Moliyaviy hisob va hisobat


Gudvill hisobining xususiyatlari



Download 0,84 Mb.
bet100/174
Sana19.11.2022
Hajmi0,84 Mb.
#869021
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   174
Bog'liq
moliyaviy hisob va hisobot 2707

7.3. Gudvill hisobining xususiyatlari
Korxonaning bozor qiymati korxona tomonidan kelgusida olinish ehtimoli mavjud bo‘lgan iqtisodiy foyda bozori bahosini aks ettiradi. Korxonaning bozor qiymati bilan alohida aktivlarning balans qiymati o‘rtasidagi tafovut istalgan paytda o‘z ichiga korxonaning qiymatiga ta’sir etuvchi bir qator omillarni olishi mumkin. Biroq bunday tafovut ushbu paytda korxona nazorat qilayotgan belgilovchi aktivlarning qiymatini ifodalamaydi.
Korxonaning o‘zi yaratgan gudvill aktiv sifatida aks ettirilmasligi kerak, chunki u korxonani sotib olish paytida xarid qilish narxi bilan mazkur korxonani tashkil qiluvchi aktivlarning haqiqiy narxi o‘rtasidagi tafovut sifatida yuzaga keladi.
Xarid qilingan gudvillning miqdori hisob-kitob qilish yo‘li bilan, xarid qilinayotgan korxonaning haqiqiy qiymati bilan uni xarid qilish sanasidagi korxona sof aktivlarining bozor qiymati (barcha majburiyatlar summasi ayirilgan holda aktivlarning bozor qiymati) o‘rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.
Gudvill summasiga kelgusidagi iqtisodiy foydani kutib, xaridor tomonidan to‘lanadigan narxga qo‘shimcha sifatida qarash va alohida inventar obyekti sifatida hisobga olish lozim.
Manfiy gudvill summasini doimiy xaridorlar mavjudligi omili, sifat reputatsiyasi, marketing va sotish malakasi, ish yuzasidan aloqalar, boshqarish tajribasi, xodimlar malaka darajasi va shu kabilar bo‘lmagan taqdirda, xaridorga taqdim etiladigan narxdan chegirma sifatida ko‘rish va muddati kechiktirilgan daromadlar (kelgusi davr daromadlari) sifatida hisobga olish lozim.
Gudvill bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari uning foydali xizmat muddati mobaynida boshlang‘ich qiymatini kamaytirish yo‘li bilan buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Gudvill summasini hisobdan chiqarish davri korxonaga kelgusidagi iqtisodiy foyda tushumi kutilayotgan davrning eng yaxshi bahosini aks ettirishi kerak. Gudvillning foydali xizmat muddati dastlab tan olingan paytdan boshlab yigirma yildan oshmasligi kerak (lekin korxonaning faoliyat ko‘rsatish muddatidan oshib ketmasligi lozim).
Gudvill bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari buxgalteriya hisobida aks ettirishda uning foydali xizmat muddati mobaynida boshlang‘ich qiymatini kamaytiriladi.59
Moliyaviy hisobotda gudvillning qiymati tegishli hisobot davrida amalga oshirilgan hisobdan chiqarishlarni chegirgan holda aks ettiriladi.
Manfiy gudvill summasi sotib olingan amortizatsiyalanadigan alohida aktivlarning o‘rtacha tortilgan foydali xizmat muddati mobaynida muntazamlik asosida korxonaning moliyaviy natijalarga asosiy faoliyatdan boshqa daromadlar sifatida kiritiladi.
Gudvill buyicha eng yukori amortizatsiyalash muddatlari quyidagicha:
– Avstraliyada 20 yilgacha;
– Belgiya va Gretsiyada 5 yilgacha;
– Buyuk Britaniyada korxonalar xususiyatiga boglik;
– Germaniyada 4 yildan 15 yilgacha, ayrim xollarda 40 yilgacha;
– Daniyada 5 yilgacha va uzaytirilishi mumkin;
– Estoniyada va Lyuksemburgda 5 yil;
– Ispaniya va Italiyada 5 yildan 10 yilgacha;
– Niderlandiya va Portugaliyada 5 yildan 20 yilgacha;
– Rossiyada 20 yilgacha;
– Frantsiyada kat’iy belgilanmagan, asosan 20 yildan 40 yilgacha;
– Shveytsariyada 5 yildan 40 yilgacha;
– Shvetsiyada 12 yil;
– Yaponiyada 5 yilgacha.
Misol. Ishlab chiqarish korxonasi 100 mln. so‘mlik narxda boshqa tashkilotni sotib oladi. Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi imzolangan sanada sotib olinayotgan tashkilot buxgalteriya balansi ma’lumotlariga ko‘ra aktivlar qiymati 60 mln so‘mni, joriy qiymatdagi majburiyatlar summasi 12 mln so‘mni tashkil etdi.
Tegishli litsenziyaga ega baholash kompaniyasi o‘tkazgan baholash ma’lumotlariga ko‘ra aktivlar qiymati 85 mln so‘mga teng.
Sof aktivlar summasi 73 mln so‘mni tashkil etadi. Tegishincha, gudvill summasi 27 mln so‘mga teng (100 — 73).

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish