Moliyaviy hisob va hisobat


Ustav kapitali shakllanishi va o‘zgarishini hisobda aks ettirish



Download 0,84 Mb.
bet121/174
Sana19.11.2022
Hajmi0,84 Mb.
#869021
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   174
Bog'liq
moliyaviy hisob va hisobot 2707

9.2. Ustav kapitali shakllanishi va o‘zgarishini hisobda aks ettirish
Korxonaning o‘z mablag‘larini shakllantirish asosiy manbai bo‘lib uning mulkdorlari tomonidan korxonaga qo‘yilgan mablag‘lar majmui bo‘lgan ustav kapitali hisoblanadi. Ustav kapitalini shakllantirish tartibi qonunchilik va ta’sis hujjatlari bilan amalga oshiriladi.
Ustav kapitali - bu ta’sis hujjatida belgilangan doiradagi faoliyatni ta’minlash uchun ta’sischilarning (ishtirokchilarning) korxona mulkiga qo‘ygan mablag‘lari (ulushlari, aksiyalar nominal qiymatida va hokazolar)ning pul ifodasidagi yig‘indisidir.78
Ustav kapitali - korxona faoliyatini yuritish, davom ettirish uchun ta’sischilarning korxona mulkiga yo‘naltirilgan mablag‘larining pul ifodasidagi yig‘indisidir.79
Tashkilot ustav kapitaliga pullar, qimmatli qog‘ozlar, boshqa buyumlar yoki mulkiy huquqlar yoxud pul bahosiga ega boshqa huquqlar kiritilishi mumkin.
Ustav kapitaliga olingan hissalar, shu jumladan aksiyalarni (ulushlarni) joylashtirish bahosining ularning nominal qiymatidan (dastlabki miqdoridan) ortiq summasi daromad sifatida qaralmaydi va tegishincha, unga foyda solig‘i va yagona soliq to‘lovi solinmaydi (Soliq kodeksining 129 va 355-moddalari).
Ustav kapitali – huquqlar va imtiyozlar olish uchun korxona muassislari tomonidan ta’sis hujjatlariga muvofiq qo‘shilgan hamda korxona xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy boyliklar, pul mablag‘lari va xarajatlar majmuidir80.
Kengroq ma’noda ta’rif beradigan bo‘lsak, uni shunday ta’riflash mumkin: Ustav kapitali – xo‘jalikning daromad (foyda) olish maqsadida ro‘yobga chiqarish uchun zarur bo‘lgan dastlabki mablag‘lar manbai, uning boshqarilish jarayonida har bir a’zoning hissasi va xususiy kapitalini oshirish maqsadida kiritilgan mablag‘lari hamda o‘z kreditorlarini, ta’sischilarining qiziquvchanligini kafolatlovchi mablag‘lar manbaidir.
Ustav kapitali hisobini tashkil etish va uni yuritish amaldagi qonunlar va ta’sis hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Ustav kapitaliga hissa shaklida qo‘shiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar ta’sischilar kelishuviga yoki yuridik shaxs ijroiya organining qaroriga ko‘ra baholanadi hamda hisobga olinadi.
Ustav kapitalining holati va xarakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
8310-“Oddiy aksiyalar”;
8320-“Imtiyozli aksiyalar”;
8330-“Pay va ulushlar”.
Ustav kapitali harakatining buxgalteriya hisobi 13-jurnal orderda yuritalidi. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, ustav kapitalining analitik hisobi ishtirokchilar (ta’sischilar) bo‘yicha kartochkalar yoki vedomostlarda yuritiladi.
8310-“Oddiy aksiyalar” - schyoti oddiy aksiyalarning qiymatini qo‘shilgan holdagi aksiyadorlik kapitalining holati va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umulashtirish uchun mo‘ljallangan.
8320-“Imtiyozli aksiyalar”- schyoti imtiyozli aksiya ko‘rinishida chiqarilgan hissadorlik kapitalining holati va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Aksiyalar 8310-“Oddiy aksiyalar” va 8320-“Imtiyozli aksiyalar” schyotlarda aksiyalarning nominal qiymati bo‘yicha hisobga olinadi.
8330- “Pay va ulushlar” - schyoti o‘zida mulk egasining kapitali yoki korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakllariga asosan qatnashuvchilarning ulushlarini mujassamlashtiradigan korxonaning ustav kapitalini holati va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Aksiya — o‘z egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog‘oz.
Aksiyadorlik jamiyatlari ikki turdagi: oddiy va imtiyozli aksiyalar chiqarishi mumkin. Jamiyat oddiy aksiyalarni joylashtirishi shart, shuningdek imtiyozli aksiyalarni joylashtirishga haqli. Joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) yigirma foizidan oshmasligi kerak.81
Jamiyat oddiy aksiyalarni joylashtirishi shart, shuningdek imtiyozli aksiyalarni joylashtirishga haqli. Joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati jamiyat ustav kapitalining yigirma foizidan oshmasligi kerak.






Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish