
4
|
Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi
|
1167920
|
9910
|
9410-9430
|
5
|
Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi
|
1226
|
9510-9590
|
9910
|
6
|
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi
|
108046
|
9910
|
9610-9690
|
7
|
9710-“Favqulodda foydalar” schyotining yopilishi
|
-
|
9710
|
9910
|
8
|
9720-“Favqulodda zararlar” schetining yopilishi
|
-
|
9910
|
9720
|
9
|
Soliqlar va yig‘imlarni to‘lash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi
|
23744
174
|
9910
9910
|
9810
9820
|
10
|
Hisobot yilining sof foydasi hisobdan chiqariladi
|
2007
|
9910
|
8710
|
11
|
Hisobot yilining sof zarari hisobdan chiqariladi
|
-
|
8710
|
9910
|
Hisobot yilining yakunlari bo‘yicha korxona foyda olsa (ya’ni, 9910-schyotning kredit tomonidagi saldo), unda hisobda bu operatsiya quyidagi jadvaldagi 10-raqamli yozuv bilan, zarar ko‘rsa (ya’ni, 9910-schyotning debet tomonidagi saldo), 11-raqamli yozuv bilan aks ettiriladi. Yuqoridagi muomalarni umumiy qilib quyidagi jadvalda keltirish mumkin.
Sof foyda miqdorini o‘rganish va unga ta’sir etuvchi omillarga baho berish ularni chuqur har tamonlama o‘rganish imkoniyatlarni aniqlashga hamda korxona samaradorligini oshirishga olib keladi. Har bir xo‘jalik subyekti o‘z faoliyati natijasida sof foydaga erishishni ko‘zlaydi. Ushbu ko‘rsatkich soliq to‘loviga qadar bo‘lgan foyda summasidan foydadan soliq va boshqa soliqlar va ajratmalarni chegirish asosida aniqlanadi.
Sof foyda - korxonaning butun ishlab chiqarish va noishlab chiqarish faoliyatining hamma turlari bo‘yicha, shu jumladan, mahsulotlarniishlab chiqarish bilan bog‘liq bevosita va bilvosita xarajatlar, asosiy faoliyat daromadlar va xarajatlar qoldig‘i, moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan daromadlar va xarajatlar qoldig‘i, tasodifiy foyda va zararlar qoldig‘i bo‘yicha aniqlanadi.
Taqsimlanmagan foyda — sof foydaning aktsiyadorlar (ishtirokchilar) tomonidan taqsimlanmagan va tashkilotning ixtiyorida qolgan qismi.
Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari) va o‘tgan yillarning jamg‘arilgan foydasi (qoplanmagan zarari) bir-biridan farq qiladi. Taqsimlanmagan foyda yoki qoplanmagan zarar hisobi quyidagi schyotlarda yuritiladi:
8710-“Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)”;
8720-“Jamg‘arilgan foyda (qoplanmagan zarar)”.
Foydadan foydalanilishi 8710-schyot debeti bo‘yicha majburiyatlar, fondlar va boshqalarni hisobga oluvchi schyotlar bilan korrespondentsiyada aks ettiriladi. Uning taqsimlanmagan qismi esa 8720-“Jamg‘arilgan foyda (qoplanmagan zarar)” schyotiga o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |