Moliya”fanidan O’quv-uslubiy majmua


Yillarning 31 dekabr holatiga “XYZ” korporatsiyasi balansi



Download 5,79 Mb.
bet59/138
Sana12.07.2022
Hajmi5,79 Mb.
#781929
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   138
Bog'liq
“Moliya” kafedrasi

Yillarning 31 dekabr holatiga “XYZ” korporatsiyasi balansi

(mln. so‘mda)





Aktivlar

20x0

20x1

O‘zgarish

Aylanma (joriy) aktivlar










Pul mablag‘lari va bozor (qisqa muddatli)

100,0

120,0

20,0

qimmatli qog‘ozlari










Debitorlik qarzlari

50,0

60,0

10,0

Tovar-moddiy zaxiralar

150,0

180,0

30,0




Jami aylanma aktivlar

300,0

360,0

60,0

Asosiy vositalar

400,0

490,0

90,0

Hisoblangan eskirish

100,0

130,0

30,0

Asosiy vositalarning qoldiq qiymati

300,0

360,0

60,0




Jami aktivlar

600,0

710,0

120,0

Majburiyatlar va xususiy kapital










Qisqa muddatli majburiyatlar










Kreditorlik qarzlari

60,0

72,0

12,0

Banklarning qisqa muddatli kreditlari

90,0

184,6

94,6




Jami qisqa muddatli majburiyatlar

150,0

256,6

106,6

Uzoq muddatli majburiyatlar (to‘lash mudda-

150,0

150,0

0,0

ti 20x7 yilga belgilangan 8%li obligatsiyalar)










Aksiyadorlik kapitali (muomaladagi 1 mln.

300,0

313,4

13,4

aksiya)










Kapitalning to‘langan qismi

200,0

200,0

0,0

Taqsimlanmagan daromad

100,0

113,4

13,4

Ma’lumot uchun:










Oddiy aksiyalarning bozor kursi, so‘mda

200,0

187,2

-12,8

87










Keyingi o‘rinda aylanma bo‘lmagan aktivlar, ya’ni kompaniyaning asosiy vositalari keladi. Bu guruhga, shuningdek, yer, zavod binolari va asbob-uskunalari kabi modda (qism)lar kiradi74. Biz tahlil qilayotgan balansga ko‘ra bino va asbob-uskunalarning amortizatsiyani chegirib tashlagandagi qiymati 300,0 mln. so‘mni tashkil etadi. Shunday qilib, korporatsiyaning jami aktivlari 600,0 mln. so‘mga teng.

Bundan keyin balansda “XYZ” korporatsiyasining majburiyatlari aks ettiriladi. To‘lovini bir yil ichida amalga oshirishi kerak bo‘lgan majburiyatlar qisqa muddatli majburiyatlar deb ataladi. Ba’zida ularni qisqa muddatli qarz deb atashadi. “XYZ” korporatsiyasi uchun bu ko‘rsatkich to‘lanishi kerak bo‘lgan hisoblar (ya’ni, korporatsiya o‘z mahsulot (mol) yetkazib beruvchilariga to‘lashi kerak bo‘lgan summa – 60,0 mln. so‘m, shuningdek, ular kreditorlik qarzlari deb ataladi) va kompaniyaning qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha qarzi (90,0 mln. so‘m) summasidan iborat.


Aylanma aktivlar va qisqa muddatli majburiyatlar o‘rtasidagi farq sof aylanma kapital deb ataladi. Balansda bu ko‘rsatkich alohida aks ettirilmaydi. Ammo uni hisoblash juda oson. Demak, sof aylanma kapital summasi 20x0 yil oxiriga 150,0 mln. so‘mni tashkil etgan. Buning uchun biz joriy aktivlar ko‘rsatkichidan (300,0 mln. so‘m) joriy majburiyatlarni (150,0 mln. so‘m) ayirdik.


So‘ng “XYZ” korporatsiyasi balansining majburiyatlar guruhida uzoq muddatli qarzlar yoki uzoq muddatli majburiyatlar ko‘rsatilgan. Bular nominal qiymati 150,0 mln. so‘m va to‘lash muddati 20x7 yil deb belgilangan obligatsiyalardir. Ushbu majburiyatlar bo‘yicha korporatsiya belgilangan yillik 8% stavkasini to‘laydi. Bu degani “XYZ” korporatsiyasining obligatsiyalarga doir foizlarni to‘lash bo‘yicha har yillik xarajat 12,0 mln. so‘mni tashkil etadi, demakdir. Bu xarajatlar “XYZ” korporatsiyasi faoliyatining moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotida aks ettiriladi.


Korporatsiya balansidagi aks ettirilishi lozim bo‘lgan ma’lumot-larning eng oxirgi kategoriyasi uning xususiy (aksiyadorlik) kapitalidir. Unga ko‘ra kapitalning to‘langan qismi, ya’ni o‘tmishda oddiy aksiyalarni muomalaga chiqarish natijasida olingan summa 200,0 mln. so‘mni tashkil etgan. Kompaniya biznesini rivojlantirishga yo‘naltirilgan taqsimlanmagan (ushlab qolingan) daromad, ya’ni olingan foydaning jami ko‘rsatkichi esa – 100,0 mln. so‘mga teng bo‘lgan.


Endi 20x0 31 dekabrdan 20x1 yil 31 dekabrgacha “XYZ” korporatsiyasi balansida yuz bergan o‘zgarishlarni ko‘rib chiqamiz. 11.2-jadvaldagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, mazkur davr oralig‘ida jami aktivlar 20%ga oshgan. Shuningdek, to‘lanishi kerak bo‘lgan hisobvaraqlari bo‘yicha qarzdorlik ham ortgan. Bir vaqtning o‘zida, qisqa muddatli qarzlar bo‘yicha qarzdorlik 94,6 mln. so‘mga oshgan bo‘lsa, uzoq muddatli qarz majburiyatlari summasi oldingidek, ya’ni 150,0 mln. so‘m miqdorida qolgan. Shu davr mobaynida aksiyadorlik kapitali ham 13,4 mln. so‘mga, ya’ni kompaniya biznesni




74 Mamlakatimizda qabul qilingan hisobot shakllarida dastlab uzoq muddatli, keyin esa joriy aktivlar keltiriladi.

88
rivojlantirish uchun qoldirgan taqsimlanmagan sof foyda summasiga teng miqdorda ortgan. Bu davrda yangi aksiyalar chiqarilmagan. Shuning uchun kapitalning to‘langan qismi ko‘rsatkichi o‘zgarishsiz qolgan.



Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish