«moliyaviy hisob»


Ishlab chiqarishga kiritilgan xom-ashy ova materiallar tannarxini



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana16.01.2022
Hajmi1,37 Mb.
#376728
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
ishlab chiqarishga sarflangan xom-ashyo va materiallar tannarxini xisoblash usullari 6

2.4. Ishlab chiqarishga kiritilgan xom-ashy ova materiallar tannarxini 

hisoblash “O’z Hanwoo Engeenering” O’zbekiston – Korea qo’shma korxonasi 

misolida. 

―O‘z  Hanwoo  Engeenering‖  O‘zbekiston  –  Korea  qo‘shma  korxonasi  o‘tgan 

2012  yilning  ikkinchi  yarmida  tashkil  etilgan  bo‘lib,  o‘z  ish  faoliyatini  rasman  shu 

yilning  1  sentabridan  boshladi.  Korxonaning  birinchi  ish  yili  bo‘lganligi  sababli 

korxonada tovar moddiy zahiralar harakati o‘zgacha xususiyatga ega. 

Masalan  korxona  dastlabki  ish  oyida  faqat  tajriba  mahsulotlarini  chiqardi, 

dastgohlar va ishlab chiqarish quvvatini sinovdan o‘tkazdi. Lekin bu davrda chiqqan 

mahsulotni  sotuvga  chiqarmadi.  Qo‘shma  korxona  dastlabki  oyda  o‘z  mahsulotiga 

ISO  9001-2001  sertifikaniki  oldi,  ammo  bu  jarayondagi  chiqqan  mahsulot  ham 

sotuvga chiqarilmadi.  Lekin bu davrda sarflangan material xarajatlarni ham hisobini 

chiqarish  kerak.  Bu  masalani  menejerlar  sarflangan  barcha  material  xarajatlarni 

tashkiliy  xarajatlarga  kiritish  yo‘li  bilan  hal  qilishni  taklif  qilishdi.  Chunki  ishlab 

chiqaish  ishchilarining  barchasi  sinov  muddatini  o‘tayotgani  sababli  boshqa 

xarajatlarga yo‘l qo‘yilmagan. 

Korxona mamlakatimiz bozorida hali yangi bo‘lganligi tufayli tovarlar Janubiy 

Koreya  respublikasidan  keltiriladi.  Tovar  moddiy  zahiralarni  bojxonadan  o‘tgandan 

so‘ng  barcha  yig‘im  va  bojlar  bilan  qo‘shib  o‘sha  kungi  markaziy  bank  kursi  bilan 

o‘zbek  so‘mida  omborga  kirim  qilinadi.  Chunki  mareiallar  to  omborga  kelib 

tushgunga qadar AQSH dollarida hisobga olinadi (1-ilova). 

Ilovadan  ko‘rinib  turibdiki  ―O‘z  Hanwoo  Engeenering‖  korxonasida  ―GM 

O‘zbekiston‖  avtomobillari  uchun  23  turdagi  troslar  ishlab  chiqariladi.  Bu  loyihani 

korxona  tenderda  yutib  olgan  bo‘lib,  oktabr  oyidan  boshlab  mol  yetkazib  berishni 

boshlaydi.  TMZ  larning  avvalroq  keltirilganligining  sababi  shundaki,  to  maxsulot 

yetkazib  berish  muddati  yetmagunga  qadar  korxona  sinov  maxsulotlarini  chiqarib, 

tajriba orttirishi va yuqorida aytib o‘tkanimizdek o‘z maxsulotlari uchun ISO 9001-

2001 sertifikatini olishi kerak. 

Korxonaning  materiallar  bilan  bog‘liq  operatsiyalarining  yana  bir  o‘ziga  xos 

tomoni  shundaki,  mol  yetkazib  beruvchilardan  materiallar  komlekt  holda  va  bir 




35 

 

bahoda  olinadi.  Ya‘ni  bir  tayyor  mahsulotga  ketadigan  hamma  materiallar  bir 



komplekt  holda  va  komplekt  bahosida  keladi  (2-ilova).  Bu  ortiqcha  hisob-kitoblarni 

bajarish  zaruruyatini  qisqartiradi.  Lekin  buning  boshqa  zararli  tomonlari  ham  borki, 

bu kuzatuvimiz oxide ma‘lum bo‘ladi. 

Ko‘rinib  turibdiki,  har  bit  komlektda  11  –  15  turdagi  materiallar  birlashgan 

bo‘ladi. Bular trosning asosiy sim o‘rami, tashqi qoplamasi, mahkamlagish va boshqa 

7  –  10  turdagi  mustahkamlash  kichik  materiallaridir.  Ularning  bir  trosga  qancha 

miqdorda  sarflanishiga  qarab,  komplektga  kiritiladi.  Materiallarning  asosiy  qismini 

INNER deb nomlangan ichki o‘rama simi, OUTER nomli tashqi qoplama charmi va 

ayrim  troslar  uchun  LINNER  ushlagichi  sanaladi.  Shuning  uchun  ham  bu 

materiallarning  kodi  tros  kodi  bilan  bir  xil.  Lekin,  yana  bir  narsani  ta‘kidlab  o‘tish 

kerakki,  materiallarning  kengaytirilgan  hisobotida  har  bir  qism  uchun  alohida  tartib 

raqami (Hanwoo qism t/r) berilib, kodlari (KD va HS) asosida ajratib ko‘rsatiladi. 

―O‘z  Hanwoo  Engeenering‖  ning  ilk  material  zahiralari  2012  yilning  avgust 

oyi  oxirida  yetib keldi. Korxona buxgalteriyasitovar  moddiy  zahiralarni  2012  yil 28 

avgust kungi markaziy bank kursi bilan omborga kirim qildi (3-ilova). 

Ilovadagi  ma‘lumotlar  1926.04  so‘m

4

  ga  ko‘paytirib,  so‘mga  o‘girilgan. 



Keltirilgan materiallarning AQSH dollaridagi bahosi ichida bojxona bojlari va tashib 

keltirish  xarajatlari  mavjud  bo‘lganligi  uchun  materiallar  narxi  ortiqcha  hisob-

kitoblarsiz so‘mga aylantiriladi. 

Korxona dastlabki sinov davrida TMZ larning bir qismidan foydalandi. Lekin 

bu davrdagi tayyor maxsulotlarni sotmadi. 

Rasman  1  oktabrdan  boshlab,  korxona  maxsulot  ishlab  chiqara  boshladi. 

Birgalikda  tros  ishlab  chiqarish  sexini  ishini  kuzatsak.  ―O‘z  Hanwoo  Engeenering‖ 

hozircha  ikki  smenada  ishlayapti,  keyinchalik  uch  smenali  tizimga  o‘tishni 

rejalashtirishgan. 

1-smena ish vaqti boshlanishidan 20 daqiqa oldin tros sexi katta ustasi material 

olish uchun talabnoma olib keladi. Unda qanday turdagi materialdan qancha kerakligi 

va  oluvchi  usta  rekvizitlari  bo‘ladi  (yuqorida  bu  hujjat  haqida  batafsil  to‘xtalib 

                                                           

4

 28.08.2012 y. kuniga Markaziy bank kursi (1 AQSH dollari) 




36 

 

o‘tganmiz).  Ombor  xodimi  talabnomaga  (M  10)  asosan  kerakli  materiallarni  beradi 



va  buni  o‘z  jurnalida  belgilab  qo‘yadi.  Ta‘kidlanayotganidek,  materiallar  komplekt 

tarzda va so‘mda beriladi (4-ilova). 

Omborchi  har  smena  yakunida  materiallardagi  o‘zgarishlarni  (M  22a  yoki 

M34)  buxgalteriyaga  ma‘lum  qiladi.  Buxgalteriya,  4  –  ilovaga  binoan  materiallarni 

hisobdan chiqaradi.  

Korxona  hisob  siyosatiga  ko‘ra  materiallar  o‘rtacha  tortilgan  qiymat  usuli 

asosida hisobdan chiqaradi. Buning boyisi bu hisobot yili korxonaning ilk ish yilidir. 

O‘rtacha  tortilgan  qiymat  usulini  qo‘llashning  yana  bir  sababi  -    korxonaga 

materiallarning  kelish  oralig‘i  ancha  vaqt  (3  oyda  bir  marta)  ni  tashkil  etkanligidir. 

Bunday holatda boshqa har ikkala usulni qo‘llash ham turli yo‘qotishlarga olib kelishi 

mumkinligi  e‘tiborga  olingan.  Masalan,  FIFO  usuli  qo‘llanilganda  materiallar 

partiyasi almashganda mahsulot tannarxining keskin oshishi (pasayishi) yuz beradi va 

natijada  korxonaning  bozordagi  talabi  kamayadi  (ko‘payadi).  Nihoyada  esa 

korxonada  tayyor  mahsulot  ortiqchaligi  (taqchilligi)  yuzaga  keladi.  Agar  korxonada 

so‘nggi  xarid  narxlarida  baholash  usulidan  foydalansa  ham,  korxona  omboridagi 

materiallar qoldig‘i birinchi kirim narxlarida qolib, bir necha vaqtdan so‘ng omborda 

arzon  narxda  ko‘p  materiallar  qoladi.  Moliyaviy  natijalarda  ham  tannarxni  sun‘iy 

ko‘tarilib ketishiga olib keladi. 

Ilovadan ma‘lum bo‘lyaptiki, har smenada har bir  material komplektidan turli 

miqdorda  olinadi  (maxsulot  talabiga  asosan).  Odatda,  smena  davomida  olingan 

hamma material komplektlar to‘liq sarflanadi. 

―O‘z  Hanwoo  Engeenering‖  ning  hisobot  yiliga  tayyorlagan  moliyaviy 

hisobotlarni  kuzatar  ekanmiz,  korxona  ilk  ish  yilida  foydaga  erisha  olmaganini 

ko‘ramiz.  Bunga  turlicha  sabablar  mavjud.  Masalan,  korxona  moliyaviy  natijalar 

to‘grisidagi  hisobotidan  ko‘rinib  turganidek,  bu  hisobot  davrida  korxonaning  davr 

xarajatlari    ko‘payib  ketgan.  Buning  sababi  yuqorida  aytib  o‘tkanimiz  – 

menejerlarning  sinov  muddatidagi  asosiy  xarajatlarni  tashkiliy  xarajatlarga 

kiritganidir. 




37 

 

Yana  bir  asosiy  ko‘zga  ko‘rinib  turgan  holat  valyuta  kursidan  ko‘rilayotgan 



katta zarar (47 861 100 so‘m) dir. Buning sababi korxona materiallarni AQSH dollari 

hisobida  sotib  olib,  so‘mda  kirim  qiladi.  Vaqt  davomida  sarflarni  milliy  valyutada 

olib  borib,  yakunda  tayyor  mahsulotni  ―GM  O‘zbekiston‖  ga  ham  AQSH  dollarida 

sotadi. Ma‘lumki, korxona hisobotlari so‘mda yuritilgan. Bundan tabiiy ravishda kurs 

farqidan zarar ko‘payib ketgan. 

Korxona  moliyaviy  natijalarining  zarar  bilan  yakunlanishi  birinchi  ish  yili 

uchun  tabiiy  bo‘lsada,  baribir  bunday  katta  miqdordagi  zarar  (118 802 300  so‘m) 

korxonaning hisob tizimida yoki ishlab chiqarish texnologiyasida hali ko‘p izlanishlar 

qilinishi  zarurligini  ko‘rsatadi.  Korxonada  katta  soliq  imtiyozlari  mavjud  bunday 

vaziyatda  shunday  imkoniyatli  yillarda  katta  foyda  olish  o‘rniga  zarar  bilan  chiqib 

imtiyozli yillarni boy berishi ham potensial investor va korxonaning o‘zi uchun katta 

yo‘qotishdir. 

Korxona balansi qisqa davrni o‘z ichiga olgan bo‘lsa ham balans  mablag‘lari 

aylanmasi katta bo‘lganligidan korxona kelgusi davrlarda o‘z  faoliyatini foyda bilan 

yakunlanishini tahmin qilishga imkon yaratadi. Korxona balansidagi qarzlar va zarar 

summasi aylanmaga nisbatan hech qancha foizni tashkil etmasligi ham bunga kafolat 

beradi. 


Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish