Drew Inc.ning 2014 yil uchun moliyaviy ehtiyojlarini prognoz qilishda
savdolar foizi metodidan foydalanish
Yakunida, biz korxonaning ixtiyoriy moliyalashtirish ehtiyojlarini (IME) moliyaviy prognozda sotuvlar hajmi foizi metodini ishlatgan holda baholab, ushbu toʻrt qismga boʻlamiz:
1-qism: Korxonaning sotuv darajasiga toʻgʻridan toʻgʻri bogʻliq boʻlgan har bir aktiv va passiv hisoblarning koʻrinishini joriy yildagi sotuv hajmining foizi koʻrinishiga oʻzgartirish.
2-qism: Buxgalterlik hisobotidagi har bir aktiv va passiv hisob koʻrsatkichlarini uning sotuv hajmidagi foizini aks ettirilgan sotuvga koʻpaytirish orqali tasvirlash, yoki hisob sotuv darajasiga bogʻliq boʻlmagan hollarda hisob balansini oʻzgarishlarsiz qoldirish.
3-qism: Korxonaning operatsiyalarini moliyalashtirishda yordam berish uchun taqsimlanmagan foydaga qoʻshimchalarni aks ettirish. Ushbu koʻrsatkich berilgan muddatdagi aks ettirilgan sof foydadan rejalashtirilgan umumiy aksiyalarning dividendini ayirishdan kelib chiqadi.
143
4-qism: Korxonaning IME aks ettirilgan umumiy aktivlar ayrilgan aks ettirilgan majburiyatlar va ustav fondi.
Rentabellikning va dividend siyosatining IMEga koʻrsatadigan ta’siri
tahlili
Ixtiyoriy moliyalashtirish ehtiyoji (IME)ni tasvirlab, biz aks ettirilgan moliyaviy talablarimizni asosiy oʻzgaruvchilarga qanchalik bogʻliqligini tezgina bilib olamiz. Masalan, oldingi misolda keltirilgan ma’lumotlarga asoslanib, sof foyda marjasi (SFM) 1%ga, 5%ga, va 10%ga tengboʻlgan holatlarni dividend toʻlovlari koʻrsatkichi 30%, 50% hamda 70% boʻlgan holatlar bilan birga birikmasi orqali ta’siri quyidagicha boʻlishini koʻramiz:
Turli sof foyda marjalari va dividend toʻlovlari uchun kerak boʻlgan ihtiyoriy moliyalashtirish.
|
|
|
DIVIDEND
|
TOʻLOVLARI
|
KOʻRSATKICHI=
|
|
Sof
|
foyda DIVIDENDLAR + SOF FOYDA
|
|
|
marjasi
|
|
30%
|
50%
|
70%
|
|
1%
|
$716,000
|
$740,000
|
$764,000
|
|
5%
|
380,000
|
500,000
|
620,000
|
|
10%
|
(40,000)
|
200,000
|
440,000
|
Agar ushbu SFM korxonaning boshidan oʻtkazishi mumkin boʻlgan qiymatlar diapazonining oqilona baholanishi boʻlsa, va korxona dividend toʻlovlarini 30%dan 70%gacha oʻzgarishini qabul qilsa, unda biz korxonaning moliyaviy talablarini $40,000 dan $764,000 gacha baholay olamiz. SFM qancha kichik boʻlsa, shuncha koʻproq moliyalashtirish talab qiladi.Shuningdek, boshqa koʻrsatkichlar oʻzgarmagan holda, dividend toʻlovlari foizi qancha koʻp boʻlsa, shuncha koʻp ihtiyoriy moliyalashtirishga talabni oshiradi.Ushbu holat, katta dividend toʻlaydigan korxona kamroq daromadga ega boʻlishidan kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |