82
Elektron hukumatda innovatsion texnologiyalar
.
Innovatsiyaning asosiy klassifikatsiyalanishini shakllanishi innovatsion
faoliyatning natijalariga qarab belgilanadi
.
Odatda
innovatsiya
ikki turga
bo‘linadi:
Mahsulot-innovatsiyasi
, yangi yoki takomillashgan mahsulotni yaratish va
amalda joriy etishni o‘z ichiga oladi. YAngi mahsulotni
yaratish va joriy etish
bozorda sotish uchun yangi turdagi mahsulotni ishlab chiqishga qaratilgan bo‘lib,
qo‘llanilish sohasi, fuksional xarakteristikalari, ko‘rinishi va tuzilishi, qo‘shimcha
xizmati, tarkibiy materiallari bilan xarakterlanadi. Takomillashgan mahsulotni
ishlab chiqish mavjud mahsulot turlari asosida sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash,
yangi tashkil etuvchi komponenta va materiallardan foydalanish evaziga iqtisodiy
samaradorligini oshirishga erishish mumkin.
Innovatsion-jarayon
yangi
ishlab chiqarish qurilmalarini, ishlab chiqarish
jarayonlarini tashkil etishning yangi usullarini qo‘llash orqali ishlab chiqarish
usullarini takomillashtirish va joriy etishni o‘z ichiga oladi. Bunday innovatsiyalar
mavjud ishlab chiqarish tashkiloti mahsulotini iqtisodiy samaradorligini oshirishga
qaratilgan.
Ilmiy asoslangan innovatsiya klassifikatsiyasi quyidagi mantiqiy tamoyillarga
asoslanadi:
innovatsiyani qo‘llash joyi; innovatsiya maqsadi; innovatsiyani joriy
etish shakli.
Innovatsiya ko‘rinishiga qarab quyidagilarga bo‘linadi
:
innovatsiya masshtabi (transkontinental,
transmilliy, hududiy, yuqori, o‘rta,
kichik);
innovatsiya natijalari (yuqori, quyi, mutadil);
innovatsiya samaradorligi (iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, integrallashgan);
joriy etish izchilligi (tez, sekinlashgan, o‘sib borish, bir xil meyorda,
sakrash
ko‘rishida);
joriy etilish sohasi (boshqarish, tashkil etish, ijtimoiy, ishlab chiqarish);
ilmiy-texnik rivojlanish bosqichlari (ilmiy, texnik, texnologik, konstruktorlik,
ishlab chiqarish, axborot);
izchillik darajasi (bir xil meyorda, kuchsiz, ommaviy innovatsiya va portlash).
Ayrim
iqtisodchilar
innovatsiyani
o‘zgarish
darajasiga
qarab
ham
klassifikatsiyalaydilar
:
1.
Oddiy ishlab chiqarishga xos bo‘lgan qayta tiklash innovatsiyasi.
2.
Ob’ektning elementlar sonini oshishiga bog‘liq bo‘lgan miqdor innovatsiyasi.
3.
Ob’ekt elementlarini o‘zaro bog‘liq guruhlarga ajratishdan hosil bo‘lgan
tashkiliy innovatsiya.
4.
YAngi talablarga muvofiq moslashuvchan adaptiv innovatsiya.
5.
Ish usulini o‘zgartirmagan holda bir yoki
bir necha parametrlarini
takomillashtirish bilan bog‘liq variantli innovatsiya.
6.
Amaldagi asosida barcha parametrlarni takomillashtirish bilan bog‘liq
gruppalash innovatsiyasi.
7.
Tamoyillarni yangilash asosida parametrlar sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashda
ifodalanadigan ko‘rinish innovatsiyasi.
8.
Butunlay yangi echimga asoslangan yangi yaratilgan innovatsiya.