O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA
MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT
UNIVERSITETI
IQTISODIYOT FAKULTETI
“MOLIYA” KAFEDRASI
1 – MOLIYA VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR
GURUHI TALABASI
KENGESOV DIYORBEK UMIDOVICHNING
“MOLIYA VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR”
BAKALAVRIAT TA`LIM YO`NALISHI BO`YICHA
MUTAXASSISLIK AMALIYOTI
MUTAXASSISLIK AMALIYOT O`TILGAN JOYI:
QORAQALPOG’ISTON RESPUBLIKASI BUYICHA
G’AZNACHILIK BOSHQARMASI
KAFEDRADAGI
MUTAXASSISLIK
AMALIYOT RAHBARI: SARSENBAYEV B.A.
NUKUS 2021
MUNDARIJA:
I – KIRISH.
1.1
TEXNIKA XAVFSIZLIGI
II – ASOSIY QISM.
2.1 G’AZNA TUSHUNCHASI
2.2 G’AZNACHILIKNING ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI
2.3 G’AZNACHILIKNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
III – XULOSA.
IV – FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
KIRISH
Moliyaviy munosabatlarning ilk shakllari insoniyat taraqqiyotining quldorlik
jamiyati bosqichida jamiyatning sinflarga bo’linishi va davlatning vujudga kelishi
bilan bog’liq ravishda paydo bo’ldi. Muayyan hududda boshqaruv organi sifatida
davlatning vujudga kelishi uning hokimiyat apparatini moddiy jihatdan ta’minlash,
jamoat tartibini saqlash, mamlakatni himoya qilish, urush harakatlarini olib
3ular33, ijtimoiy ob’ektlar va yo’llar qurish kabi vazi-falarni bajarishi uchun
ma’lum darajada pul mablag’lari ham bo’lishini taqozo eta boshladi. Xuddi shu
holat o’z navbatida jamiyatda moliya paydo bo’lishini iqtisodiy zaruriyatga
aylantirdi. Demak, davlatchilik tizimining vujudga kelishi moliyaning paydo
bo’lishi uchun asosiy sabab bo’lib xizmat qildi. Moliya haqida so’z borar ekan, eng
avvalo, bu atama qanday paydo bo’lgan, degan haqli savol tug’ilishi tabiiy.
“Moliya” arabcha so’z bo’lib, o’zbek tilida eng umumiy tarzda “pul mablag’lari”
ma’nosini anglatadi. Bu so’z ona tilimizda ishlatilishining quyidagi ko’rinishlari
mavjud:
maqsadli pul fond1 larini hosil etish, jamlash, taqsimlash va ishlatish
yuzasidan paydo bo’ladigan iqtisodiy munosabatlar majmui; pul mablag’larini
shakllantirish, taqsimlash, ularni sarf qilish tizimi (masalan, moliya yili, moliya
kapitali, moliyaviy tizim);
biror shaxs, oila, jamoa, muassasa, tashkilot yoki davlat tasarrufidagi pul
mablag’lari (masalan, korxona moliyasi);
moliya ishlari bilan shug’ullanuvchi davlat organi (so’zlashuv tilida).
Arab tilidagi “mol”, ya’ni “boylik, mulk; pul jamg’armasi”, shuningdek,
“moliyat”, ya’ni “pul mablag’lari; soliq” so’zlari ham moliyaga daxldordir.
Lekin jahon iqtisodiy adabiyotida lug’aviy ma’nosi jihatidan o’zbekcha
“moliya” iborasining frantsuzcha “finance”, lotincha ma’noda, sinonimlari4
qachon va qayerda paydo bo’lganligi haqida aniq ma’lumot yo’q.
Ayrim olimlar “financia” (“finance”, “finansi” va h.k. shakllarda)
tushunchasi aynan shu shaklda XIII-XIV asrlarda Italiyaning savdo shaharlarida
paydo bo’lgan va dastlab “pul to’lovi” ma’nosini anglatgan, degan fikrlarni olg’a
surishadi. Xalqaro savdo-sotiq ishlarining rivojlanishi mazkur iboraning Italiyadan
boshqa davlatlarga ham tarqalishiga sabab bo’lgan. XY asrda “financia”
tushunchasi Fransiyada “davlat daromadlari”, “pul summalari” ma’- nosida
ishlatila boshlangan. Boshqa tadqiqotchilar bu atama muomalada ilk bor frantsuz
olimi J.Boden tomonidan 1755 yilda nashr etilgan “Respublika xususida olti kitob”
nomli asarida ishlatilgan ular tariqa bu atama Yevropa dav-latlari hayotiga kirib
kelgan, deb hisoblashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |