163
5-amaliy mashg‘ulot.
Mavzu: Government-to-Government (G2G) modeli. Government to Citizens
(G2C) modeli. Government to Business (G2B)
(2 soat)
Ishdan maqsad:
Talabalarga Government-to-Government (G2G) modeli
Government to Citizens (G2C) modeli. Government to Business (G2B)
haqida
ma’lumotlar berish. Munosabat va aloqalarning ushbu model yordamida hal
etiladigan asosiy vazifalarini o‘rgatish.
Amaliy mashg‘ulotni o‘tkazish uchun kerakli jihozlar
: Pentium-IV
kompyuter,
brauzer dasturi, O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali rasmiy veb sayti,
“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi hamda tarqatma materiallar.
Reja:
1.
Government-to-Government (G2G) modeli
2.
Government-to-Government (G2G) modeli yordamida
hal etiladigan vazifalar
3.
Government to Citizens (G2C) modeli
yordamida hal etiladigan vazifalar
4.
Elektron hukumat tizimini rivojlantirish markazi va uning asosiy vazifalari
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari:
Nima uchun? metodi, «FSMU» metodi,
savol-javob, tushuntirish.
Nazariy ma’lumot
:
1.
Government-to-Government (G2G) modeli
Davlat boshqaruv organlarining o‘zaro aloqalariga yo‘naltirilgan shakl G2G
(jahonda qabul qilingan davlat davlat uchun - government to government
jumlasining qisqartmasi asosida qabul qilingan belgi). Boshqacha talqinda esa,
Government-to-Government - G2G (Hukumat bilan aloqa) –
bu hukumat
tashkilotlari bilan o‘zaro aloqa bo‘lib, uning yordamida davlat tashkilotlari bilan
ichki va tashqi aloqalarni mukamallashtirish, taklif etilayotgan xizmatlarni qulay va
tezkor tamoyiliga binoan yo‘lga qo‘yish mumkin.
Bu esa ortiqcha xarajatlarning oldini olib, ishlab chiqarishdagi
vaqtni tejab ish
samaradorligini, xodimlarning ishga bo‘lgan layoqatini oshiradi. Bu elektron
hukumatning asosini tashkil etib, davlat tashkilotlarining
barchasini birlashtiradi
hamda uning doirasida mamlakat hududidagi hamma fuqarolar, tashkilotlar
to‘g‘risidagi ma’lumotlari birlashtiriladi va shu asosida ular tahlil qilinadi.
“Elektron hukumat” tizimi, xususan, uning G2G modeli to‘g‘risida so‘z yuritganda,
barcha darajadagi davlat hokimiyati organlarining
boshqaruv jarayonlarini
axborotlashtirish, bu organlarni aholi va biznes sub’ektlari bilan o‘zaro munosabat
funksiyalarini qo‘llab-quvvatlovchi kompyuter tizimlarini yaratish tushuniladi.
Agar idoralarda ushbu jarayonlar avtomatlashtirilmagan bo‘lsa yoki elektron hujjat
aylanishi mavjud bo‘lmasa, davlatning ichki tranzaksiyalari amalga oshirilgan va
qog‘ozsiz ish yuritish rejimi joriy etilgan deb bo‘lmaydi. Bu borada faqat alohida
joriy qilingan amaliyotlar, masalan, elektron pochta orqali ma’lumot jo‘natib,
164
qog‘ozga chop etib, mansabdor shaxsga qo‘l qo‘ydirish jarayoni elektron hukumat
tizimidan yiroqdir.
Axborot texnologiyalarini joriy etish va axborot resurslarini
shakllantirishdan
tashqari elektron hukumat normativ-huquqiy baza qabul qilishni ham talab etadi.
YA’ni,
hujjat elektron ko‘rinishining qog‘ozdagi ko‘rinishi bilan huquqiy jihatdan
teng kuchga ega ekanligi
va u bilan asosiy bosh hujjat ko‘rinishida ish yuritish
mumkinligiga asos bo‘la oladigan normativ-huquqiy hujjatlar zarur bo‘ladi.
Bularga: “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi, “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi,
“Elektron tijorat to‘g‘risida”gi, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi, “Elektron
hukumat to‘g‘risida”gi qonunlarni misol qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: