Moliya”fanidan O’quv-uslubiy majmua


Korporativ menejmentning asosiy vazifasi va uning moliyaviy jihatlari



Download 5,79 Mb.
bet14/138
Sana12.07.2022
Hajmi5,79 Mb.
#781929
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   138
Bog'liq
“Moliya” kafedrasi

Korporativ menejmentning asosiy vazifasi va uning moliyaviy jihatlari Oxir oqibat korporatsiyaning boshqaruv xodimlarini aksiyadorlar direktorlar

kengashi orqali ish tutib yollar ekanlar, menejerlarning asosiy vazifasi imkon qadar aksiyadorlar manfaatlarini ko‘zlab qaror qabul qilishdan iborat. Ammo bu korporatsiya menejerlarining yagona vazifasi emas. Jamiyatning har bir a’zosi singari, ular ham qonunlarga rioya qilishlari, odob-axloq qoidalarini hurmat qilishlari va zaruratga ko‘ra, albatta, agar bu aksiyadorlar tomonidan katta sarf-xarajatlarga olib kelmasa, turli ijtimoiy vazifalar bajarilishiga ko‘maklashishlari kerak.


Biroq, korporativ menejment maqsadlarini faqat aksiyadorlar manfa-atlariga xizmat qilish bilan cheklab qo‘yilganda ham, unga erishish usullarini aniq belgilashning iloji yo‘q. Aslini olganda, menejerlar kompaniya egalari bilan har bir masalani, shu jumladan, kompaniya tovarlari va xizmatlari assortiment17ini tanlash, kapital jalb qilish bo‘yicha sarf-xarajatlarni belgilash masalalarini muhokama qilishlari, ulardan eng maqbul variantlar qaysiligini so‘rashlari mumkin. Unday bo‘lsa, kompaniya egalari firmani o‘zlari boshqarganlarida qanchalik muta-saddi bo‘lsalar, biznesni boshqarishga qancha vaqt sarf qilsalar, shuncha darajada mutasaddi bo‘lib, shuncha vaqt sarflagan bo‘lar edilar va mene-jerlar mehnatidan foydalanishdan ma’no qolmagan bo‘lar edi.


Bundan tashqari, bir necha kishi boshqaradigan firma uchun bunday yondoshuv mos (mumkin) bo‘lsa ham, aksiyadorlari soni juda ko‘p firmalarda buning deyarli iloji yo‘q. Axir dunyoda millionlab aksiyadorlari jahon-ning turli mamlakatlarida yashaydigan ulkan xalqaro korporatsiyalar mavjud. Shunday qilib, menejerlar faoliyatini tartibga solish bo‘yicha asosiy vazifa yoki qoidani ishlab chiqish juda muhim masala bo‘lib, bunday qoida menejerlar firma boshqaruviga taalluqli u yoki bu masala yuzasidan aksiyadorlar o‘rtasida doimo so‘rov o‘tkazishlariga ehtiyoj qoldirmasligi kerak.


Avvalambor, mazkur qoida samarali bo‘lishi uchun uni bajarish mene-




16Adam Smit, The Wealth of Nations (Chicago: University of Chicago Press, 1977).



  1. “Assortiment” fransuzcha “assortiment” – terma, yig‘ma, to‘plam, saralangan. Tovar va xizmatlarning turli xillari, nomlari va navlariga ko‘ra to‘plami. Qarang: o‘sha manba. J.I. –B.110

21
jerlardan aksiyadorlarning riskka moyilligini ham, biznesni boshqarish bo‘yicha kundalik amaliyotning boshqa masalalari yuzasidan ularning fik-rini bilishlarini ham talab etmasligi kerak. Chunki bu kabi ma’lumot-larni olishning o‘zi – ilojsiz narsa. Hatto bunday masalalar ma’lum vaqt kelib, oshkor bo‘lsa ham, bundan katta ma’no yo‘q, chunki ular doimo o‘zgarib turadi. Aksiyalar doimo qo‘ldan qo‘lga o‘tib turganligi uchun demak, korpo-ratsiya mulkdorlari ham muntazam ravishda o‘zgarib turadi. Demak, menej-ment asosiy qoidasining bajarilishi korporatsiya mulkdori (egasi) kim ekaniga zinhor bog‘liq bo‘lmasligi kerak.


Rioya qilingan taqdirda, menejerlar ham kompaniya egalari kompaniyani o‘zlari boshqarganlarida qabul qiladigan investitsion va moliyaviy qaror-larni qabul qilsalargina menejerlar uchun asosiy qoida to‘g‘ri bo‘ladi (ishlaydi). Aksiyadorlar boyligini maksimallashtirish, ya’ni ular aksiyalarining bozor qiymati (bahosi)ni maksimallashtirish aynan shunday qoida hisoblanadi.


Faraz qilaylik, Siz korporatsiyani boshqarayapsiz va mablag‘ tikish (joylashtirish)ning ikkita muqobil variantidan bittasini tanlashingiz kerak. Tanlaganda ham juda riskli va deyarli xavfsiz variantdan birini tanlashingiz zarur. Aksiyadorlaringizning ba’zilari, ehtimol, risk dara-jasini qisqartirishga intilishar. Boshqalari esa, birinchi investitsion loyiha kelajagiga pessimistik ruhda gumon bilan qarashar. Shu bilan birga aksiyadorlarning bir qismi riskka moyil bo‘lishi yoki riskli loyihaning istiqboli porloq deb hisoblashlari mumkin. Aytingchi, bunday sharoitda menejer qanday qilib barcha aksiyadorlarni qoniqtiradigan va ularning ko‘ngliga moydek yoqadigan qaror qabul qilsin?


Faraz qilaylik, risksiz loyihani tanlagandan ko‘ra riskli loyihani afzal ko‘rib, Siz firma aksiyalarining bozor qiymati (bahosi)ni ko‘proq oshirasiz. Shuning uchun, garchi ba’zi aksiyadorlar o‘z mablag‘lari ishonchli aktivlarga investitsiya qilinishini hamma narsadan ustun qo‘ysalar-da, Sizning ikkinchi loyihani tanlashingiz ularning manfaatiga xizmat qilmaydi.


Gap shundaki, samarali faoliyat yuritayotgan kapital bozorlarida aksiya-dorlar o‘zlarining shaxsiy aksiyalar portfellari risklilik dara-jasini Sizning firmangiz aksiyalarining bir qismini sotib, undirilgan pulni ishonchli aktivlarga investitsiya qilish orqali kamaytirish imkoniyatiga egalar. Demak, riskli loyiha tanlanadigan bo‘lsa, hatto riskni xush ko‘rmaydigan aksiyadorlar ham yutadilar. Chunki ular bugunning o‘zida qo‘shimcha daromad oladilar. Keyin esa ular olgan daromadlarini yoki reinvestitsiya18 qiladilar, yoki o‘z ehtiyojlariga sarflaydilar.


Shunday qilib, ko‘rib turibmizki, riskli loyihani tanlash ham xususiy aksiyadorlar manfaatiga mos kelishi mumkin. Chunki aynan riskli loyiha ular qo‘lidagi aksiyalarning bozor qiymati (bahosi)ni oshirishga qodir. Menejerlar qabul qiladigan qarorga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan yagona risk tanlangan u yoki bu variant firma aksiyalarining bozor qiymati (bahosi)ga qanchalik ta’sir qilishi bilan bog‘liq.


Aksiyadorlar boyligini maksimallashtirish vazifasini bajarish firma





  1. “Reinvestitsiya” (re + investitsiya) – investitsiyalar muomalalari bo‘yicha daromadlar shaklida olingan mablag‘larni ishlab chiqarishni kengaytirish uchun qayta yo‘naltirish, qayta foydalanish. Qarang: o‘sha manba. J.III.

–B.372.
22


qo‘llaydigan ishlab chiqarish texnologiyalari, bozor foiz stavkalari, bozor riski uchun mukofot va qimmatli qog‘ozlar kotirovka19siga bog‘liq. Ushbu barcha omillarni inobatga olgan holda menejerlar aksiya-dorlar firmani o‘zlari boshqarganlarida qanday investitsion qaror qabul qilsalar, xuddi shunday qarorlarni qabul qilishlari mumkin. Shu bilan birga qaror riskni tan olmaslik darajasiga yoki muldorlarning boyligi darajasiga bog‘liq emas. Demak, investitsion qarorlarni shular to‘g‘risida muayyan ma’lumot yig‘masdan turib ham qabul qilish mumkin. Ko‘rinib turibdiki, aksiyadorlar boyligini maksimallashtirish qoidasi juda to‘g‘ri qoida va firmani boshqarayotganda har bir menejer ushbu qoidaga rioya qilmog‘i darkor. Mazkur qoidaga rioya qilar ekanlar, menejerlar har gal biror qaror qabul qilish talab etilganda aksiyadorlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazmasdan turib ham o‘z vazifalarini bajara oladilar.

Korporatsiyalar faoliyatini tadqiq qiladigan olimlar ba’zida boshqa-ruv xodimlarining asosiy vazifasi firma foydasini maksimallashti-rishdan iborat, degan fikrni bildiradilar. Ma’lum sharoitda aksiyador-larning foydasini ham, boyligini ham imkon qadar ko‘paytirishdan maqsad bir xil moliyaviy qarorlarning qabul qilinishini taqozo etadi. Odatda, firma foydasini ko‘paytirish uchun mutaxassislar ikkita eng muhim muammoga bilan duch keladilar. Bu muammolarning sababi esa vaqt va ehti-moliy mezonlarning noaniqligidadir:





  • agar ishlab chiqarish jarayoni bir necha vaqt oralig‘idan iborat bo‘lsa, u holda aynan qaysi vaqt oralig‘ida foyda maksimallashtirilishi kerak?




  • agar daromad va xarajatlar – noaniq ko‘rsatkichlar bo‘lsa, u holda, foydaning o‘zi ehtimollik qiymati bo‘lgan taqdirda “foydani maksimal-lashtirish” tushunchasining ma’nosi nimada?

Endi keling, foydani maksimallashtirish mezonlari bilan bog‘liq bo‘lgan shu ikkala muammoni ko‘rib chiqamiz. Birinchi muammo foydani ishlab chiqarish jarayonining davomiyligi bilan bog‘lashdan iborat.


Faraz qilaylik, firma ikkita loyihadan birini tanlashi kerak. Ikkala loyihani amalga oshirishni boshlash uchun 100,0 mln. so‘m miqdorida xarajat qilish kerak. Ammo ikkinchi loyihaning uzoqroq davom etishi ko‘zda tutilgan. “A” loyihaning bir yildan keyin 105,0 mln.so‘m miqdorida daromad keltirishi mo‘ljallangan va shundan keyin u yopiladi. Shunday qilib, undan ko‘riladigan foyda 5,0 mln. so‘mni tashkil etadi (105,0 mln. so‘m – 100,0 mln. so‘m). “B” loyiha esa 2 yil davom etishi kerak va birinchi yili hech qanday daromad keltirmaydi, ikki yil o‘tgach esa loyihadan olingan foyda 10,0 mln. so‘mni tashkil etadi. Shunday qilib, savol tug‘iladi: mazkur vaziyatda foydani maksimallashtirish mezoni qanday qilib qo‘llanilishi mumkin?


Endi, foydani maksimallashtirish mezonlaridan noaniq vaziyatda foydalanish murakkabligi nimadan iboratligini ko‘rib chiqamiz. Faraz qiling, Siz firma menejerisiz. Firma ikkita investitsion loyihadan bittasini tanlashi lozim.


Loyihalarni amalga oshirish uchun 100,0 mln. so‘m miqdorida xarajat talab etiladi




19 “Kotirovka” fransuzcha “coter” – raqamlamoq, belgilamoq. Birjada amaldagi vaziyat va qonunchilik me’yorlariga amal qilgan holda xorijiy valyutalar, qimmatbaho qog‘ozlar kursini hamda tovarlar narxini belgilash. Qarang: o‘sha manba. J. II. – B. 413.
23
va sarflangan kapital (sarmoya) ma’lum vaqt o‘tgach, o‘zini oq (qop)lashi kerak. Xuddi yuqorida keltirilgan misol-dagi singari “A” loyiha 105,0 mln. so‘m miqdorida kafolatlangan daromad keltiradi, ya’ni aniq aytish mumkinki, “A” loyiha bo‘yicha foyda 5,0 mln so‘mni (105,0 mln. so‘m – 100,0 mln. so‘m) tashkil etadi.

“V” loyiha bo‘yicha foyda miqdori aniq emas – ushbu loyiha bo‘yicha olinadigan daromad 120,0 mln. so‘m yoki 90,0 mln. so‘m bo‘lishi mumkin va har ikkala variantning amalga oshish ehtimoli 0,5ga teng. Shunday qilib, “V” loyiha firmaga yoki 20,0 mln. so‘m miqdorida foyda keltiradi yoki firma 10,0 mln. so‘m yo‘qotadi. Mazkur kontekst20da “foydani maksimal darajada oshiradigan loyiha” degan tavsiya nimani anglatishi mumkin?


Foyda ko‘rsatkichlaridan farqli o‘laroq, aksiyadorlik kapitalining joriy bozor qiymatini aniq hisoblab chiqish mumkin (masalan, IBM korporatsiyasining kelgusi (bo‘lajak) daromadi – noaniq ko‘rsatkich, unga tegishli bo‘lgan aksiyalarning joriy bahosi esa bizga ma’lum). Demak, foydani maksimallashtirish qoidasidan farqli o‘laroq, aksiyadorlar boyligini maksimallashtirish qoidasi firmaning bo‘lajak xarajatlari va daromadlari noaniqligi sharoitida menejerlarning asosiy vazifalarini aniq belgilab beradi.



Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish