Moliya va kredit


Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish usullari



Download 1,04 Mb.
bet10/17
Sana09.04.2017
Hajmi1,04 Mb.
#6373
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17

9.3. Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish usullari
Moliyaviy resurslarni jalb etish imkoniyati nuqtai nazaridan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning ikki usuli: tashqi va ichki manbalarga asoslangan moliyalashtirish farqlanadi. Moliyalashtirishning tashqi manbalariga davlatning maxsus imtiyozli kreditlari (Davlat mulk qo’mitasi, Bandlik jamg’armasi, Dehqon va fermer xo’jaliklari jamg’armalari, Mikrokreditbankning maxsus resursi va h.k.); tijorat banklari kreditlari (Imtiyozli kreditlash maxsus jamg’armasi); qimmatli qog’ozlar chiqarish va sotishdan tushgan mablag’lar; xorijiy kredit liniyalari mablag’lari va boshqalar kiradi.

Moliyalashtirishning ichki usulidan foydalanishda moliyaviy resurslar tashkil topish manbalari sifatida quyidagilar maydonga chiqadi: foyda, oborotdan tashqari aktivlarni sotish, mol etkazib beruvchilardan olingan kreditlar, debitorlik qarzlarining kamayishi, amortizatsiya ajratmalari, tadbirkorlarning jamg’armalari va boshqalar. Ayrim holatlarda muhim moliyalashtirish manbai sifatida mol etkazib beruvchilardan olingan kreditlardan foydalanish mumkin, biroq, bunda mol etkazib beruvchilar bilan yaxshi munosabatlar saqlanishi va ta’minotning barqarorligi buzilmasligi lozim.

Tashqi moliyalashtirishning har qanday usulida korxona qarz olish hisobiga yoki aksiyalar chiqarish yo’li bilan moliyalashtirishni tashkil etadi. Tashqi manbalardan jalb etilgan mablag’lar quyidagi uch xil baholash mezoniga asoslanadi: mablag’lardan imkon boricha foydalanish vaqti, xarajatlar miqdori (qarz kapitali qiymati), korxona ustidan nazoratning darajasi.

Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish turli usullar bilan amalga oshiriladi. Uni 9.1-rasm orqali ifodalaymiz.





9.1-rasm. Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish usullari63
Investitsiya loyihalarini qarz mablag’lari hisobiga moliyalashtirish moliyalashtirishning ssuda vositalaridan foiz to’lash hisobiga foydalanishni xususiyatlovchi usulga asoslanadiki, uning miqdori mahsulot hajmi va korxona foydasi bilan bevosita bog’langan. Ssuda yordamida moliyalashtirish olinadigan qarz qaytarilishi ta’minlanishi uchun mulkiy aktiv bo’lishini talab etadi. Aksiyalar chiqarish yordamida moliyalashtirish uning oldindan ta’minlanishini talab etmaydi, biroq, sarmoyachi uchun korxona mulkiga ma’lum miqdorda egalik qilish huquqini beradi. Investor o’z ulushiga mos tarzda korxona foydasida va aktivlarni boshqarishda qatnashadi.

Ko’pincha, korxonani moliyalashtirishga bo’lgan ehtiyoj ham, qarz olish ham aksiyalar chiqarishning birligida qondiriladi.

Korxonani moliyalashtirishda aksiyalar chiqarishga raqobatdosh bo’lgan manba bank kreditidir. Bank krediti faqatgina mulk yoki oborot aktivlarining garovi asosida beriladi. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishni bu usulda amalga oshirishda kredit uchun foiz to’lovlari, kreditlarning qaytarilish muddati va tartibini hisobga olish lozimki, bu omillar o’ta qattiq shartlarda qo’yiladi.

Qarz mablag’larini banklardan tashqari yana turli moliya-kredit institutlari (lizing kompaniyalari, ipoteka banklari, ishlab chiqarish zaxiralari yoki debitorlik qarzlari evaziga moliyalashtirish bilan shug’ullanuvchi ulgurji mol etkazuvchi tashkilotlar yoki faktoring kompaniyalari) ham berishlari mumkin.

Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning umumiy summasi asosiy (loyiha-qidiruv ishlari, maydon tayyorlash, qurilish, texnologiya hamda uskuna-jihozlar sotib olish, montaj, xodimlarni o’qitish va boshqalar) va aylanma (xom ashyo, materiallar, chetdan xarid qilinadigan yarim fabrikatlar, yoqilg’i, energiya, mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish xarajatlari va boshqalarni) kapitalga qilinadigan xarajatlardan tashkil topadi.

Shunday qilib, investitsiya faoliyati o’zining aniq tasniflash mezonlari va yo’nalishlariga ega bo’lgan faoliyat turi sifatida uni moliyalashtirish quyidagi:

– qimmatli qog’ozlar bozori orqali moliyalashtirish;

– xorijiy investitsiyalar asosida moliyalashtirish;

– tijorat banklari va xalqaro moliya institutlar mablag’lari hisobidan ulush qo’shish orqali moliyalashtirish mexanizmi yoki kredit liniyalari orqali moliyalashtirish;

– sinditsiyalashtirilgan kreditlar asosida moliyalashtirish mexanizmi;

– investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish mexanizmi;

– venchurli moliyalashtirish;

– korporativ moliyalashtirish;

– lizing orqali moliyalashtirish kabi mexanizmlar majmui hisobiga amalga oshiriladi.

Investitsiya loyihalarini venchurli moliyalashtirish – yuqori risk holatida moliyalashtirish hisoblanadi. Venchurli moliyalashtirish, asosan, zamonaviy texnika, texnologiya va yangi turdagi ishlab chiqarishlarga joylashtiriladi. Venchur operatsiyalari (riskli operatsiya) – kapital qo’yilmalar shaklidagi pul operatsiyalari hamda qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq operatsiyalar – ilmiy-tadqiqotlar, loyiha-konstruktorlik ishlanmalari, kashfiyotlar yaratish va joriy qilish, yangi texnologiyalarni joriy qilishni moliyalashtirish bilan bog’liq bo’ladi. Bunday moliyalashtirish, asosan, innovatsion banklar va venchur firmalari (fondlari) tomonidan amalga oshiriladi.

Shuningdek, investitsiyalarni moliyalashtirishning bozor mexanizmlariga xos bo’lgan aralash shakldagi moliyalashtirish, xo’jalik sub’ektlari va aholining bo’sh mablag’larini to’g’ridan-to’g’ri investitsiya ob’ektiga yo’naltirish, byudjetdan tashqari jamg’armalarning mablag’lari evaziga moliyalashtirish kabilarni ham kiritish mumkin.


10-mavzu. Investitsiyalarni moliyalashtirishda moliyaviy vositalar
REJA:

10.1.Moliyaviy vositalarning mohiyati va ahamiyati.

10.2.Moliyaviy investitsiyalar (qimmatli qog’ozlar)ning turlari va xususiyatlari.

10.3. Investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda qimmatli qog’ozlar bozorining o’rni va roli tahlili.

10.4. Moliyaviy investitsiyalar samaradorligini baholash.


    1. Moliyaviy vositalarning mohiyati va ahamiyati


Moliyaviy vositalar – bu, umuman olganda, monetizatsiyalashgan real bazisga ekvivalent qiymatga va xossalarga ega bo’lgan, maxsus iqtisodiy-huquqiy mexanizm bilan ta’minlangan, moliya bozoridagi munosabatlarni belgilovchi, moliyaviy resurslarni samarali taqsimlanishi va qayta taqsimlanishini ta’minlovchi, ma’lum shakllarda daromad keltiruvchi vosita sifatida har hil turlarda, shakl va mazmunlarda namoyon bo’ladigan ham investitsion kapital, ham to’lov vositasi, ham alohida moliyaviy tovardir.

Moliyaviy vositaning ekvivalentlik xossasi bevosita va bilvosita, real va nisbiy bo’lishi mumkin.

Moliyaviy vositalarning tovarliligi xossasi uni boshqa turdagi tovarlardan (ko’chmas va intellektual mulk, xom ashyo va shu kabilar) farqli kimningdir (iqtisodiyot sub’ektlari) tomonidan chiqarilishi, o’ziga xos moliya bozorida muomalada bo’lishi, unda maxsus funktsiyalarni va rolni bajarishi bilan belgilanadi.

Har qanday moliyaviy vositani u yoki bu belgi asosida tasniflanishining mazmuni uning xossa va xususiyatlari bilan bog’liq holda amaliy ahamiyati bilan belgilanishini hisobga olsak hamda, agar ko’rilalayotgan vosita turini kelib chiqishi, maqsadi va funktsiyasini, uning bozor muomalasini bir-biri bilan taqqoslaydigan bo’lsak, albatta sezilarli farq namoyon bo’ladi. Masalan, pul va uni tovar toifasiga aylantiruvchi vositalar (kredit, chek, kartochkalar va h.k.) muomalasi uchun ularga hos bo’lgan moliya bozori segmentlari – mos ravishda pul bozori va kreditlar bozori va h.k. zarur, valyuta uchun valyuta bozori, sug’urta risklarini boshqarish hizmatlari uchun sug’urta polislari bozori, qimmatli qog’ozlar uchun esa faqat fond bozori kerak.

Moliyaviy vositalarning tovar sifatidagi asosiy maqsadlaridan biri foyda olish bo’lganligi uchun kapitalni (jamg’armani) orttirish – bir vaqtning o’zida kapital qo’yilmalar uchun mo’ljallangan bozor hamdir.

Pul mablag’lari moliyaviy vositalarning har qanday turiga qo’yilishi (yo’naltirilishi) mumkin. Buning barcha holatlarida yo’naltirilgan pul mablag’lari vaqt mobaynida o’z orttirmasiga (yoki zarariga) ega bo’lishi, ya’ni foyda yoki zarar keltirishi mumkin.

Demak, moliyaviy vositalarlar moliyaviy resurslarni investorlardan iste’molchilarga tomon va aksincha yo’nalishda harakat qilishini ta’minlovchi vositalar xisoblanadi.

Fond bozori vositalari -bu investitsiyalash faoliyatini moliyalashtirishda qo’llaniladigan turli xildagi qimmatli qog’ozlar va ularning xosilalaridir. Investitsion maqsad va investitsiyalarni samarali boshqarish xususiyatlaridan kelib chiqqan holda turli xossa va xususiyatlarga ega bo’lgan vositalar qo’llanilishi mumkin.

Fond bozori vositalari vaqt o’tishi bilan uzluksiz takomillashib borishi yoki qandaydir qo’shimcha hossaga va funktsiyaga ega bo’lishi yoki mazmunan va shaklan o’zgarishi tabiiy holatdir.

Muomalaga chiqarilishi maqsadi – to’lov va pul aylanmasi (oboroti) uzluksizligini ta’minlash, investitsiyalarni jalb qilish va ular bo’yicha daromad olish bo’yicha, mos ravishda: kredit-pul siyosatini amalga oshirishning qarz munosabatlarini mujassamlashtiruvchi moliyaviy vositalar (davlat va bank vositalari), qarz (davlat va korporativ maqsadda) va ulush (korporativ maqsadda) munosabatlarini ifodalovchi investitsion moliyaviy vositalar.

Segmenti bo’yicha: pul, kredit, valyuta, sug’urta, lotereya o’yinlari, qimmatli qog’ozlar (fond, kapital) bozorlari vositalari.

Bazisiga ko’ra: pul, valyuta, sug’urta, tovar (jumladan hom ashyo), ko’chmas mulk, indeks, foiz stavka (kelajakdagi daromad), qimmatli qog’oz bazisli moliyaviy vositalar.

Iqtisodiyotning u yoki bu sub’ektiga ko’ra: davlat boshqaruvi va hokimiyatlari, banklar-kredit muassasalari, sug’urta tashkilotlari, birjalar, nomoliya tashkilotlari (korporativ) vositalari.

Chiqarilish muddati bo’yicha: qisqa, o’rta va uzoq muddatli moliyaviy vositalar.

Milliyligi bo’yicha: milliy, xorijiy va xalqaro moliyaviy vositalar.

Iqtisodiy-xuquqiy mazmuni bo’yicha: qarz va ulush munosabatlarini hamda hosilaviy moliyaviy vositalar.

Iqtisodiy-huquqiy xossalariga ko’ra: bazaviy va bazisli moliyaviy vositaalar. Bazaviy vositalarga ulush va qarz munosabatlarini o’zida mujassamlashtiruvchi emissiyalanuvchi (derivativlardan tashqari) va emissiyalanmaydigan qog’ozlar kiradi. Bazislilariga esa derivativlar (hosilaviy qimmatli qog’ozlar) kiradi.

Funktsiyasi bo’yicha: investitsion vositalar (qimmatli qog’ozlar), banklarning moliyalashtirish vositalari (kredit, depozit, seleng, plastik kartochkalar, cheklar va h.k.), riskni moliyalashtirish vositalari (sug’urta polislari), to’lov vositalari (milliy va horijiy valyuta, halqaro valyuta, kvazivalyuta, birja kotrovkasiga ega bo’lgan valyuta sifatida o’tuvchi oltin, platina, kumush, kamyob elementlar, qimmatbaho toshlar va h.k.), tovar taqsimlovchi vositalar (tovar varranti, konosament, ombor guvohnomasi va shu kabilar), garov qog’ozlari, lotereyalar.

Ro’yxatdan o’tkazilishi bo’yicha: emissiyalanuvchi (Aksiya, obligatsiya, derivativlar) va emissiyalanmaydigan (bank sertifikatlari, cheklar, xususiylashtirish jarayonida qo’llaniladigan vaucher va kuponlar, veksellar, ombor guvohnomalari, konosament, garov qog’ozlari va h.k.) vositalar.

Muomalaga chiqaruvchining tashkiliy-huquqiy shakliga ko’ra: davlat, munitsipal va korporativ moliyaviy vositalar.

Egalik huquqini belgilash bo’yicha: taqdim etuvchiga, egasini ismi yozilgan, orderli moliyaviy vositalar.

Daromad turlariga ko’ra: dividend beruvchi, belgilangan va suzuvchi foiz stavkali, kuponsiz (diskontli), yutuqli moliyaviy vositalar.

To’lov muddati bo’yicha: spot va muddatli bozor vositalari.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, fond bozori vositalarni keng qamrovli ekanligi, investitsiyalarni moliyalashtirish jarayonida ularning xossa va xususiyatlari va investitsion maqsad asosida turli vositalardan foydalanish mumkinligini ko’rish mumkin.
10.2. Moliyaviy investitsiyalar (qimmatli qog’ozlar)ning turlari va xususiyatlari
Ma’lumki qimmatli qog’ozlar vositasida investitsiyalarni moliyalashtirish jaxon amaliyotida keng tarqalgan. Moliyaviy investitsiyalarning asosini qimmatli qog’ozlar va ularning xosilalari tashkil etadi. Qimmatli qog’ozlar o’zining investitsion jozibadorligi orqali firma va kompaniyalarning bozor faolligini belgilovchi vositalar xam xisoblanadi.

Maxsus reyting agentliklari kompaniyalarning qimmatli qog’ozlarining sifati, ta’minlanganligi, daromadliligi va ishonchliligiga qarab uning investitsion faolligiga baxo beradilar va investorlarning qiziqishiga sabab bo’luvchi yoki kompaniyaning qimmatli qog’ozlari bozor narhiga ta’sir ko’rsatuvchi ko’rsatkichlarni tegishli tahlillar asosida e’lon qiladilar.

2008 yil 22 iyulda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining "Qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risida"gi qonuniga muvofiq "qimmatli qog’ozlar – hujjatlar bo’lib, ular bu hujjatlarni chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi o’rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydi, dividendlar yoki foizlar tarzida daromad to’lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga o’tkazish imkoniyatini nazarda tutadi. Qimmatli qog’ozlarning qiymati O’zbekiston Respublikasi milliy valyutasida ifodalanadi". Yuqorida qayd etilgan qonunga ko’ra, qimmatli qog’ozlarga Aksiyalar, obligatsiyalar, xazina majburiyatlari, depozit va jamg’arma sertifikatlari, veksellar, shuningdek, hosila qimmatli qog’ozlar kiradi.

Fond bozori vositalar(qimmatli qog’ozlar)ni birlamchi va xosilaviy vositalarga ajratish mumkin. Birlamchi vositalarga Aksiyalar, obligatsiyalar, depozit va jamg’arma sertifikatlari, veksellar va boshqa vositalarni kiritish mumkin. Ular investitsion faoliyatni moliyalashtirishda birlamchi vositalar sifatida ishtirok etadi hamda firmaning investitsion faolligini belgilashda muhim o’rinni egallaydi.

Hosilaviy qimmatli qog’ozlar tarkibiga esa amaliyotda optsion,fyuchers, varrant kabi vositalar kiritiladi. Hosilaviy qimmatli qog’ozlar bazis aktivlarining sifatini, daromadliligini va bozor faolligini, qo’yilmalarning havfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Birlamchi moliyaviy vositalarni ulush va qarz munosabatlarini tasdiqlovchi vositalarga ham ajratish mumkin. Ulushga egalik qilish va fond bozorida ushbu munosabatlarni ifodalashda Aksiyalar asosiy vosita sifatida ishtirok etadi.



Aksiya (frantsuzcha action so’zidan) – o’z egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, Aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga bo’lgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog’oz.

O’zbekiston qonunchiligida Aksiyalarning har xil turlari – oddiy va imtiyozli, egasining nomi yozilgan va "ko’rsatuvchi egalik qiladigan", shuningdek, kumulyativ Aksiyalarning ta’rifini uchratish mumkin.



Obligatsiya (lotincha obligatio so’zidan, majburiyat) –bu uning egasi qarz berganligidan guvohlik beruvchi va unga ushbu qimmatli qog’ozning nominal qiymatini unda ko’rsatilgan muddatda belgilangan (qat’iy) foiz to’langan holda qoplash majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qog’ozdir.

Aksiyadan farqli ravishda obligatsiya emitentning mol–mulkiga nisbatan mulk unvoni hisoblanmaydi. U ovoz berish va boshqarish xuquqini bermaydi. Obligatsiya – bu bir shaxsning (sarmoyador – kreditorning) boshqa bir shaxsga (emitent – qarzdorga) mablag’larni foydalanish uchun berganligi (kredit) haqidagi guvohnomadir. Obligatsiyalar ma’lum muddatga chiqariladi va so’ndirilishi shart. Emitentning faoliyati tugatilganda ularning egalari qimmatli qog’ozlar boshqa turlarining egalariga qaraganda an’anaviy tarzda ustunlikka ega bo’ladi.

Emitentning xususiyatiga ko’ra obligatsiyalar quyidagi uchta katta guruhga bo’linadi: davlat obligatsiyalari, munitsipal obligatsiyalar, korxonalar obligatsiyalari.

Davlat qimmatli qog’ozlari - O’zbekiston Respublikasining g’azna majburiyatlari va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organ tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining obligatsiyalari.

Munitsipal obligatsiyalarning emitentlari sifatida O’zbekiston Respublikasining milliy – davlat va ma’muriy – hududiy tuzilmalarining hokimiyat idoralari qatnashishi mumkin. Obligatsiyalarni chiqarish to’g’risidagi qaror davlat hokimiyatining mahalliy idoralari: Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimiyatlari tomonidan qabul qilinadi.

Korporativ obligatsiyalar - aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar hisoblanadi. Korxonalar obligatsiyalari tijorat krediti va munosabatlarining asosiy quroli bo’lib, unda bir turdagi korxonalar qarzdorlar, boshqa korxonalar yoki aholi esa, kreditorlar bo’lishadi.

O’zbekiston Respublikasining g’azna majburiyatlari - emissiyaviy qimmatli qog’ozlar egalari O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga pul mablag’lari kiritganliklarini tasdiqlovchi va bu qimmatli qog’ozlarga egalik qilishning butun muddati mobaynida qat’iy belgilangan daromad olish huquqini beruvchi emissiyaviy qimmatli qog’ozlar.

O’zbekistonda g’azna majburiyatlarining quyidagi turlari chiqariladi:



  1. Uzoq muddatli–5 va undan ortiq yil muddatga chiqarilishi
    mumkin (xalqaro amaliyotda ular BOND degan nomni olishgan).

  2. O’rta muddatli – 1 yildan 5 yilgacha bo’lgan muddatga chiqariladigan (NOTE)

  3. Qisqa muddatli – 1 yilgacha, 3, 6 va 9 oygacha bo’lgan muddatga
    chiqariladigan (BILL).

“Uzoq muddatli va o’rta muddatli xazina majburiyatlarini chiqarish to’g’risida”gi qaror O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan, qisqa muddatlilarni chiqarish qarori esa – Moliya vazirligi tomonidan qabul qilinadi.

O’z tabiatiga ko’ra xazina majburiyatlari davlat obligatsiyalariga juda yaqin. Amalda xazina majburiyatlari jismoniy shaxslar uchun chiqariladigan davlat obligatsiyalaridan boshqa narsa emas, ular bo’yicha daromadlarni qimmatli qog’ozlarga egalik qilishning butun muddati davomida olish mumkin.Depozit sertifikatlari



Depozit sertifikati (ingl. Certificate of deposite) – bankka qo’yilgan omonat summasini va omonatchining (sertifikat saqlovchining) omonat summasini hamda sertifikatda shartlashilgan foizlarni sertifikatni bergan bankdan yoki shu bankning istalgan filialidan belgilangan muddat tugaganidan keyin olish huquqini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog’oz.

O’zbekistonda mustaqillikka erishilganidan keyin 1994 yildan boshlab sertifikatlar ikki turda chiqarila boshlandi:



  • depozit sertifikatlari – yuridik shaxslar uchun, 1 yilgacha muddatga;

  • depozit (jamg’arma) sertifikatlari – jismoniy shaxslar uchun, 3 yilgacha muddatga.

Veksel (nemischa Wechsel so’zidan) – veksel beruvchining yoki vekselda ko’rsatilgan boshqa to’lovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga muayyan summani to’lashga doir shartsiz majburiyatini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog’oz.

Oddiy veksel (solo veksel) – bu qarzdorning (veksel beruvchining) muayyan pul summasini ko’rsatilgan muddatda kreditorga (birinchi oluvchisiga) to’lash majburiyatini ifodalovchi hujjat.

Oddiy vekseldan farqli o’laroq, o’tkazma vekselda ikkita emas, balki uchta shaxs qatnashadi:


  • veksel beruvchi (trassant);

  • veksel bilan birga u bo’yicha to’lovni talab qilish huquqini oluvchi dastlabki haridor (yoki veksel egasi);

  • to’lovchi (trassat), unga veksel egasi to’lovni amalga oshirishni taklif etadi (vekselda bu "to’lang" degan so’z bilan ifodalanadi).

Hosilaviy moliyaviy vositalar - o’z egalarining boshqa qimmatli qog’ozlarga nisbatan huquqlarini yoki majburiyatlarini tasdiqlovchi va yuridik shaxslar tomonidan emitentning optsionlari, qimmatli qog’ozlarga doir fyucherslar va boshqa moliyaviy vositalar tarzida chiqariladigan qimmatli qog’ozlar.

Hosila qimmatli qog’ozlar (HQQ) – bu shartnomalar bo’lib, ular bo’yicha bir tomon qimmatli qog’ozlarning ma’lum bir miqdorini ma’lum muddatda kelishilgan narxda sotib olish yoki sotish huquqi yoxud majburiyatini oladi. Ko’pincha bazis aktivi (ya’ni shartnoma asosida yotuvchi qimmatli qogoz) sifatida Aksiyalar va obligatsiyalar ishtirok etadi. Hosila qimmatli qog’ozlar optsionlar, fyucherslar va varrantlar ko’rinishida chiqarilishi mumkin.



Optsion (nemischa option co’zidan) – emitentning muayyan miqdordagi qimmatli qog’ozlarini optsionda ko’rsatilgan muddatda qat’iy belgilangan narxda sotib olish huquqini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog’oz.

Optsionning o’ziga xos xususiyati shundaki, uning egasi qimmatli qog’ozning o’zini harid qilmaydi, balki uni sotib olish yoki sotish huquqiga ega bo’ladi. Bunda u o’zining harid qilish yoki sotish xuquqidan foydalanishi yo bo’lmasa, undan voz kechishi mumkin.

Optsionning turlaridan biri varrant (varrant ) hisoblanadi.

fyuchers (futures) - o’zida nazarda tutilgan muddatda muayyan miqdordagi qimmatli qog’ozlarni qat’iy belgilangan narxda sotib olish yoki sotish majburiyatini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog’oz.

Fyuchers shartnomalari birjalarda sotiladigan qimmatli qog’ozlarga ham, tovarlarga ham taqdim etilishi mumkin.

Fyucherslarning asosiy belgisi – narxining aniqligi va ijro etishning majburiyligidir. Fyucherslar shartnoma bo’yicha sotib olinadigan qimmatlikka egalik qilish huquqining bir qo’ldan boshqa qo’lga zudlik bilan o’tkazilishini nazarda tutmaydi. Fyucherslar yordamida qonun bilan kafolatlangan majburiyat sotib olinadi, bu bitim sifatida rasmiylashtirilishi mumkin. Fyuchersning o’ziga xos belgisi shundan iboratki, ular mazkur qimmatliklar (sotuvchilarda yoki umuman) ayni yilda bormi yoki yo’qmi, undan qati nazar, sotilishi mumkin.

O’zbekistonning qonun hujjatlariga ko’ra, fyuchers – bu ma’lum qimmatli qog’ozlarni shartnomada belgilangan narxda ma’lum kelajak sanada sotib olish yoki sotish uchun so’zsiz majburiyatni tasdiqlovchi qimmatli qog’oz (shartnoma)dir. Bazis aktivi birinchi marta muomalaga chiqarilayotgan qimmatli qog’oz bo’lgan fyucherslarni chiqarishga yo’l qo’yilmaydi.

10.3. Investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda qimmatli qog’ozlar bozorining o’rni va roli tahlili
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida moliya bozorining ajralmas tarkibi hisoblangan qimmatli qog’ozlar bozori (QQB) mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida muhim o’rin tutadi. QQBning iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonidagi rolini oshirish mamlakatimiz oldida turgan ustuvor vazifalardan sanaladi. Ya’ni, uning iqtisodiyotdagi roli va ahamiyatini oshirish uchun quyidagi muammolar samarali echim topishiga erishish vazifalarini bevosita hal etish bilan bog’liq bo’ladi: investitsiyalarni faol jalb qilish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, sanoatni rivojlantirish, inflyatsiyani pasaytirish, barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash. Ushbu muammolarni hal etish QQBning raqobatbardoshligi, xavfsizligi, barqarorligi, likvidligi, investorlar uchun jozibadorligi va risksizligi darajasini ta’minlash bilan uzviy bog’liq bo’lib, turli tashqi va ichki omillar ta’sirini hisobga olish muhim hisoblanadi.


10.1-rasm. Qimmatli qog’ozlar bozori ishtirokchilarning tarkibi64
Yuqoridagi rasmda QQB ishtirokchilarini alohida guruhlarga bo’lib tavsiflangan. Ushbu guruhdagi barcha ishtirokchilar QQB bilan uzviy bog’liqlikda faoliyat ko’rsatadi va QQBning yaxlit infratuzilmasini ta’minlaydi. Bularga quyidagilar kiradi: muvofiqlashtiruvchi va nazorat qiluvchilar, emitentlar, professional ishtirokchilar hamda investorlar.

Moliyaviy globallashuv sharoitida rivojlanayotgan dunyoning barcha mamlakatlari uchun muhim muammo iqtisodiyotda o’z milliy QQB rolini oshirish, bunda iqtisodiyotni modernizatsiyalash, sanoatni rivojlantirish, inflyatsiyani pasaytirish, iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini ta’minlash maqsadida investitsiyalar jalb qilishni ta’minlash hisoblanadi65.

Ushbu muammoni hal etishning muhim shart-sharoitlari QQBdagi investitsiyalar, jamg’armalar, iqtisodiy o’sish, inflyatsiya, davlat institutlari faoliyati va monetizatsiya o’rtasida chambarchas aloqalar mavjudligi hisoblanadi.

Yuqoridagi xulosalardan kelib chiqib aytish mumkinki, mamlakatimiz QQB rivojlanishini tahlil qilish bugungi kunning muhim masalalaridan biri hisoblanadi.

Fond bozori mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida, iqtisodiyotga moliyaviy investitsiyalarni jalb etishda muhim o’rinni egallaydi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish, investorlar huquq va manfaatlarini ta’minlash, investitsion muxitni sog’lomlashtrish qimmatli qog’ozlar bozorini samarali rivojlanish investitsiyalar hajmini oshirish imkoniyatini yaratadi.

Qimmatli qog’ozlar investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda muhim o’rinni egallaydi. Ular o’zida mulkiy va nomulkiy munosabatlarni mujassamlashtirgan xolda, iqtisodiyotda resurslarni tarmoqlar o’rtasida taqsimlash, investitsiyalarni jalb etish, daromad olish imkoniyatini yaratadi.

Qimmatli qog’ozlar moliyaviy investitsiyalarni iqtisodiyotga jalb etishning muhim vositalari hisoblanib, iqtisodiyotning xavfsizligi va raqobatbardoshligini ta’minlaydi.Ulushga egalik qilishni tasdiqlovchi vositalar Aksiyadorlik kapitalini ko’paytirish,samarali korporativ boshqaruvda ishtirok etish va belgilangan tartiblarga muvofiq dividendlar olish imkoniyatini yaratadi.

Iqtisodiyotda portfel investitsiyalar hajmini oshirish, chet el investorlarini mablag’larini samarali jalb etish, bozorning integratsiyalashuvini ta’minlashga xizmat qiladi.

Xulosa qilib aytganda, moliyaviy investitsiyalar hajmini oshirish qimmatli qog’ozlar bozori muhitini yaxshilanish, iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.


    1. Download 1,04 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish