Moliyaviy koeffitsiyentlar klassifikatsiyasi
Moliyaviy koeffitsiyentlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar
Moliyaviy “dastak” samarasi
1. Moliyaviy koeffitsiyentlar klassifikatsiyasi
Moliyaviy hisob va buxgalteriya hisobining asosiy prinsiplari va amaliy normalari o‘rtasidagi mavjud farqqa qaramay, firmaning moliyaviy hisobotlarida uning moliyaviy ahvoli, o‘tmishdagi xo‘jalik faoliyati samaradorligi to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘ladi va ular rahbarlarga kompaniyaning bo‘lajak ishini tahlil qilish va istiqbollarini belgilashda, albatta, asqotadi. Kompaniyaning moliyaviy hisobotlari asosida kompaniya faoliyatining moliyaviy natijalarini tahlil qilishda bir qator maxsus koeffitsiyentlardan foydalaniladi va bu koeffitsiyentlar yordamida turli kompaniyalar ko‘rsatkichlarini yoki bitta kompaniyaning turli yillardagi ko‘rsatkichlarini taqqoslash mumkin.
Mazkur koeffitsiyentlardan foydalanib, firma faoliyati samarador-ligining quyidagi beshta asosiy jihatlarini tahlil ilish mumkin:
Rentabellik (profitability);
Aktivlarning aylanuvchanligi (asset turnover);
O‘z mablag‘i yoki qarz olingan mablag‘lardan moliyalashtirish yoki moliyaviy “dastak” (moliyaviy leverij) (financial leverage);
101
Likvidlik (liquidity);
Bozor qiymati (bahosi) (market value).
1-jadvalda (navbatdagi betga qarang) ushbu koeffitsiyentlarning barchasi va “XYZ” korporatsiyasi uchun ularni hisoblab chiqarish misollari ko‘rsatilgan.
Jadvalda birinchi bo‘lib, rentabellik (yoki daromadlilik) koeffi-tsiyenti keltirilgan. Tahlil davomida firma sotish rentabelligi koeffi-tsiyentini (return on sales), uning aktivlari rentabelligi (return on assets) yoki kapital daromadliligini (return on equity) aniqlash mumkin. Birinchi va ikkinchi holatda foyda ko‘rsatkichi sifatida foizlar va soliqlarni to‘lashdan oldingi korporatsiya foydasi olinadi (EBIT — earnings before interest and taxes), oxirgi holatda esa – sof foyda olinadi. Bundan tashqari, agar moliyaviy koeffitsiyentni hisoblab chiqish uchun asos bo‘ladigan bitta ko‘rsatkich kompaniya faoliyatining moliyaviy natijalari to‘g‘risidagi hisobotdan olingan bo‘lsa, demak ma’lum davrni ifodalaydi. Ikkinchi komponent esa balansdan olinadi va kompaniyaning ma’lum vaqtdagi moliyaviy ahvolini aks ettirsa, u holda, odatda, yil oxiri va yil boshidagi balans ko‘rsatkichlarining o‘rtacha arifmetik soni (qiymati) hisoblab chiqa-riladi va bu son maxraj sifatida ishlatiladi.
Bundan keyin jadvalda aktivlar aylanuvchanligi koeffitsiyenti keladi. Ular yordamida firma daromad olish maqsadida o‘z aktivlaridan qanchalik samarali foydalanayotganini aniqlash mumkin. Aktivlar aylanuvchanligi – bu umumiy mezon. Debitorlik qarzi aylanuvchanligi va tovar-moddiy zaxiralar aylanuvchanligi esa tegishli toifadagi aktivlarni baholash uchun qo‘llaniladigan maxsus mezonlardir.
Keyin jadvalda moliyaviy “dastak” koeffitsiyentlari sanab o‘tilgan bo‘lib, ular firma kapitali tuzilmasini va firmaning kreditorlar oldida qarzdorligi darajasini aks ettiradi. Qarzdorlik koeffitsiyenti kapital tuzilmasini o‘lchashga xizmat qiladi. Foizlarni qoplash koeffitsiyenti yordamida esa firmaning foiz to‘lovlari bo‘yicha xarajatlarni ko‘tara olish qobiliyatini o‘lchash mumkin.
13.1-jadvaldagi to‘rtinchi guruh koeffitsiyentlari likvidlik koeffi-tsiyentlaridan tashkil topgan. Bu koeffitsiyentlar firma o‘zining qisqa muddatli majburiyatlari bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga, yoki o‘z hisob varaqlari bo‘yicha to‘lashga va shundan keyin to‘lovga qodir bo‘lib qolishini baholash uchun ishlatiladi. Likvidlik darajasini baholashga xizmat qiladigan asosiy koeffitsiyentlar – bu joriy likvidlik koeffitsiyenti va ancha aniqroq hisoblanadigan kritik baholash koeffitsiyentlari (yoki lakmus qog‘oz koeffitsiyenti) bo‘lib, ular yordamida eng yuqori likvidlikka ega aylanma aktivlar: pul mablag‘lari va bozor qimmatli qog‘ozlari baholanadi.
102
Do'stlaringiz bilan baham: |