Axborot mo‘tadilligiga ta’sir etuvchi usul
bo‘lib, uni nusxalash, suratga olish,
yozish, uzatish, echib olish, ma’lumotlarni qayta ishlash dasturini virus bilan
zararlanishi, ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash texnologiyasini buzilishi,
safdan chiqarish va ma’lumotlarni qayta ishlash va uzatish texnik vositalarining ish
rejimini buzish va ishdan chiqarish xizmat qiladi.
Interaktiv xizmati xujjat materiallarining qaltisligi axborotning xufyona chiqib
ketishi yoki yo‘qolishiga olib keladi. Xujjatlashtirilgan ma’lumotning yo‘qolishi
axborot tashuvchilarini o‘g‘irlanishi va yo‘qolishiga, ruxsatsiz axborot
tashuvchilarni yo‘q qilish yoki ularga ma’lumotlarni ko‘chirish, ma’lumotlarni
o‘zgartirilishi va blokirovkalashga olib keladi. Ma’lumotlarning qisman, qayta
tiklanmaydigan yoki vaqtinchalik yo‘qotilishi har qanday xolatda ham axborot
egasiga zarar etkazadi. Konfidensial xujjat materialidan xufyona foydalanish uning
tarqalib ketishiga olib keladi. Ko‘pchilik mutaxassislar meyoriy xujjatlarda
“konfidensial ma’lumotlarni xufyona tarqalishi” iborasini “konfidensial
ma’lumotlar tarqalishi”, “konfidensial ma’lumotlarni oshkoralash” iboralari bilan
qofiyalaydilar. Lekin bu mutaxassislar tomonidan to‘g‘ri deb qabul qilinmaydi.
Konfidensial ma’lumotlarning oshkoralik va tarqalishi unga ruxsati bo‘lmagan
foydalanuvchiga ruxsat etilmagan ma’lumotlarni etkazishni ifodalaydi. Bunday
harakat biron bir kimsa tomonidan amalga oshiriladi. Konfidensial xujjat materialini
tashuvchilarning yo‘qolishi tufayli ma’lumotlarni ruxsatsiz tarqalishi, axborot
tashuvchi vositalarning uning egasida qolgan holda axborot tashuvchilarni
o‘g‘irlanishi yoki unga ma’lumotlarni yozilishi mumkin. Yo‘qolgan axborot
tashuvchi vositalarni begona shaxs qo‘liga tushishi yoki chiqindi sifatida yo‘q
qilinishi mumkin. Ko‘pchilik hollarda bir korxonada konfidensial ma’lumotlar bilan
ishlovchi xodimlarning hamkasbiga zarar etkazish maqsadida axborot tashuvchi
vositalarini o‘g‘irlash holatlari yuz berib turadi. Odatda bunday axborot tashuvchi
vositalar o‘g‘irlik sodir etgan shaxs tomonidan yo‘q qilingan. Har qanday holatda
konfidensial ma’lumotni yo‘qolishi yoki o‘g‘irlanishi axborotning boshqa doirada
tarqalishiga olib kelishi mumkin.
SHuning uchun ham konfidensial ma’lumotni xufyona tarqalishi uning
oshkoraligiga va yo‘qolishiga, o‘zga shaxs tomonidan o‘g‘irlanishiga olib keladi.
Interaktiv xizmatlar axborot resurslarini konfidensiallik darajasini toifalash yoki
sinflarga ajratish o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |