Moliya va kredit


XV. Soliq solishning alohida masalalari bo’yicha



Download 0,84 Mb.
bet54/90
Sana13.01.2022
Hajmi0,84 Mb.
#356480
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   90
Bog'liq
15 ga

XV. Soliq solishning alohida masalalari bo’yicha

1. Yuridik shaxslar uchun ko’chmas mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlariga soliq solishning amaldagi tartibi saqlab qolinib, unga muvofiq mazkur daromadlar shartnoma bo’yicha o’rnatilgan ijara to’lovi summasidan kelib chiqqan holda, ammo davlat ko’chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to’lovining eng kam stavkalari bo’yicha hisoblab chiqilgan miqdordan kam bo’lmasligi lozim.

2. Mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara to’lovining eng kam stavkalari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-sonli qarorining 26-ilovasiga muvofiq tasdiqlanib, 2015 yil darajasida saqlanib qolindi. Xususan, ijara to’lovining eng kam stavkalari:

turar joyni ijaraga berishda 1 kv.metr uchun Toshkent shahrida – 3 000 so’m, Nukus shahri va viloyatga bo’ysunuvchi shaharlarda – 2 000 so’m va boshqa aholi ‘unktlarida – 1 000 so’m;

noturar joylarni ijaraga berishda 1 kv.metr uchun Toshkent shahrida – 6 000 so’m, Nukus shahri va viloyatga bo’ysunuvchi shaharlarda – 4 000 so’m va boshqa aholi ‘unktlarida– 2 000 so’m;

engil avtomobillarga (yo’lovchilar, yuk tashish uchun mo’ljallangan va o’rindiqlari soni haydovchini hisobga olmagan holda 8 ta joydan ko’’ bo’lmagan avtotrans’ort vositasi) 1 avtotrans’ort vositasi uchun – 220 000 so’m;

mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomobillariga 1 avtotrans’ort vositasi uchun – 430 000 so’m ijara to’lovining eng kam miqdorlaridan iborat.

3. Mobil aloqa xizmati ko’rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kom’aniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to’lanadigan to’lov 2015 yil amalda bo’lgan har oyga 750 so’m o’rniga 1500 so’m miqdorda belgilangan bo’lib, mablag’lar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-sonli qarorining 27-ilovasiga muvofiqtaqsimlanadi.

4. Undirishni soliq to’lovchilarning mol-mulkiga qaratish uchun soliq qarzining eng kam miqdorlari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-sonli qarorining 28-ilovasiga muvofiq tasdiqlandi.

Undirishni soliq to’lovchilarning mol-mulkiga qaratishda soliq qarzining eng kam miqdorlari yil boshida – 2016 yilning 1 yanvarida belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan (130 240 so’m) kelib chiqib aniqlanadi va eng kam ish haqi miqdori yil davomida o’zgarganda ham qayta ko’rib chiqilmaydi.

5. 2016 yilning 1 yanvaridan boshlab “O’ztransgaz” aktsiyadorlik kom’aniyasi tomonidan avtomobillarni gaz bilan to’ldirish kom’ressor stantsiyalariga (balansida avtomobillarni gaz bilan to’ldirish kom’ressor stantsiyalari mavjud yuridik shaxslarni o’z ichiga olgan holda) sotadigan tabiiy gazning ulgurji-sotish narxiga soliqqa tortilmaydigan maxsus investitsiya ustama haqi bir kub. metr uchun 500 so’m miqdorida belgilandi.

6. Im’ort qilingan uglevodorod xomashyosidan xomashyo egasiga qaytarib berish sharti asosida ishlab chiqarilgan benzin va dizelg’ yoqilg’isining hajmlari, trans’ort vositalariga benzin, dizelg’ yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqning soliq solish obhektiga kiritilishi belgilandi.

7. Mintaqalarning o’zini-o’zi moliyaviy tahminlash darajasini oshirish, mahalliy byudjetlarning O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidagi ulushini ko’’aytirish maqsadida quyidagi umumdavlat soliqlari va boshqa daromadlar bo’yicha tushumlar:

suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari bo’yicha qathiy belgilangan soliq (2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-sonli qarorning 11-ilovasida nazarda tutilgan);

yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qathiy belgilangan soliq (2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-sonli qarorning 12-ilovasida nazarda tutilgan);

O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan ‘ivo va o’simlik yog’iga aktsiz solig’i;

chakana savdo tarmoqlarida sotiladigan oltindan yasalgan zargarlik buyumlariga aktsiz solig’i;

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-sonli qarorining 29-ilovasiga muvofiq davlat bojlari, yig’imlar va jarimalar to’liq hajmda Qoraqal’og’iston Respublikasi byudjeti hamda viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy byudjetlari daromadlariga o’tkaziladi.

Mobil aloqa xizmatini ko’rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kom’aniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to’lovning O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga yo’naltiriladigan qismi, abonentning ro’yxatga olingan joyiga qarab Qoraqal’og’iston Respublikasi byudjeti va viloyatlarning mahalliy byudjetlariga o’tkaziladi.

8. Ishlovchi ayollarga homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqalar to’lashni ish beruvchilar hisobidan amalga oshirish tartibi 2017 yilning 1 yanvariga qadar uzaytirildi.


Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish