Moliya va moliyaviy texnologiyalar


G’aznachilikning huquq va majburiyatlari



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana29.04.2022
Hajmi0,58 Mb.
#590178
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Moliya va moliyaviy texnologiyalar

 
G’aznachilikning huquq va majburiyatlari 


G‘aznachilik quyidagi huquqlarga ega: 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida va tijorat banklarida 
G‘aznachilikning bank hisob raqamlarini ochish va yopish; 
budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilardan Davlat budjetini ijro 
etish jarayonidagi daromadlar va xarajatlarning qisqa muddatli prognozini tuzish 
uchun zarur bo‘lgan hisobot ma’lumotlarini so‘rab olish; 
budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilardan ular tomonidan 
G‘aznachilikka ro‘yxatdan o‘tkazishga taqdim etiladigan shartnomalarning sifatini, 
maqsadga muvofiqligini va narx yechimlarini baholash uchun barcha zarur 
hujjatlarni belgilangan tartibda talab qilish; 
belgilangan tartibda Davlat budjeti bo‘sh mablag‘larini bank depozitlariga 
va boshqa aktivlarga vaqtinchalik joylashtirish, shuningdek budjet ssudalarini 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy 
budjetlariga o‘tkazish; 
budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning tovarlar (ishlar, 
xizmatlar)ga xarajatlar smetalarida, qurilishlarning manzilli va titul ro‘yxatlarida 
nazarda tutilgan budjet mablag‘lari hajmidan oshib ketadigan hajmda budjet 
mablag‘lari hisobiga haq to‘lanishini nazarda tutuvchi shartnomalarini, shuningdek 
budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning to‘lov jadvalisiz, sifati, 
maqsadga muvofiqligi va narx yechimlari bo‘yicha belgilangan talablarga javob 
bermaydigan shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish; 
budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning schyot-fakturalarsiz 
hamda tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berish faktini tasdiqlovchi yoki budjet 
tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar zimmasiga budjet mablag‘larini 
o‘tkazishni yuklovchi boshqa hujjatlarsiz taqdim etilgan kapital qurilish yuzasidan 
majburiyatlari uchun pul to‘lamaslik; 
budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning ularning tovarlar 
(ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar bilan G‘aznachilikda (uning hududiy 
bo‘linmalarida) ro‘yxatdan o‘tkazilmagan shartnomalaridan kelib chiqadigan 
kapital qurilish yuzasidan majburiyatlari to‘lovi bo‘yicha to‘lov hujjatlarini ijro etish 
uchun qabul qilmaslik; 
narxlarining asossiz ravishda oshirib yuborilishiga yo‘l qo‘yilgan tovarlar 
(ishlar, xizmatlar) uchun to‘lovni budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari 
oluvchilarning shartnomalarida nazarda tutilgan summa doirasida cheklash, 
shuningdek budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar shartnomalari 
predmetiga muvofiq bo‘lmagan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berilgan 
hollarda to‘lovni to‘xtatib turish; 
budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan hisobotlar taqdim etilmagan taqdirda 
ularning budjet mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan xarajatlari to‘lovini 
moliya organlari topshirig‘iga binoan to‘xtatib qo‘yish, bu to‘g‘rida tegishli budjet 
mablag‘larini taqsimlovchilarni, budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari 
oluvchilarni xabardor qilish; 
budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning G‘aznachilikda 
(uning bo‘linmalarida) ro‘yxatdan o‘tkazilmagan shartnomalar bo‘yicha moliyaviy 


majburiyatlarini hisobga qabul qilmaslik, qonun hujjatlariga muvofiq budjet 
tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan boshqa yuridik yoki 
jismoniy shaxslar bilan shartnoma tuzilmasdan moliyaviy majburiyatlar qabul 
qilinishi mumkin bo‘lgan hollar bundan mustasno; 
korxonalar va tashkilotlardan bajarilmagan moliyaviy majburiyatlar 
bo‘yicha budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilardan to‘lov muddati 
o‘tgan qarzlar summasini budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning 
bajarilmagan moliyaviy majburiyatlar mavjudligini tasdiqlovchi zarur hujjatlar ilova 
qilingan yozma murojaatlari asosida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirib 
olish; 
belgilangan tartibda insonparvarlik yordami va texnik ko‘maklashish 
vositalari oluvchilaridan ularning shaxsiy bank hisob raqamlaridan ko‘chirmalar, 
shuningdek ular tomonidan olingan insonparvarlik yordami va texnik ko‘maklashish 
vositalari, shu jumladan nomoddiy shakldagi vositalar to‘g‘risida hisobotlar va 
axborotlar olish; 
davlat xaridlari bo‘yicha Hukumat komissiyasining ishchi organi 
funksiyasini bajarish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat 
hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlardan zarur materiallarni olish; 
davlat xaridlari bo‘yicha Hukumat komissiyasining ishchi organi 
funksiyasini bajarish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat 
hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlardan zarur materiallarni olish. 
G‘aznachilik quyidagilarga majbur: 
Davlat budjeti xarajatlarini yagona g‘azna hisob hisobvarag‘idan yoki 
G‘aznachilikning boshqa bank hisob raqamlaridan belgilangan muddatlarda va 
tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, davlat 
maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari qoldiqlari doirasida amalga oshirish; 
budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan davlat 
xaridlarini amalga oshirishda, shu jumladan budjet tashkilotlari va budjet 
mablag‘lari oluvchilar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilinganda 
narxlarni oshirib yuborish mavjudligi, budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari 
oluvchilar tomonidan kreditorlik qarzlar summasining asossiz oshirib yuborilishi 
hollari aniqlangan taqdirda mavjud materiallarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasiga va uning hududiy bo‘linmalariga 
berish. 
o‘ziga berilgan huquqlardan qonun hujjatlariga muvofiq foydalanish hamda 
o‘z faoliyatida yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari 
kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik. 
G‘aznachilik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega 
bo‘lishi mumkin. 

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish