Moliya”fanidan O’quv-uslubiy majmua



Download 5,79 Mb.
bet65/138
Sana12.07.2022
Hajmi5,79 Mb.
#781929
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   138
Bog'liq
“Moliya” kafedrasi

5-nazorat uchun savol

Kompaniyaning moliyaviy hisobotlariga ilova qilinadigan tushun-tirish xatlari va eslatmalardan kompaniya to‘g‘risidagi qanday foydali ma’lumotlarni olish mumkin?





  1. Masalan, ular eskirish hisoblashda chiziqli yoki tezlashtirilgan tartibda hisoblash usulidan yoki tovar-moddiy boyliklarni baholash uchun chuyidagi usullardan foydalanishlari mumkin: LIFO, FIFO va b.

95
12-mavzu. Moliyaviy hisobotlardagi farqlanuvchi




holatlar


Reja:

  1. Bozor va balans bahosi (qiymati) o‘rtasidagi farq

  2. Foydaning buxgalteriya va iqtisodiy mezonlari




  1. Aksiyadorlik daromadliligi va aksiyadorlik kapitali daromadligi o‘rtasidagi farq


  1. Bozor va balans bahosi (qiymati) o‘rtasidagi farq

Buxgalteriya hisobi qoidalariga muvofiq ko‘rsatilgan kompaniya aktivlari va aksiyadorlik kapitali qiymati balans (bahosi) qiymati (book value) deb ataladi. Kompaniya bitta aksiyasining balans qiymati – bu firmaning rasmiy balansida aks ettirilgan aksiyadorlik kapitali umumiy summasini (so‘mda) muomaladagi oddiy aksiyalar soniga bo‘lish natijasida olingan qiymatdir.


Ma`lumotlardan ko‘rinib turibdiki, “XYZ” korporatsiyasi aksiyalarining 20x1 yil oxiri holatiga balans qiymati (bahosi) 313,40 so‘mni tashkil etgan. Ammo xuddi shu vaqtga ularning bozor qiymati (bahosi) atigi 187,20 so‘mga teng bo‘lgan. Investorlar “XYZ” korporatsiyasining bitta aksiyasi uchun to‘lashga tayyor bo‘lgan summa aynan shu summa hisoblanadi. Ammo bu qiymat kompaniyaning rasmiy balansida aks ettirilmaydi.


Bu yerda quyidagi savollarning tug‘ilishi, tabiiy: nima sababdan aksiya-larning bozor va balans qiymati (bahosi) ko‘rsatkichlari bir-biridan farq qiladi? Va mas’uliyatli moliyaviy qaror qabul qilishi lozim bo‘lgan shaxs uchun bu qiymat (baho)lardan qaysi biri muhimroq?


Ushbu masalalar juda muhim bo‘lganligi uchun ularni batafsil o‘rganamiz. Dastlab shuni qayd etish lozimki, aksiyalarning bozor qiymati (bahosi) doim


ham ularning balans qiymati (bahosi)ga mos kelmasligiga quyidagi ikkita asosiy sabab bor:





  • Balans qiymati firmaning barcha aktivlari va majburiyatlarini o‘z ichiga olmaydi;




  • Firmaning rasmiy balansiga kiritilgan aktivlar va majburiyatlar ko‘p hollarda joriy bozor qiymati bo‘yicha emas, balki dastlabki qiymati bilan baholanib, ulardan amortizatsiya chiqarib tashlanadi.

Endi asosiy e’tiborimizni ana shu ikkala sababni batafsil ko‘rib chiqishga qaratamiz.


Birinchidan, buxgalteriya balanslarida, ko‘pincha, muhim iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan aktivlar qayd etilmaydi. Xususan, kompaniya ishlab chiqaradigan tovarlar sifati va ishonchliligi orqasida kompaniya orttirgan obro‘ ularda aks ettirilmaydi. Shuningdek, agar firma ilmiy-texnik taraqqiyotga katta mablag‘ sarflab, ma’lum ilmiy baza yaratishga erishgan bo‘lsa, bu ham balansda o‘z ifodasini topmaydi. Yuqorida tilga olingan aktivlar nomoddiy aktivlar (intangible assets) deb ataladi va ayonki, ular firmaning bozor qiymati (bahosi)


96
oshishiga ko‘p jihatdan ta’sir qiladi va ular moliyaviy qaror qabul qilishda e’tiborga olinishi kerak.


Buxgalterlar o‘z firmasi balansiga ba’zi nomoddiy aktivlarni kiritadilar. Ammo bu narsa ularning bozor qiymati (bahosi) bo‘yicha amalga oshirilmaydi. Masalan, firma boshqa firmadan patent sotib olsa, patent qiymati (bahosi) balans aktivining tegishli qismida aks ettiriladi va unga amortizatsiya ajratmalari (chegirmalari) hisoblanadi. Bundan tashqari, kompaniya boshqa kompaniyani uning balans qiymati (bahosi)dan qimmat (yuqori) bahoda sotib olsa, buxgalter sotib oluvchi firma balansiga nomoddiy aktivni qo‘shadi. Bu aktiv gudvil yoki firmaning ishbilarmon sifatida obro‘si (goodwill) deb ataladi. Firmaning ishbilarmon sifatida obro‘si – bu u sotib olingan bozor qiymati (bahosi) va uning balans qiymati (bahosi) o‘rtasidagi farqdan iboratdir. Ammo, yuqorida tilga olingan, buxgalteriya balansida aks ettiriladigan nomoddiy aktivlardan farqli o‘laroq, ko‘plab boshqa aktivlar borki, ular buxgalteriya balansida qayd etilmaydi.


Bundan tashqari, buxgalteriya balanslarida firma uchun iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan uning ko‘plab majburiyatlari aks ettirilmaydi. Masalan, balansda firma sud jarayonida javobgar sifatida qatnashayotgani o‘z ifodasini topmaydi. Bunday shartli majburiyatlarning mavjudligi va ularning hajmi, nari borsa, moliyaviy hisobotga ilovada ko‘rsatiladi.


Keling, endi moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayonida baho (qiymat)larning qaysi biri inobatga olinishi kerakligini ko‘rib chiqamiz – bozor bahosi (qiymati)mi yoki balans bahosi (qiymati)? Deyarli barcha hollarda bozor bahosi (qiymati) hisobga olinadi. Masalan, faraz qilaylik, “Alfa” kompaniyasi bundan uch yil avval 39,0 mln. so‘mga kompyuterlar uchun sistema bloki korpuslari ishlab chiqaradigan uskuna sotib oldi va bugungi kunga kelib, ushbu uskunaning balansi qiymati (bahosi) uch yillik amortizatsiyani inobatga olganda 26,0 mln so‘mga teng. Ammo, zamonaviy ishlab chiqarish jarayonida yuz berayotgan kompyuter korpuslari ishlab chiqarish texnologiyasidagi o‘zgarishlar sababli ushbu uskunaning bozor qiymati (bahosi) 12,0 mln so‘mdan oshmaydi.


Endi faraz qiling, Siz eski uskunani zamonaviy uskunaga almashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilishingiz kerak. Xo‘sh, bunda taqqoslash uchun qaysi qiymat (baho)ni inobatga olish kerak? Agar soliq to‘lash masalasini hisobga olmasak, bizga iqtisodiy nazariyaning asosiy prinsiplaridan ma’lumki, aktivlarning haqiqiy qiymati (bahosi)ni hammadan aniq ulardan foydalanishning eng yaxshi muqobil varianti ko‘rsatib beradi. Ayonki, ushbu muqobil qiymat (baho) balansda ko‘rsatilgan qiymat (baho)ga nisbatan uskunaning bozor qiymati (bahosi)ga (12,0 mln so‘m.) eng yaqin qiymat (baho)dir.


Boshqa bir misol. Bu safar pech ishlab chiqarish uchun mis tovar-moddiy zaxiralari bilan bog‘liq vaziyatni ko‘rib chiqamiz. Aytaylik, yil boshda Siz mis uchun 29,0 mln.so‘m to‘ladingiz. Ammo bugungi kunga kelib, uning bozor qiymati (bahosi) 60,0 mln. so‘mgacha ko‘tarildi. Navbatdagi ishlab chiqarish qarorini qabul qilishda ushbu ko‘rsatkichlarning qaysi biriga asoslanish to‘g‘ri bo‘ladi? Bu holda ham dastlabki narx (29,0 mln. so‘m) e’tiborga olinmaydi. Bu paytga kelib Siz misni sotib yuborgan bo‘lishingiz mumkin. Yangi partiyani esa


97
faqat 60,0 mln. so‘mga sotib olsangiz bo‘ladi. Shunday qilib, sotib olingan metalni ishlatar ekansiz, aslida Siz ishlab chiqa-rishda haqiqiy bahosi 60,0 mln.so‘m bo‘lgan resursni sarflaysiz.


Vaziyatga qarab, bozor qiymati (bahosi) va balans qiymati (bahosi) o‘rtasidagi farq juda katta bo‘lishi mumkin. Masalan, agar so‘z pul mablag‘lari to‘g‘risida ketsa, farq deyarli bo‘lmaydi. Asosiy vositalar, ya’ni zavod inshootlari va uskunalari to‘g‘risida ketganda esa, farq juda katta bo‘lishi mumkin. Aslida shunday bo‘ladi ham. Demak, aktivlarning bozor va balans qiymati (bahosi) o‘rtasidagi farq to‘g‘ridan-to‘g‘ri aktivlar turiga bog‘liq va moliyaviy qaror qabul qilish jarayonida, mumkin bo‘lsa, ularning aynan bozor qiymati (bahosi)ni inobatga olish kerak.


Shuni alohida qayd etish kerakki, so‘nggi yillarda buxgalterlar hisobotlarni ko‘proq aktivlar va majburiyatlarning bozor qiymati (bahosi) asosida olib bormoqdalar. Bu esa buxgalteriya ma’lumotlaridan moliyaviy qaror qabul qilishda


foydalanish mumkinligidan dalolat beradi. Shu nuqtai-nazardan, korporatsiyalarning pensiya fondlariga kirgan aktivlari bugungi kunda balanslarda dastlabki sotib olingan qiymati (bahosi) bo‘yicha emas, balki o‘zining bozor qiymati (bahosi) bo‘yicha aks ettirilishini aytishning o‘zi kifoya. Amaliyotda bozor narxlarining joriy o‘zgarishini qayd qilish va ular asosida hisobot tuzish uchun firmaning aktivlari va majburiyatlarini har kuni qayta baholash jarayoni joriy narxlar asosiyda qayta baholash deb nom olgan (marking to market).



Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish