D-t Ishlab chiqarish xarajatlari hisobvaraqlari
K-t Ishlab chiqarish zahiralari hisobvaraqlari.
Ishlab chiqarish xarakteridagi mehnatga xaq to‘lash xarajatlari tarkibiga xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom»ga muvofiq quyidagilar kiradi:
1. Korxonada qo‘llaniladigan mehnatga haq to‘lash shakllari va tizimlariga muvofiq ishbay narxlar, tarif stavkalari va okladlar asosida haqikatan bajarilgan ish uchun hnsoblangan ishlab chiqarish xarakteridagi ish haqi, quyidagilar qo‘shilgan holda:
a) og‘ir tabiiy iklim joylarda ueoq muddat uzilishsiz ish stajiga ega bo‘lganlar uchun ish haqiga qo‘shimcha;
doimiy ishi yulda amalga oshiriladigan alohida, temir yul, suv, avtomobil transporta va boshqa sohalarda band bo‘lgan xodimlar ish haqiga qo‘shimcha. Bunday xodimlar uchun korxonalardan chiqib, kaytib kelgungacha bo‘lgan xar bir sutka uchun qo‘shimcha. haq tulanada;
v) to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurilishda, kapital ta’mirlash kabi ishlarda band bo‘lgan xodimlarga qonunda ko‘zda tutilgandek ayrim ishlarni bajarganligi uchun to‘lanadigan qo‘shimcha xaq
g) er osti ishlarida band bo‘lgan xodimlarga to‘lanadigan qo‘shimcha xaq
d) amaldagi qonunlarga muvofiq cho‘l, suvsiz va tog‘li xududlarda mehnat qiluvchi xodimlarga to‘lanadigan haqdar;
e)avangard ishlarni bajarishda band bo‘lgan xodimlar, transport tashkiloti va yo‘lda ob-xavo noqulayligi tufayli ushlanib kolgan xodimlar uchun to‘lanadigan summalar;
j) maxsus shartnomaga muvofiq korxona, tashkilotlardan muayyan ishlarni bajarish uchun jalb qilingan xodimlarga va ularni yuborgan tashkilotga to‘lanadigan summalar.
Me’yordan ortikda ishlagan hamda yaxshi ishlagan kunlari va xolatlar hiosbiga berilgan dam olish kunlari uchun to‘lanadigan haq
Miqdor ko‘rinishida to‘lanadigan mahsulot qiymati.
Amaldagi qonunlarga muvofiq, rag‘batlantirish xarakteridagi to‘lovlar:
mukofotlar, kasb mahorati uchun tarif stavkalari, oylik maoshga qo‘shimchalar va boshqa rag‘batlantirishlar.
Tungi smenada, smenadan ortiqcha, shuningdek dam olish kunlari mehnat sharoiti og‘ir va zararli bo‘lganligi uchun to‘lanadigan to‘lovlar.
Amaldagi krnunlarga muvofiq, navbatdagi mehnat ta’tili va qo‘shimcha ta’tillar, o‘smirlarning imtiyozli soatlari, bolalik onalarning tanaffus soatlari uchun to‘lovlar va boshqalar.
Ish haqi qisman saqlangan holda, majburiy ta’tilda bo‘lgan xodimlarga to‘lanadigan haqlar.
Kon topshiruvchilar uchun to‘lanadigan to‘lovlar, tekshirish va kon topshirish, damolish kunlari uchun beriladigan to‘lovlar.
Korxonalarda ishlab chiqarish amaliyotini utaganligi uchun oliy va urta maxsus ukuv yurti talabalari uchun to‘lovlar.
Talabalar kurilish otryadlari tarkibida ishlovchi oliy va urta maxsus ukuv yurti talabalari mehnatiga haq
Tuzilgan shartnomaga ko‘ra bajarilgan ishlar uchun korxona shtatida bulmaganlar mehnatiga haq.
Amaldagi qonunlarga muvofiq ishlab chiqdrish jarayonida ishtirok etadigan xodimlar mehnatiga haq to‘lash fondiga qo‘shiladigan boshkd to‘lov turlari.
«Ishlab chiqarish xarakteridagi mehnatga haq to‘lash xarajatlari» elementi bo‘yicha kishlok xo‘jalik korxonalari yillik ish natijalari bo‘yicha to‘lovlarni ham aks ettiradilar.
Ish haqi xarajatlarini to‘g‘ri hisoblash uchun ularni hisobvaraqlarga kilingav ishlar bo‘yicha to‘g‘ri mutanosiblikda taqsimlash kerak bo‘ladi. Ya’ni ishlab chiqarishdz ishchilarning mahsulot biron-bir turini ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bulgav asosiy ish haqi odatda boshlangich hujjatlarga asoslanib, kalkulyatsiya qilish obyektlari bo‘yicha hisob qilinadi va tannarxga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.
Hisoblangan ish haqi summasi 6710-hisobvaraq kreditida hisobga olinadi.
Asosiy ishlab chiqarish ishchilarining ishbay ish haqi marshrut varaqalari, naryadlar va boshqa boshlang‘ich hujjatlar asosida, kalkulyatsiyaning to‘g‘ri elementi sifatida qilingan ishlar va buyurtmalar bo‘yicha, 2010 va 2310-hisobvaraqlar debetiga olib boriladi. Agar ishlab chiqarish ishchilariga vaqtbay ish haqi hisoblansa, ishbay ish haqiga mutanosi ravishda buyurtmalar bo‘yicha taqsimlanadi. Qo‘shimcha ish soatlari, tungi ish soatlari haml shunga uxshash soatlari uchun qo‘shimcha ish haqlari buyurtmalar va ish turiga nisbatan 201
2310-hisobvaraqlar debetiga taqsimlanadi. Ish xaqini taqsimlash bilan bir qatorda ishchilarga ta’til uchun zahira yaratiladi. Uning miqdori korxonada hisoblangan reja hamda korxonada hisoblangan ish haqi summasiga nisbatan yaratiladi.
Ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishchilarga ish haqi hisoblanganida quyidagicha provodka beril adi:
D-t Ishlab chiqarish xarajatlari hisobvaraqlari KT 6710-«Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob kitoblar».
Mehnat haqi bo‘yicha xarajatlar sexlar bo‘yicha 12-kaydnomada (2010, 2310, 2510, rNO-hisobvaraqlarning debetiga), . 15-kaydnomada hamda 10/1-jurnal-orderda aks ettiriladi.
Zahira summasi mahsulot, ish va xizmatlar tannarxiga qo‘shiladi hamda ish haqi ,hnsoblangan hisobvaraqlarga olib boriladi. Debet 2010, 2310, 2510-hisobvaraqdar Kredit 8910-«Kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezervi» hisobvarag‘i.
Hisoblangan ish haki va mukofotlarni taqsimlash hamda ta’til uchun oyliklarga yaratish bilan bir qatorda tibbiyot sugurtasi, nafaqa fondlariga urnatilgan foizlar miqdorida ajratmalar hisoblanadi.
Nizomga binoan bu xarajatlar turiga quyidagilar kiradi:
1. «Mehnatga hak to‘lash xarajatlariy elementi bo‘yicha tannarxga qo‘shiladigan quyidagi ajratmalar: amaldagi qonunlar bo‘yicha xodimlar mehnatiga hak to‘lash xarajatlaridan majburiy ajratmalar - ijtimoiy sugurta organlariga, nafaka fondiga, davlat bandlik xmzmatiga va tibbiy sugurta organlariga.
V, Davlatga karashli bulmagan nafaka fondlariga, ixtiyoriy tibbiy sug‘urtaga va boshqa ixtiyoriy sug‘urta turlariga ajratmalar.
“Ajratmalar mahsulot, ish va xizmatlar tannarxiga olib borilib, ish haki hisoblangan hisobvarakdar debetiga olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |