«Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom»ga muvofiq keyingi xarajat elementi bo‘lmish «Ishlab chiq,arish xarakteridagi asosiy fondlar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi»ga quyidagilar kiradi:
Belgilangan me’yorga ko‘ra asosiy ishlab chiqarish fondlari balans qiymati asosida
hisoblangan to‘la tiklash bo‘yicha amortizatsiya ajratmasi summasi. Bunga amaldagi qonunga muvofiq hisoblangan tezlashtirilgan amortizatsiya ham qo‘shiladi.
Ueoq muddatga asosiy vositalarni ijaraga olgan korxona, o‘ziga qarashli asosiy fondlar va ijaraga olingan asosiy fondlar bo‘yicha to‘la tiklash yuzasidan amortizatsiya ajratmasini «Asosiy fondlar amortizatsiyasi» elementida aks ettiradi. Bunday xollarda, ijara bergan korxona ijaraga berilgan asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya hisoblamaydi.
3.Ishlab chiqarish xarakteridagi nomoddiy aktivlar bo‘yicha eskirish xar oyda ularning dastlabki muddati bo‘yicha hisoblangan eskirish miqdorida tannarxga qo‘shiladi.
Ishlab chiqarish xarakteridagi boshqa xarajatlarga «Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom»ga muvofiq quyidagilar kiradi:
Ishlab chiqarish jarayoniga xizmat qilish bo‘yicha xarajatlar.
Ishlab chiqarish jarayoniga taalluqli xizmat safari xarajatlari.
3. Ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishchilar va ishlab chiqarish aktivlarining majburiy sug‘urtasi bo‘yicha xarajatlar.
4. Brak hisobiga nobudgarchiliklar.
5. Kafolatlangan ta’mirlash va (mahsulotga kafolatlangan xizmat muddati belgilangan holda) kafolatlangan xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar.
6. Ichki ishlab chiqarish sabablariga ko‘ra bo‘sh kolingan vaqt bo‘yicha nobudgarchilik
Ishlab chiqarishdagi xolatlar yuzasidan mehnat krbiliyatini yo‘qotganligi uchun to‘lanadigan nafaqa.
Ishlab chiqarish jarayonida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etadigan xodimlar sog‘ligini muhofaza qilish va dam olishini tashkil qilish bo‘yicha chora-tadbirlar bilan bog‘liq xarajatlar.
Tannarxga qo‘shiladigan va belgilangan tartibda hisoblanadigan byudjetga majburiy to‘lovlar, soliqlar, byudjetdan tashkdri maxsus fondlarga ajratmalar.
Shunday kilib, ishlab chiqarish bilan bog‘liq hamma xarajatlar mahsulot tannarxiga qo‘shiladi, bu o‘z navbatida buxgalteriya hisobining asosiy vazifasi bajarilishini ta’minlaydi.